I-kurs 1-mavzu: turkistonda


-Mavzu: Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida qardoshiarcha hamkorlik aloqalari


Download 0.79 Mb.
bet86/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

21-Mavzu: Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida qardoshiarcha hamkorlik aloqalari
O’zbekiston tashqi siyosatning ta'sirli yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar —Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlari-mizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990-yil iyunda Almati shahrida bo’lib o’tdi. Uchrashuv sobiq Ittifoq hali mavjudligi sharoitida, uning ahvoli tobora yomonlashib borayotgan, xalq xo’jaligining barcha sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda bo’lgan edi.
Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar. Beshta respublika davlat boshliqlari —
I. Karimov, N. Nazarbayev, A. Masaliyev, Q. Mahkamov va S. Niyozovlar o’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlariga murojaat-noma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti nomli hujjatlarni imzoladilar.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uch-rashuvi 1991-yil 13— 15-avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yara-tishdan, bozor munosabatlariga o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.
1991- yil 13- dekabrda Ashgabatda o’rta Osiyo Respublikalari va Qozog’iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo’lib, unda Tajan-Seraxs temiryo’l qurilishi bo’yicha iqtisodiy hamkorlik qilish haqida bitim imzolandi. Uni O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston prezidentlari—1. Karimov, N. Nazar-bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Temiryo’l qurilishi haqidagi bu bitim yagona Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Besh davlat boshliqlari Chernobil halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida birgalikda harakat qilish haqida qaror qabul qildilar. Halokat zonalari aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo’natishga ahdlashdilar.
1993- yil 4- yanvarda 1. Karimov tashabbusi bilan Toshkentda o’rta Osiyo Respublikalari va Qozog’iston prezidentlarining yig’ilishi bo’hb o’tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda o’rta Osiyo Respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.
1993-yil mart oyida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ul-lanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi ta'sis etildi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling