sanoat palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha
faoliyatlaming hozirgi holati, ulami guruhlarga ajratishda alohida yondoshishni
talab qiladi.
3.3.Axborotni to’plash uslublari
Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlami o’z vaqtida seza bilish, muayyan
davr mobaynida xaridorlar hulq atvorini, mijozlar xatti-harakatini,
raqobatchilar taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlaming marketing
faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda
axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida
unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. Chunki,
bozorda ro’y berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’liqligi va
ta’sirchanligi yuqoridir.
Shu sababdan, o’iganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida axborot olish,
uning imkoni boricha to’laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzda axborot olish uslubi bo’lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko’p qo’llaniladigan
axborot yig’ish uslubi sanaladi. Kuzatish o’z navbatida bir qator turkumlash
belgilariga ko’ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va
o’quv qo’llanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan.
Kuzatish asosida o’iganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo’lgan axborotni
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan
majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday
kuzatish odatda ko’p vaqt, mablag’ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo
ehtiyojlami qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro’yxatga olish,
Do'stlaringiz bilan baham: |