I ma’ruza: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana06.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1334308
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
Mavzu Telekommunikatsion axborot ta`minotini sport sohasiga qo‘

Monokanal topologiya tarmog„i barcha kompyuter tarmog‗ini birlashtiruvchi bitta 
aloqa kanalidan foydalanadi. Topologiya tarmog‗ida eng keng tarqalgan uslub bu eltuvchi 
chastotani va ixtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD).
Bunda avvalo tarmoqning kirish uslubida kommunikatsiya kanali bо‗yicha ma‘lumotlarni 
jо‗natishdan oldin kanal tinglab kо‗riladi va u uning bо‗sh ekanligiga ishonch hosil 
qilgandan sо‗nggina, paket jо‗natiladi. Agar kanal band bо‗lsa, uzel tasodifiy vaqt 
oralig‗ida paketni uzatishga qayta urinib kо‗radi. Bitti tarmoq uzeli orqali uzatiladigan 
ma‘lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu ma‘lumotlar uchun mо‗ljallangan 
uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi.
Kanal bandligi oldindan eshitilib kо‗rilsa-da, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaqtda 
uzatish paytida ixtilof paydo bо‗lishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog‗liqki, signal kanal 
bо‗ylab о‗tayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan, lekin 
eshitib kо‗riladigan uzelgacha yetib bormagan bо‗ladi, natijada uzel kanalini bо‗sh deb 


19 
hisoblab, uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa Ethernet tarmog‗i 
misol bо‗la oladi. Ethernet tarmog‗ida lokal tarmoqlar uchun ma‘lumotlarni uzatish tezligi 
sekundiga 10 Mbitga teng (Mbit/s).
Kichik EHM, mikro EHM va nihoyat shaxsiy kompyuterlarning paydo bо‗lishi 
ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga zamonaviy axborot texnologiyasini 
yaratishga yangicha yondashuvni talab etadi. Ayrim EHMlarning ma‘lumotlarini 
markazlashgan holda qayta ishlash tizimidan taqsimlangan holda qayta ishlashga о‗tishi 
borasida mantiqiy asoslangan talab paydo bо‗ladi.  
 Ma‟lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma‘lumotlarni mustaqil holda, 
lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog‗langan kompyuterlar tomonidan 
qayta ishlash demakdir. Shuningdek uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet 
mavjud. Gigabit Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmoqda. Ma‘lumotlarni taqsimlangan 
holda qayta ishlashni amalga oshirish uchun kо‗p mashinali assotsiatsiya tashkil etilgan. 
Uning tuzilmasi quyidagi yо‗nalishlardan biri bо‗yicha ishlab chiqiladi:
* kо‗p mashinali hisoblash komplekslari (KHK); kompyuter (hisoblash) tarmog‗i.  

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling