I-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni


Asosiy tushuncha va ta’riflar


Download 25.28 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi25.28 Kb.
#1155482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Документ Microsoft Word

1.2. Asosiy tushuncha va ta’riflar

Faoliyat – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir jarayonidir.

Xavf – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va material boyliklarga zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi salbiy xususiyatlaridir1.
Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida mujassamlashtirgan xamma tizimlarni, hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi.2


Xavfsizlik – ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan holatidir. Har qanday xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf hisoblanadi.
Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda, atrof –muhitning har qanday komponentini tushunish mumkin, ya’ni: inson, jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos va b.


Baxtsiz hodisalarning sabablari deb faoliyat davrida ma’lum shart-sharoitlar asosida yuzaga keladigan potensial xavflarga aytiladi yoki baxtsiz hodisalarning sabablari amaldagi xavfsizlik qonun-qoidalari, me’yorlar, standartlar, nizomlar va boshqa shu kabi xavfsizlikni ta’minlovchi talablarni buzilishidir.
Baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi turlarga bo‘linadi: texnikaviy; tashkiliy; sanitar-gigienik; psixofiziologik.


Yashash (faoliyat) muhiti – inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.

Xavfli omillar – fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va ijtimoiy xarakterda bo‘lishi mumkin.
Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.


Biosfera – er yuzining litosfera (erning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami) dan iborat inson yashayotgan qismidir. Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga ajraladi va texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishdagi ob’ektlar yuzaga keladi3.

Texnosfera – inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.)


Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling