I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Aholi turmush sharoitining og‘irlashuvi, milliy munosabatlardagi ziddiyatlar


Download 400.25 Kb.
bet6/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

3. Aholi turmush sharoitining og‘irlashuvi, milliy munosabatlardagi ziddiyatlar.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini chuqur ilmiy asoslanmasdan ekstensiv rivojlantirishga qaratilgan siyosat iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga, sarflanayotgan mablag‘ning samarasiz ketishiga olib keldi. Jumladan, 1971-1985-yillarda respublika agrar sektorini rivojlantirishga 32,2 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, shundan 2063 mln. so‘mi erlarni meliorativ holatini yaxshilashga sarflandi. SHunga qaramasdan, har 100 ga er maydonidan Ukrainaga nisbatan 3 barobar, Belorussiyaga nisbatan 4 barobar kam hosil olingan. Aniqrog‘i, bir tonna paxta etishtirishga 340 ishchi-soati sarflangani holda, bir tonna g‘allaga bor-yug‘i 12 ishchi-soati sarflangan. Ko‘rinib turibdiki, xarajatlardagi farq qariyb 30 baravarni tashkil etgan. Lekin mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 4-5 baravardan oshmagan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga bunday yondashuv natijasida vaziyat fojiaviy tus ola boshladi. 80-yillarda ekologik tanglik yanada kuchaydi. Bu davrda bir ga. paxta maydoniga 24,5 kg zaharli kimyoviy moddalar to‘g‘ri keldi, xolbuki iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu 0,5 kg dan oshmagan. Agar dunyo miqyosida bir ga erga 300 g pestitsid ishlatilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda faqat g‘o‘zaning o‘ziga 54 kg dan ortiq, ya’ni normadan deyarli 51 marta ko‘p zaharli moddalar ishlatilgan.
Zaharli kimyoviy moddalarning ko‘p miqdorda to‘planishi xavfli kasalliklarni tarqalishini kuchaytirdi. Qishloqda keskin epidemiologik sharoit vujudga kelib, virusli gepatit, boshqa xavfli kasalliklar- ichburug‘, sil, ich terlama, ayollar va bolalar orasida endokrin kasalliklar, kamqonlik (anemiya) keskin ko‘paydi. Jumladan, 80-yillarning o‘rtalarida Xorazm, Buxoro va QQASSRda katta yoshdagilarning 70% dan ortig‘i, bolalarning 80 % dan ko‘prog‘i bir yoki bir nechta kasalliklar bilan og‘rigan. Xususan, 1980-1985 yillarda har 10 ming kishi hisobiga zararli o‘simtalar bilan og‘rigan bemorlar soni 204 kishidan 242 kishiga etdi.
1980-1989-yillarda respublika qishloqlarida sil kasali bilan og‘riganlar 6,6 ming kishini tashkil etdi. Respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich har 100 ming kishiga 45,6 dan 50,4 nafarga ko‘paydi. SHuningdek, onalik va bolalikni muhofaza kilish jiddiy muammoga aylandi. Bu davrda har ming ayoldan 254 nafari kamqonlik kasali bilan og‘rigan. Vaholanki, sobiq ittifoq bo‘yicha bu ko‘rsatkich 84 nafarni tashkil etgan, xolos. Kasallikdan vafot etgan homilador, tuqqan va yosh bolali ayollar soni har 1000 ta bola hisobiga 48,6 nafarga etgan. Bu ko‘rsatkich Gruziyada-22,5, Litvada-22,4, Belorussiyada-17,0 nafarni tashkil etgan. Respublikada sog‘liqni saqlash sohasi xizmati aholi ehtiyojlari talablariga javob bermay qolgan.
1946 - 85 yillarda respublikada turar joy fondi 4 baravardan ziyod ko‘paydi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyin yirik mikrorayonlar barpo etildi. Biroq, hasharga kelganlarning ko‘pchiligi qurgan binolariga o‘zlari joylashib oldilar, uy-joy masalasi esa dolzarbligicha qolaverdi.
Sovetlar tuzumi va kommunistik partiyaning 70 yildan oshiq davom etgan ma’muriy buyruqbozlik siyosati, respublikalar xom ashyo resurslari-dan o‘zboshimchalik bilan foydalanish tabbiy muvozanatni izdan chiqarib, ekologik muammolarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, Orol va Orolbo‘yi muammosi kuchaydi. Birgina O‘zbekistonda ekin maydonlarinig 60 %, Turkmanistonda ekin maydonlarining 80 % sho‘rlandi. Paxta hosildorli-gini oshirish maqsadida ishlatilgan gerbitsid va pestitsidlar aholi salomatligiga katta zarar keltirdi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, 80-yillarda o‘zbek paxtasining xarid narxi jahon narxlaridan 5 baravar kamroq qilib belgilangan edi. Buning hisobiga har yili ittifoq byudjetidan 1,5-2 mlrd. so‘m dotatsiya sifatida qaytarilgan. Oqibatda, O‘zbekiston ishlab chiqarish rentabelligi ta’minlanmagan ”boqimanda” respublikalar qatoriga qo‘shib qo‘yildi.
Vaholanki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda etishtirilgan paxta xom ashyosining 93-94 foizi, oltinning barchasi Markazga olib ketilgan. Respublika aholisining iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji asosan sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridan keltirilgan don, go‘sht, qand, sut va boshqa mahsulotlar hisobiga qondirilgan. Paxta yakkahokimligi tufayli uylarning ostonasigacha chigit ekilgan. Buning natijasida xalqimizning qadimdan shakllanib kelgan dehqonchilik va chorvachilik madaniyati izdan chiqdi. I. Karimov respublika iqtisodiyotiga biryoqlama munosabatning achinarli oqibatlari haqida to‘xtalib: «Tang qoladigan eri shundaki, qishloqlardagi har besh xonadonning birida birorta ham chorva moli, 37 foizida sigir, yarmisida qo‘y boqilmayapti. Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida esa ahvol yana ham mushkul»1,- deb ta’kidlab o‘tgan edi.
Respublikada iqtisodiyotning xom ashyo ishlab chiqarishga yo‘naltiril-ganligi, ish kuchi qiymati va xarid narxlarining pastligi aholining moddiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, paxtakorlar mehnati etarli qadrlanmadi. Masalan, O‘zbekistonda kolxozchi bir ish kuniga 80-yillarda 5 so‘m 88 tiyin olgani holda, RSFSR kolxozchisi 8 so‘m 03 tiyin, Estoniya kolxozchisi 14 so‘m 04 tiyin olgan. Respublikadagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat aholining o‘z haq-huquqlari va ijtimoiy adolat uchun kurashning zarur pallasiga chiqarib qo‘ydi. Xalqimizda milliy o‘zligini anglash hissiyoti kuchayib bordi.
Sovetlar davrida xo‘jalikni boshqarish tizimiga o‘rnashib olgan bunday illatlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga yanada ko‘proq zarar keltirdi. Yo‘l qo‘yilgan jiddiy xatolar, xo‘jalikda madaniy ish yuritish prinsiplarining qo‘pol buzilishi natijasida iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlari barbod bo‘la boshladi. Oqibatda, 80-yillarning o‘rtalarida asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha respublika ittifoqda oxirgi o‘rinlarga tushib qoldi. “O‘zbekiston aholisi,-deb ta’kidlagan edi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov,- o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilmoqda. Oyiga o‘rta hisobda 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga boradi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan keladigan ishni topa olmayapti”2. Respublikaning infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari ham qiyin ahvolga tushib qolgan edi.
Respublikaning yangi rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiya qo‘yildi. Jumladan, I.Karimov KPSS MKning 1989 yil 20 sentyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan Plenumida: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz”,-deb ta’kidladi.
Mamlakatda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy munosabatlarning tobora izdan chiqayotganligidan xavotirga tushgan SSSR rahbariyati millatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ziddiyatlarni kuchaytirish, qo‘shni xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘yish orqali milliy ziddiyatlarni kuchaytirib, ularning e’tiborini tobora kuchayib borayotgan muammolardan chetga burishga harakat qildi. Keyingi voqealar tahlili millatlararo munosabatlar to‘g‘ri hal etilmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan fojialarning tub ildizlari ancha chuqur va murakkab ekanligini ko‘rsatdi. Natijada, 1989 yil may-iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berib, ular siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Bunday ommaviy chiqishlarga “moslashmagan” rahbariyat muammolarni kelishuv yo‘li bilan hal qilishga ojizlik qilib, noroziliklarni bartaraf etish uchun namoyishlarga qarshi harbiy kuchlarni tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar shunday harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilindi. Farg‘onada sodir bo‘lgan mudhish voqealar Sumgait, Boku, Tog‘li Qorabog‘, O‘sh-O‘zgan va boshqa mintaqalarda iyushtirilgan ig‘vogarliklar bilan bir qatorda turar edi.
1990 yil iyun oyida O‘sh va O‘zganda qirg‘izlar bilan o‘zbeklar kelib chiqqan etnik mojarolar oqibatida yuzlab gunohsiz o‘zbeklar halok bo‘ldi. SHunday murakkab vaziyatda Markaz ziddiyatlarni oldini olish o‘rniga mojarolardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qildi. Asrlar mobaynidan qon-qardoshlik udumlari asosida yashab kelgan ikki xalq bir-biriga qarshi qo‘yildi. O‘zbekiston hukumati va xalqi sabr-toqat bilan bag‘rikenglik, mintaqada tinchlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Respublikada millatlararo munosabatlar va milliy masalaga oid maxsus dastur ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda demokratiyalash va milliy o‘zlikni anglash jarayonining tobora avj olishi jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Jumladan, 1989 yil may oyida “Birlik” harakati tashkil topdi. SHuningdek, ”Intersoyuz” (O‘zbekiston xalqlarining baynalmilal ittifoqi) va ”Erk” harakati (1990 yil fevraldan ”Erk” demokratik partiyasi) yuzaga keldi. Respublikada xotin-qizlarning ”To‘maris” harakati va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsata boshladi. SHuni ham ta’kidlash lozimki, o‘z faoliyatlarining dastlabki bosqichida muayyan ijobiy rol o‘ynagan bu tashkilotlarning ayrimlari (jumladan, ”Erk” va ”Birlik”) o‘zlarining ba’zi xususiyatlarini yo‘qota boshladilar. Ularning rahbarlari jamiyatni birlashtirish, dolzarb muammolarni birgalikda hal qilish o‘rniga, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan yo‘llarni qidira boshladilar.



Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling