I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fani (kursi) ning


Download 400.25 Kb.
bet2/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fani (kursi) ning


predmeti, maqsadi va vazifalari.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani (kursi) ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, san’atshunoslik, dinshunoslik, iqtisod, psixologiya va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, u jamiyat hayotida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni yaxlit tarzda o‘rganadi. Taniqli fransuz tarixchisi M.Blok ta’kidlaganidek, “tarix-bu inson, jamiyat va vaqt haqidagi fandir”. Hozirgi paytda jahon hamjamiyati boshidan kechirayotgan o‘zgarishlar va demokratik tajribalarga tayangan holda mamlakatimiz davlatchiligi tarixi va uning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish dolzarb masalaga aylandi.

Bugungi kunda yangi tarixi fani oldida jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlariga asoslangan holda, taraqqiyot jarayonining muhim jihatlarini tahlil qilish orqali insoniyatning jamoatchilik asosida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy rivojlanishi bosqichlarini o‘rganish vazifasi turibdi.


Jahon hamjamiyati tarixining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonning yangi tarixi fanining predmetini ham mazkur fanni o‘rganishga doir asosiy vazifalar tashkil qiladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi kursini o‘rganishda muhim hisoblangan masalalar quyidagilardan iboratdir:
-O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish, Respublika hukumati tomonidan amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyatini talabalar ongiga etkazish;
-Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar, bu sohada erishilgan yutuqlarni ko‘rsatish;
-O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari konsepsiyasining mazmun –mohiyatini yoritish;
-O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi, bozor munosabatlarining shakllanishi;
-respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, yutuqlar va muammolar;
-mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari;
-O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligi, bu borasida amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va muammolarni talabalarga etkazish;
Har bir fan o‘zining tadqiqot uslubiga egadir. Jumladan O‘zbekiston tarixini o‘rganishda ham ikkita asosiy metodologik prinsip bo‘lib, ular tarixiylik va ijtimoiy yondashuv prinsiplaridan iborat. Tarixiylik prinsipining mohiyati shundaki, unga ko‘ra har bir tarixiy voqea-hodisa va tarixiy faktlar quyidagicha tahlil qilishni taqozo qiladi:
-birinchidan, uzoq o‘tmishdan hozirgacha taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish kelajak haqidagi tasavvurlarimizni oydinlashtiradi. Har bir tarixiy voqea-hodisaning o‘sha davrga xos tugal mohiyatini o‘rganilishi taqozo qilinadi;
-ikkinchidan, hozirgi davrda insoniyat jamiyati tizimli bo‘lganligi tufayli dunyoning qator davlatlari va regionlarida kechayotgan jarayonlar o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilinadi. Jahon sahnasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar barcha mamlakatlarda aks-sado beradi (ayniqsa hozirgi sharoitda) va har bir mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi;
-uchinchidan, tarixiy materiallarni o‘rganish jarayonida to‘plangan bilimlar asosida ma’lum tajribaga ega bo‘lgandan keyingina tarixiy hodisalarni tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoni oshadi.
Jamiyat taraqqiyotiga ijtimoiy yondashuv prinsipi tarixiy bilimlarga gumanistik ta’sirni kuchaytirib, voqea-hodisalarga umuminsoniy manfaatlar nuqtai-nazaridan yondashuvni taqozo qiladi.
O‘zbekiston tarixi kursini o‘rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri tarixiy hodisa va faktlarga haqqoniy baho berishni ko‘zda tutadi. To‘plangan tajribalarni davr nuqtai-nazaridan o‘rganish va tahlil qilish quyidagi masalalarni inobatga olishni taqozo qiladi:
-masalaga gumanistik nuqtai-nazaridan yondashuv insonning shaxs sifatida qadri va mavqeini oshiradi.
-Tarixiy voqea-hodisalarga sivilizatsion yondashuv o‘rganilayotgan tarixiy jarayonlarning xronologik doirasini kengaytirib, tarixiy taraqqiyotning qonuniyligini asoslash imkoniyatini kengaytiradi.
Shu bilan bir qatorda ta’kidlash joizki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvlar mukammallik va to‘la tugallanganlikka da’vogarlik qilish uchun etarli emas. Ular bir birlarini to‘ldirib turishini inobatga olib, ulardan zaruriyat tug‘ilganda foydalanish mumkin. Bu yondashuvlarni qarama-qarshi qo‘ymasdan va ularning turli-tumanligini yoddan chiqarmagan holda umumlashtirish lozim.
Shuning bilan bir qatorda, tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini baholash o‘lchovi va mezonini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy tarixiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, oxirgi natijalar asosida chiqarilgan ob’ektiv xulosalar u yoki bujamiyatning quyida ko‘rsatib o‘tilgan tub milliy-davlatchilik manfaatlarini ifodalaydi:
  1. Territorial butunlik;


  2. ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash (dunyodagi o‘rtacha darajadan kam bo‘lmagan holda);


  3. real mustaqillikni mustahkamlash zarurligini doimo nazarda tutish;


  4. jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy barkamolligiga erishish;


  5. boshqa davlatlarning suverenligi, xalqlarning e’tiqodlari va urf-odatlarini hurmat qilish.


Yuqorida bayon etilgan holatlar bizga vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy jarayonlarni o‘rganishda to‘g‘ri yo‘ldan borishimizga va ob’ektiv xulosalar chiqarishimizga yordam beradi. Shuning bilan bir qatorda, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining bir qismi bo‘lib, ularni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganish umumiy nazariy-metodologik asosga ega ekanligini yodda tutishimiz zarur bo‘ladi.






  1. Download 400.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling