I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Qishloq xo‘jaligini ekstensiv rivojlanishi va ekologik muammolarning kuchayishi


Download 400.25 Kb.
bet5/37
Sana08.11.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1754904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)nin-fayllar.org

2. Qishloq xo‘jaligini ekstensiv rivojlanishi va ekologik muammolarning kuchayishi.
KPSSning XXII s’ezdi (1961 y.) da kommunistik jamiyat qurish g‘oyasini amalga oshirishni jadallashtirish vazifalari qo‘yildi. Bu vazifani bajarishni kolxoz-kooperativ mulkini davlat tasarrufiga o‘tkazishni jadallashtirish, qishloq mehnatkashlarining jamoa xo‘jaliklari (kolxozlar) ni davlat xo‘jaliklari (sovxozlar) ga aylantirish orqali amalga oshirishga kirishildi. Bu vazifani amalga oshirishga 1957 yildayoq kirishilgan bo‘lib, respublikadagi 479 jamoa xo‘jaligi negizida 82 ta sovxoz (davlat xo‘jaligi) tashkil etildi. Kolxozlar o‘rniga sovxozlarning tashkil etilishi asosan Mirzacho‘l kabi yangi o‘zlashtirilayotgan erlarda amalga oshirildi. 1960 yilga kelganda O‘zbekistondagi jamoa xo‘jaliklari soni 1950 yildagiga nisbatan qisqartirilib, 3316 tadan 978 taga tushdi. Sovet xo‘jaliklari soni esa aksincha 98 tadan 192 taga ortdi, 1965 yilga kelib 297 taga etdi. Dehqonlarni shahar tipidagi posyolkalarga joylashtirish, ularni erdan ajratib «ishchilarga aylantirish»dan iborat sun’iy jarayonlar kuchaytirilishi dehqonlarning azaliy turmush tarziga putur etkazdi.
1959-1983-yillarda O‘zbekiston KP MK 1-kotibi bo‘lgan SH.Rashidov Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi jarayonida uy-joy qurilishiga to‘xtalib quyidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan: “Sovxoz posyolkalari qurilishini tubdan yaxshilash talab qilinmoqda. SHunisi ranjitadiki, Davlat plan komiteti qishloq xo‘jalik maxsulotlari etishtirish va tayyorlash ministrligi hamda Respublika davlat qurilish komiteti yangi tuzilayotgan sovxozlarni rejalashtirish va qurish vaqtida maktab, klub, kutubxona, kasalxona, radiouzellar, bog‘cha va boshqa madaniy va maishiy ob’ektlar qurilishi rejaga kiritilmagan. Buning ustiga uy – joylarni aholiga topshirish rejalari bajarilmayapti, qurilish sifati past, tan narxi esa baland. SHunday hollar ham bo‘lmoqdaki, yangi uylar odamlar ko‘chib kirmasdan turib yaroqsiz ahvolga kelib qolmoqda”1. Bundan tashqari, va’dalarga ishonib, o‘ta murakkab cho‘l sharoitida ishlash uchun kelganlarning ko‘pchiligi yillar davomida uy-joy ololmasdan baraklarda yashashga majbur bo‘lishdi, asosan ikki qavatli qilib qurilgan uy-joylarda tomorqaga er ajratilmaganligi sababli, butun hayoti er bilan bog‘liq bo‘lgan qishloq aholisi uchun erdan ayri yashashga ko‘nikish qiyin kechdi.
1958 yilda MTS ixtiyorida bo‘lgan texnikalarni qishloq xo‘jalik artellariga majburan topshirish sohasida amalga oshirilgan tadbirlar jamoa xo‘jaliklari iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazdi. Markaziy hukumat tashabbusi va ma’muriy siquvi bilan O‘zbekistonning «qoloq» jamoa xo‘jaliklari 358,8 mln. so‘m miqdorida qarzdor bo‘lishlariga qaramay, 1958 yil 1 maygacha 78 ta MTS o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan 700 ta jamoa xo‘jaligiga texnikani to‘liq sotib bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, paxtachilikni rivojlantirish maqsadida ekstensiv usulda bo‘lsada qo‘riq erlarda 160 ta davlat xo‘jaliklari (sovxoz) tashkil etildi, 7,7 mln.kv.metr uy-joy binolari, 37 ming o‘rinli maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. YAngi o‘zlashtirilgan erlarda asosan paxtazorlar, bog‘lar bunyod etildi, oziq-ovqat ekinlari etishtirildi. Birgina Mirzacho‘lda yirik qishloq xo‘jalik tumanlari (Paxtakor, Ilich, Do‘stlik, Arnasoy, Oqoltin, Mehnatobod va boshqalar) vujudga keltirildi, yangi shaharlar ( YAngier, Guliston, Paxtakor, Do‘stlik, SHirin, Baxt va boshqalar) bunyod etildi.
50–yillarda respublikada irrigatsiya-melioratsiya ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Janubiy va SHimoliy Mirzacho‘l kanallari va kollektorlar qurildi. Amu-Qorako‘l va Amu-Buxoro kanallari, Jizzax suv ombori, Qarshi magistral kanali, Kuyukmozor, To‘dako‘l va Tallimarjon suv omborlari, sig‘imi 2 mlrd m3 li yirik Andijon suv ombori va boshqalar qurildi. Ular orasida O‘rta Osiyoda eng yiriklari CHorvoq suv ombori, Tuyamo‘yin suv ombori, Andijon suv omborlari edi.
O‘zbekistonda sun’iy sug‘orish tizimiga e’tibor kuchaytirilishi natijasida 1985 yilda respublikada 900 ta sug‘orish tizimi, 92 ta gidrotexnika inshooti ishlab turgan. 23 ta sun’iy dengiz – suv ombori kamsuvlikka mustahkam to‘siq bo‘lib, ularda erlarni sug‘orish uchun qariyb 10 mlrd. kub metr suv jamlangan. Bu vaqtga kelib juda katta er massivlari qishloq xo‘jalik oborotiga kiritildi. Masalan, agar 1946-1965 yillarda 600 ming ga er o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 1966-1985 yillarda 1,6 mln. ga er o‘zlashtirildi. Bu tadbirlar natijasida respublikada paxta etishtirish muttasil oshirib borildi. Masalan, O‘zbekiston 1946-1950 yillarda jami 7 mln. 729 ming tonna paxta bergan bo‘lsa, 1981-1985 yillarda esa bu ko‘rsatkich 28 mln. 617,6 ming tonnaga etdi. Qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlantirishi oqibatida daromadga nisbatan xarajat tobora oshib bordi.
Paxta ekiladigan maydonlarining yildan yilga kengayib borishi respublikada paxta yakkahokimligini vujudga keltirdi. Agar 1940 yilda 923,5 ming ga erga chigit ekilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1987 yilda 2107,7 ming gektarga teng bo‘ldi. Demak, paxta ekiladigan maydonlar 1987 yilda 1940 yildagiga nisbatan 1 mln. 184,2 ming ga yoki ikki barobardan ziyodroq ko‘paydi. Buning hisobiga bog‘-rog‘lar, poliz ekinlari, yaylovlar keskin kamayib, aholini go‘sht, sut, meva-chevaga bo‘lgan ehtiyojini keskin oshirib yubordi. Aholi ehtiyojini ma’lum darajada qondirish maqsadida 6,9 mln. ga erdagi yaylovlarga suv chiqarildi. Kanal va suv omborlarining ishga tushirilishi iqtisodiy samara berishdan tashqari atrof – muhitga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi: er osti suvlari ko‘tarilib, erlarning sho‘rlanishi kuchaydi, bog‘lar quriy boshladi. 1946 - 65 yillarda qariyb 600 ming ga, 1966 - 85 yillarda 1800 ming ga yangi erlar o‘zlashtirildi. Bularning oqibatida Orol dengizi quriy boshladi. 80-yillar o‘rtalariga kelib Orol dengizining sathi 13,8 metrga pasaydi, suv hajmi 390 mln. kub metrga kamaydi, maydoni 40 ming kv. metrga qisqardi, suvning minerallashuvi bir metr hisobiga 21 grammga etdi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida daryo suvlari nihoyatda kamayib, mavjud oqava suvlar iste’molga yaroqsiz holga kelib qoldi. Natijada, turli yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sharoit yaratildi.
70-80-yillarda O‘zbekiston paxtachilikka ixtisoslashish natijasida Umumittifoq fondiga jami etishtirilgan paxtaning 2/3 qismini etkazib bergan. Faqat, 1976-1985-yillarda davlatga respublikadan 15345 ming tonnadan ortiq paxta tolasi olib ketilgan. SHu yillarda Bolgariya va Vengriya to‘qimachilik korxonalarining 80%, Polsha to‘qimachilik korxonalarining 70%, boshqa “sotsializm mamlakatlari”ning ham ko‘pchiligi o‘zbek paxtasi hisobiga ishladi. Biroq, o‘zbek dehqonlarining ijtimoiy ahvolida deyarli o‘zgarish bo‘lmadi.



Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling