I-mavzu: Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida
Download 1.73 Mb.
|
ped tex OMK uz
Yo´NalganlikEhtiyojlar, qiziqishlar, ideal, e’tiqod, etakchi motivlar, xulq-atvor va dunyoqarashda namoyon bo´ladi. Bilim, ko´nikma va malaka Bilish, o`qish faoliyati natijasida hayot jarayonida orttiriladi Individual tipologik xususiyatlar Temperament, xarakter va qobiliyatdan namoyon bo´ladi Shaxs faoliyati va uning yo’nalishi Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi. Shaxs yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi. Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi. Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi. E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi. Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi. Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir. Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhit, tabiat, kishilar bilan o`zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o`zgaradi, o`z faoliyatini yo`naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o`z - o`zini yo`altiradi, o`z oldiga maqsad qo`yadi, maqsadga intilish yo`lida uchraydigan qiyinchilik va to`siqlarni engib o`tishga harakat qiladi. Maqsadga yo`naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda moddiy, ma’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Ehtiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq ichki turtki kuchlar paydo bo`ladi. Motiv odamni faoliyatiga, faolikka yo`naltiruvchi sababdir. Shaxs inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni bajaradi, uni natijasiga ega bo`lishga, uni qo`lga kiritishga o`z-o`zini yo`naltiradi. SHaхs jamiyat a’zоsidir. U оmmaning sinfning ajralmas kismidir. U оmma bilan хarakatlanib tariхni yaratadi. SHaхs ijtimоiy bоyliklar yaratuvchidir. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling