I-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida Reja
Sotsiologiyaning asosiy muammo va vazifalari
Download 31.21 Kb.
|
1-ma`ruza
Sotsiologiyaning asosiy muammo va vazifalari.
Sotsiologiyaning asosiy muammolari uning predmeti sohasidan kelib chiqadi. Turli sotsiologik maktablar va sotsiologik bilimni tashkil etuvchi aniq sistemalarning nazariy yo‘nalishlarida kamchiliklarni hisobga olish zarur: 1. Predmet va ob’ektni tenglashtirish; 2. “Sotsial” tushunchasini aniq ta’riflab bera olmaslik; Sotsiologiyaning markaziy muammosi – sotsial tizimlarni o‘rganishga bog‘liq masalalar kompleksidir. Bu birinchi navbatda quyidagilarni tadbiq qilishdan iborat: sotsial tizimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi; sotsial tizimlar komponentlarining tuzilishi sotsial birliklar va guruhlar, sotsial tashkilotlar, sotsial institutlar; sotsial sistemalarning ular komponentlarining o‘zaro aloqa va o‘zaro hatti-harakati usullari strukturasi va sotsial bir butunlilikning barqarorligini saqlab qolish va tartibga keltirishdagi roli; sotsial tizimlarning, ularning strukturalari va komponentlarini qayta ishlab chiqarishning mexanizmi va shart-sharoitlari8; Sotsiologiya tomonidan sotsial tizimning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish uning jamiyat strukturasini tashkil etuvchi komponentlar, u yoki bu sotsial birliklarni, sotsial tashkilotlarni, sotsial institutlarni keltirib chiqarish mexanizmi, shuningdek, sotsial sohadagi sotsial munosabatlar bilan o‘zaro aloqada tadqiq etishni talab qiladi. Bundan kelib chiqib, sotsiologiyaning vazifasi sotsial tizimlarning har bir komponentining o‘ziga xosligini, ular bajaradigan ma’lum bir vazifalarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Hozirgi davrda, bozor munosabatlariga o‘tishda, sotsial tizim strukturasini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sotsiologdan tadqiqotga ilmiy, ijobiy yondashishni talab qiladi, chunki hozirgi o‘tish davrida yuzaga kelayotgan sotsial muammolar yangicha va ilgarilaridan ancha farq qiladi. Masalan, ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish bilan bir qatorda yangi sotsial guruhlar masalan, o‘rta mulkdorlar sinfi vujudga kelmoqdaki, ular jamiyatda sotsial-sinfiy munosabatlarga yangicha kasb etmoqda. Jamiyatning sotsial-sinfiy differensiyasi kriteriylari haqidagi eski tasavvurlar bu sharoitda yetarli bo‘lmay qolmoqda, sotsial guruhlar klassifikatsiyasining yangi asoslarini topish, ularning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlash zarur bo‘lib qoladi. Sotsiologlar uchun faktlar va sotsial vaziyatlarni ularning konkret namoyon bo‘lishida o‘rganish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Odamlarning sotsial birliklarning sotsial faktlar sifatidagi faoliyati, ularning ma’lum bir sotsial vaziyatda namoyon bo‘lishini o‘rganish muhim va aktualdir. Sotsiologiyaning asosiy muammolaridan biri – shaxsning sotsial tizimdagi o‘rni, qanday va qay tarzda u yoki bu shaxs jamiyatning hayotiy faoliyatida qatnashishi, bunda u qanday asos va stimullarga asoslanishi haqidagi masalalarni o‘rganishdir. Shaxsning ijtimoiylashuvidagi shart-sharoitlarni o‘rganish ham muhimdir. Turli sotsial birliklarning tabiati, xususiyati, ehtiyoji va qiziqishlarining namoyon bo‘lishini tadqiq qilish vazifasi o‘zi bilan sotsial munosabatlarni o‘rganish bilan bog‘liq bir qator vazifalarni keltirib chiqaradi. Huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyat oldida kolektivizm, sotsial adolat, shuningdek, barcha millatlarning, sotsial guruhlarning umumiy kelishuvi yo‘lidagi hamkorliklari, uning barcha a’zolarining sotsial tengligini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini yaxshilash, jamiyatni yangilashda va progressida inson faktoridan maksimal darajada foydalanish masalalari bilan bog‘liq muammolarni yechish vazifasi turadi. Sotsiologiya fanining vazifasi shu barcha protsesslarning sotsial birliklar, sotsial tashkilotlar va sotsial institutlar doirasida o‘zaro harakat qiluvchi odamlar, sotsial guruhlarning sotsial o‘rni va sotsial qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan qonuniy aloqalarini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Sotsiologiya milliy mafkurani shakllantirish, yaratish jarayonida alohida o‘rin tutadi. Eskirib qolgan dunyoqarash, eskicha moddiy va ma’naviy munosabatlar o‘z o‘rnini yangisiga osonlikcha bo‘shatib bermaydi. Buning uchun ma’lum vaqt kerak. Sotsiologiya shu vaqt davomida ma’naviyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlashga va ilmiy asosga ega bo‘lgan tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shunday qilib, milliy davlatimiz ijtimoiy tizimdagi mavjud sistemalar tarkibiy-funksional holatini sotsiologik tadqiqotlar orqali aniqlash va o‘rganish muammosi ham hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Ularning ichida milliy tuzilish va turli millatlarning o‘zaro ahil yashashini ta’minlovchi omillarni kuchaytirish yo‘llarini aniqlash; oila, yoshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud muammolarni jiddiy tahlil qilib, real tadbirlar ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish; hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan mavjud salbiy xarakterdagi turli guruhlar: giyohvandlar, ishsizlar, bekorchi sayoqlar, o‘zgalar hisobiga kun kechiradigan boshqa tuzilmalarning millatimizga, mamlakat siyosiy vaziyatiga, iqtisodiyotiga, ma’naviyatiga va kishilarning ijtimoiy turmush tarziga yetkazayotgan katta zarariga va bu guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish muammolarni o‘rganish muhimdir. Turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni faqat bostirish, zo‘ravonlik yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. Buni tarix takror va takror isbotlab bergan. Sotsiologiyaning vazifasi esa bu jihatdan ilmiy tahlil asosida davlatni, ijtimoiy munosabatlarni boshqarishga har tomonlama ko‘maklashishdir. Sotsiologiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim funksiyasini ajratib ko‘rsatish zarur: 1/ Bilish funksiyasi; 2/ Amaliy funksiya; 1. O‘zining bilish funksiyasi orqali jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlarini, konkret hayotiy jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganadi. Mavjud ijtimoiy voqelikdagi jarayonlarni o‘rganish bilan jamiyat hayotining kelgusidagi rivojlanish oldindan payqash, tahlil qilish uchun xizmat qilish vazifasini bajaradi. Ijtimoiy bilish ilmiy sotsiologik nazariya va uslubiyotni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. 2. O‘zining empirik bilish darajasi va usullari bilan sotsiologiya amaliy funksiyaga ham ega. Amaliy funksiya bilish funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini, tendensiyalarini sotsiologik tadqiqot orqali amaliy jihatdan o‘rganish jamiyatni ilmiy boshqarish va rejalashtirish, prognoz berish uchun asos bo‘ladi. Shuning uchun har bir viloyat va shaharlarda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ulardan olingan ilmiy natijalarni respublika miqyosida markazlashgan ilmiy laboratoriyalarda umumlashtirish – davlat ahamiyatiga molik masaladir. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida bunday ilmiy xulosalar amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotini ilmiy asosda boshqarishni ta’minlaydi. Yangi iqtisodiy munosabatlar tarkib topishi va rivojlanishi bilan sotsiologiyaning amaliy funksiyasining ahamiyati ham ortib boradi. Ayniqsa, hozirgi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida mehnatni tashkil qilish, ishsizlikni bartaraf etish, aholi moddiy turmush darajasini ko‘tarish kabi dolzarb muammolarni hal etib borishda sotsiologiyaning amaliy vazifasi yaqqol ko‘rinmoqda. Fanning ob’ektiv rivojlanishi ko‘p jihatdan mavjud siyosiy tuzumga, rejimga bog‘liq bo‘ladi. Amaliy va nazariy sotsiologiya esa o‘z navbatida jamiyatni ilmiy-rejali boshqarishda davlatga juda katta yordam berish imkoniyatiga ega. Buning uchun: fan sifatida sotsiologiyaning nazariy va amaliy tomonlarini rivojlantirish; shu sohaning malakali mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor berish; viloyatlarda, oliy o‘quv yurtlarida sotsiologik ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish; ularni davlat tomonidan moddiy jihatdan rag‘batlantirish; zamonaviy kompyuter va hisoblash texnikasi bilan ta’minlash zarur. 1Н.Семплезер. Социология. М. 1994. инглиз тилидан таржима. 37-бет. 2Э.Дюркгейм. О разделении общественного труда. Метод социологии. М. 1991. 435-446 бетлар. 3История буржуазной социологии XIX начала XX веков. М. 1979. 183-бет. 4М.Вебер. Наука как призвание и профессия. Избр. произв. М. 1990. 627-628 бетлар. 5П.А.Сорокин. Человек. Цивилизация. Общество. М. 1992. 27-бет. 6Социология. М.: Мысль. 1990. 25 бет. Социологические исследования. М. 1990. №2. 7 8С.Хан., В.Хан. Социология. Тошкент. «Адолат». 1999 13-16 бетлар Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling