I-mavzu zamonaviy sharoitlarda inson resurslarini tutgan o‘rni va strategiyasi reja


Download 59.23 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1473836
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ma\'ruza. Inson rerurslari


I-Mavzu «ZAMONAVIY SHAROITLARDA INSON RESURSLARINI TUTGAN O‘RNI VA STRATEGIYASI
Reja:
1.1. Inson resurslari to‘g‘risida tushuncha
1.2. Ishlab chiqarish tizimida inson resurslari
1.3. Inson resurslarining o‘ziga xos hususiyatlari
1.4. Inson resurslarini boshqarish ta’limotining rivojlanishi


1.1. Inson resurslari to‘g‘risida tushuncha

Jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p hollarda mamlakatda mavjud aholining soni va tarkibi bilan aniqlanadi.


Mamlakat aholisining faol qismi mehnat qilishga, mahsulot ishlab chiqarishga, xizmat ko‘rsatishga o‘z kuchini, bilimi va malakasini sarflaydi. Aholining faol qismi mehnatga layoqatli va mehnatga yaroqli aholidan tashkil topadi. Mehnatga layoqatlilik davri inson yoshining belgilangan darajasigacha bo‘lgan davrni, mehnatga yaroqlilik esa aqliy va jismoniy qobiliyatining yetarlilik darajasini bildiradi. Shunday qilib, aholining faol qismi inson resurslari, deb ataladi.
Zarur jismoniy va aqliy qobiliyat yosh bilan bog‘liq bo‘lib, yoshlik va o‘smirlik davrlarida shakllanib, rivojlanib boradi, tegishli mezonga yetganda susayadi va yo‘qoladi.
Tarixan mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o‘zgarib kelgan va o‘rtacha 30-50 yilni tashkil etgan. Hozirgi davrda mehnatga qobiliyatlilikning quyi chegarasi respublikamizda 16 yosh. Bu chegara ayrim davlatlarda 14-15 yosh, ayrimlarida 18 yosh. Mehnatga qobiliyatlilikning yuqori chegarasi esa ko‘pchilik davlatlarda ikki jins bo‘yicha erkaklar uchun 65 yosh (AQSH, Shvesiya), ayollar uchun 60 yosh (Germaniya, Angliya, Fransiya) qilib belgilangan. O‘zbekistonda bu chegara erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh hisoblanadi. Mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi o‘rtacha yashash yiliga ham bog‘liq.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ikkita zaruriy tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va h.k.)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega bo‘lgan xodimlardan iborat. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo‘lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo‘ladi. Biroq, bu omillar o‘z xususiyatlariga qarab, bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
«Ishchi kuchi» tushunchasi XX asrdan hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. U o‘zida insonning qobiliyati va sifat jihatlarini mujassamlashtirgan. Mehnat jarayonida ishlab chiqaruvchi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan jarayon ishlab chiqarish jarayonini anglatadi. «Mehnat resurslari» tushunchasi XX asrning 20-yillaridan boshlab hozirgi davrgacha amal qilib kelmoqda. Bu iqtisodiy kategoriya bo‘yicha inson tashqi boshqaruvning passiv ob’ekti hisoblanib, reja-hisob birligi sifatida aks etadi. Vujudga kelish omili iqtisodiyotni boshqarishning markazlashgan rejalashtirish sharoitida ishchi kuchining takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini o‘lchash zaruriyatidan kelib chiqqan.

Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling