I-mavzu zamonaviy sharoitlarda inson resurslarini tutgan o‘rni va strategiyasi reja


-chizma. Ishchining mehnat salohiyati


Download 59.23 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1473836
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ma\'ruza. Inson rerurslari

1.2.-chizma. Ishchining mehnat salohiyati

Har bir inson o‘z umri davomida ma’lum bir maqsad sari intiladi. Bu intilish faqat insonga xos bo‘lib, bunda maqsadga asosan mehnat orqali erishiladi. Insonlarda hayotiy ehtiyoj, iste’mol va uning rivojlanishini A. Maslou «Ehtiyojning nisbiy qondirilishi» asarida keng yoritgan. Ehtiyojning qondirilishi tarkiban quyidagicha: oddiy shaxs - 85 % fiziologik, 70 % xavfsizlik, 50 % muhabbat, 40 % o‘zini-o‘zi hurmat va 10 % o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarish ehtiyojilarini qondirishi mumkin. Ehtiyojlarning qondirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilib: strategik, taktik va operativ ko‘rinishda bo‘ladi.


Inson omili – korxona, tashkilot, uyushmalarda hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlardir, tarkibiy tuzilishi birinchi navbatda shaxs - ishchi guruh- mehnat jamoasi.
Shaxsiy insoniy omil – bu, nafaqat jamoa ishchisi, balki inson - jamoa sub’ekti bo‘lib, ijtimoiy hayotda demografik, iqtisodiy va siyosiy tarkibga ega, ularning o‘zaro aloqadorligi jamiyat taraqqiyotini belgilab beradi.

1.3.-chizma. «Inson salohiyati» va «inson omili» tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlik


Shaxsiy insoniy omil – ishlab chiqarishning shaxsiy omilidir. Unga faoliyatdagi ishchi kuchi va uning sifat ko‘rsatkichlari yig‘indisi shaklida qaraladi.




1.3. Inson resurslarining o‘ziga xos xususiyatlari

Korxona va tashkilot o‘z olidiga qo‘yilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun resurslardan – professorlar va ekspeditorlar mehnatidan, laboratoriya jihozlari va metallga ishlov berish stanoklaridan, prokat stanoklaridan, neft va paxta xom ashyosidan, metall rudasi va suvdan, pul vositalaridan foydalanadi. Foydalaniladigan resurslar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ular an’anaviy ravishda uchta guruhga bo‘linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iqtisodchisi J.B. Eyting ta’rifi bo‘yicha yer); moddiy resurslar (kapital) va inson resurslari. Ularni ishlab chiqarish omili deb atash mumkin.


Insonlarni boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir (moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda). Biroq o‘z ta’riflariga ko‘ra, odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan farq qiladi. Binobarin, ular boshqarishning alohida usullarini talab etadi.

Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling