I-mavzu zamonaviy sharoitlarda inson resurslarini tutgan o‘rni va strategiyasi reja


Download 59.23 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1473836
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ma\'ruza. Inson rerurslari

Birinchidan, odamlar intellekt (aql, idrok, zakovat)ga ega bo‘lib, ularning tashqi muhitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik tarzda emas, balki hissiy-o‘ylangan, anglab yetilgan reaksiyadir. Demak, tashkilot bilan xodim o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki tomonlamadir.
Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirlar. Inson o‘z hayotining ilk davrida yurishni, gaplashishni, o‘qishni, yozishni, kompyuter bilan muomala qilishni o‘rganadi. U ishga kelar ekan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bu ko‘nikmalar uning butun ish faoliyati davomida takomillashib boradi. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi davrida qo‘llanilayotgan texnologiyalar, shu bilan birga kasbiy ko‘nikmalar eskirib qoldi. Shuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona va tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Uchinchidan, insonning mehnat faoliyati hozirgi jamiyatda 30-50 yil davom etadi. Shunga ko‘ra, inson bilan korxona va tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari ham uzoq davom etish xususiyatiga ega. Masalan, Fransiyada inson o‘rta hisobda bir korxona yoki tashkilotda 16 yil mehnat qiladi. Yaponiyada esa to pensiyaga chiqquncha yollanadi.
To‘rtinchidan, moddiy va tabiiy resurslardan farqli o‘laroq, odamlar ko‘p hollarda korxona va tashkilotga ongli ravishda, muayyan maqsadlarni ko‘zlagan holda keladilar va ana shu maqsadlarni amalga oshirishda o‘zi ishga joylashgan korxona yoki tashkilotdan yordam kutadilar. Xodimning, shuningdek, korxona va tashkilotning o‘zaro hamkorlikda ishlashdan qanoat hosil qilishi bu hamokrlikni davom ettirishning muhim sharti hisoblanadi.
Inson resurslari bilan aloqada har bir korxona va tashkilot o‘z faoliyatiga xos xususiyatlaridan qat’i nazar, maqsadiga mos vazifalarni bajaradi. Hozirgi jamiyatda mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ulardan har birining ishida yuqorida sanab o‘tilgan faoliyat turlari mavjud bo‘ladi.
Birinchidan, har bir korxona va tashkilot o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan inson resurslarini, ya’ni xodimlarni jalb qiladi. Xodimlarni tanlash usullari tashkilotning faoliyat xususiyatlariga va shart-sharoitlariga bog‘liq. Masalan, harbiy xizmatga davlat chaqirig‘i, oliy o‘quv yurtiga tanlov imtihonlari, siyosiy tashkilotlar a’zolarini jalb qilish va hakozo. Bugungi kunda xodimni korxona va tashkilot bilan bog‘lashning keng tarqalgan usuli uni ishga yollashdir, ya’ni korxona va tashkilot bilan shaxs o‘rtasida shartnoma (bitim) tuzishdir. Shartnomaga muvofiq xodim tashkilotga mos jismoniy va intelektual salohiyatlarini moddiy rag‘bat hisobiga muayyan muddatga ayirboshlaydi.
Ikkinchidan, istisnosiz barcha korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga «ta’lim beradi»lar. Bundan maqsad – oldilarida turgan vazifalarni xodimlarga tushuntirish, ularning ko‘nikmasi va malakasini ana shu vazifalarga moslashtirishdir. Tashkilotning xodimga ko‘rsatadigan ta’siri turli shaklda bo‘lishi mumkin. «Ta’lim berish» so‘zlarining qo‘shtirnoq ichida berilishiga ham sabab shu.
Uchinchidan, tashkilotlar o‘z maqsadlariga erishishda xodimlaridan har biri ishtirok etishiga e’tibor beradi. Korxona va tashkilot turlari ko‘p bo‘lganidek, xodimlarni ularning mehnatiga baho berish orqali rag‘batlantirish shakllari ham turlichadir. Bular saf oldida minnatdorchilik bildirish, unvoni (mansabi)ni oshirish, navbatdagi razryadini ko‘tarish, har yili attestatsiyadan o‘tkazish va hakazolardan iborat bo‘lishi mumkin.



Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling