I-mavzu zamonaviy sharoitlarda inson resurslarini tutgan o‘rni va strategiyasi reja
Ishlab chiqarish tizimida inson resurslari
Download 59.23 Kb.
|
1 ma\'ruza. Inson rerurslari
1.2. Ishlab chiqarish tizimida inson resurslari
Inson resurslari nazariyasi inson omilining korxonadagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari yig‘indisidan tashkil topgan. Rivojlanish va taraqqiyot natijasida, iqtisodiy hayotning sub’ekti sifatida inson to‘g‘risida «ishchi kuchi», «inson omili», «inson resurslari», «inson kapitali» tushunchalari yuzaga keldi. Ushbu kategoriyalarni alohida ko‘rib chiqsak, ularning mazmunini ham ochib bergan bo‘lamiz. Fan-texnika taraqqiyoti inson resurslariga sifat jihatidan yangicha yondashuvni talab etadi. Har qanday mamlakat asosini unda mavjud bo‘lgan aholi tarkibidagi mehnat resurslari soni tashkil etadi. Mehnat resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ularda jamiyatning mehnatga bo‘lgan ijtimoiy qobiliyati jamlangan bo‘ladi. Mehnat resurslari tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan ayrim shaxslar (uy bekalari, talabalar) ham kiritilishi mumkin. Bu tarkib mehnat zahiralarini tashkil etadi. Ulardan kelajakda foydalanish mumkin. Jamiyatning mehnat resurslari demografik tarmoq, kasbiy daraja va hududiy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. «Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Chunki mehnat qobiliyat va ko‘nikmasiz amalga oshirilmaydi. Inson qobiliyati faqat mehnat jarayonida ro‘yobga chiqadi. Ishchi kuchi esa insonlarning qobiliyat salohiyatini aks ettiradi. Makroiqtisodiyotda «iqtisodiy faol aholi» va «bandlik» tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Halqaro mehnat tashkilotining tasnifi (klassifikatsiyasi)ga binoan O‘zbekiston aholisining mehnat yoshiga kirib kelish 16 yoshdan belgilangan. Iqtisodiy faol aholini hisobga olishda uchta kategoriyadan foydalaniladi: ish bilan band aholi, ishsizlar, ishchi kuchidan tashqaridagilar. Band va ishsizlar yig‘indisi ishchi kuchini, ya’ni joriy davrda o‘z ishchi kuchini faol taklif etuvchilardan tashkil topadi. Uchinchi guruh vakillariga ishga, ish haqiga ega bo‘lmagan, ish izlamayotgan, mehnat yoshiga to‘lmagan yoki mehnat yoshidan o‘tgan shaxslar kiradi. Ular odatda, iqtisodiy nofaol aholi, deb ataladi. Mehnat resurslarining ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dastlabki bosqichda mehnat resurslari ishchi kuchining salohiyatli qismi bo‘lib, ular mehnat vositalari va qurollari bilan ishlash tajribasini orttirgan. Ikkinchi bosqichda esa mehnat resurslari ish joylariga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlarning mehnat jarayonida sarflanishi ro‘y beradi. Mehnat resurslari bu jarayonda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi vaqt sarflab, moddiy ne’mat yaratadi va bu ne’mat iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi. Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to‘xtatishi bilan yana mehnat resursi tusini oladi. Shu sababli mehnat resursi mehnat salohiyatidan o‘z mehnati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi. «Mehnat salohiyati», «ishchi kuchi», «mehnat resurslari» tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Mehnat salohiyati ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlari yig‘indisini aks ettiradi, ya’ni u bir ishchining salohiyatli imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish shaklida inson omilini faollashtirish va amaliyotda qo‘llashni ta’minlashdan iborat. Ishlab chiqarishning buyumlashgan omillarida sifat ko‘rsatkichlari shaxsni takomillashtiradi va iste’mol ne’matlarini yaratadi. Ishchining mehnat salohiyati doimiy ko‘rsatkich sifatida emas, balki mehnat jarayonida rivojlanib borish xususiyatiga ega. Bu jarayonda inson bilim va tajribasini takomillashtiradi, sog‘ligini mustahkamlaydi va mehnat sharoitini yaxshilab boradi. Download 59.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling