Mavzu: mintaqalar aholisi va mehnat resurslari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1528174
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu mintaqalar aholisi va mehnat resurslari



MAVZU: MINTAQALAR AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI 
Reja: 
1.O’zbekiston mintaqalarining demografik holati. 
2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi. 
3.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. 
4.Mintaqalarda mehnat bozori va uni tartibga solish masalalari. 
Tayanch ibora: mehnat resurslari, demografik holat, demografik portlash, demografik 
krizis, aholi, mehnat bozori, jinsiy va irqiy tarkib 
 
1.O’zbekiston mintaqalarining demografik holati. 
Har bir o’lka, hudud, viloyat yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi avvalo, shu joyda yashovchi aholining mehnat faoliyatiga bog’liq. 
Mahalliy aholining mehnat madaniyati, jamoa ishlaridagi ijtimoiy faolligi, bilim va 
malakalari, oilaviy tarkibi, yoshi va jinsi shu o’lkada iqtisodiy taraqqiyotning 
rivojlanshida katta rol o’ynaydi. 1960–1990 yillarda mamlakat aholisi 8,4 mln.dan 20 
mln.dan ortiqroqqa yoki 2,8 marta ko’paygan. 
1990 yilda aholi 20,3 mln. kichidan iborat bo’lgan bo’lsa, 2012 yilda 29,5 mln., 
2014 yilga kelib 30,4 mln. kishiga etgan bo’lsa, 2015 yilda 31,0 mlnni tashkil etdi. 
2014 yilda tug’ilish koeffitsienti har 1000 aholiga nisbatan 23,3 promilleni tashkil etdi.
O’limning umumiy koeffitsienti 1000 aholiga nisbatan 4,9 ni tashkil etadi. 
O’zbekiston aholisining 2012 yilda 15370,1 ming, 2013 yilda 15555,2 ming, 2014 
yilda 15748,0 ming nafari (50,8%) shaharlar xissasiga to’g’ri kelsa, 2012 yilda 
14623,4 ming, 2013 yilda 14937,6 ming, 2014 yilda 15274,5 ming nafari (49,2) 
qishloqlar xissasiga to’g’ri keladi.
Respublikada o’tgan asrning 90-yillarida boshlangan o’rtacha bolalik 
jarayoni deyarli shakllanib bo’ldi, kam farzandlilik jarayonini to’la shakllantirish 
uchun esa 20 – 25 yil kerak va u 2020 – 2025 yillarda yakunlanadi. 
Xullas, aholining kengaytirilgan takror ishlab chiqilishi (tug’ilishning 
o’limdan ko’pligi) natijasida mehnat resurslari soni ko’payadi. Ayrim hududlarda 
inson resurslarining miqdoriga aholi migratsiyasi ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Demografik omilning o’zgarib borishi global muammo bo’lib, u ko’p 
jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi.



2000 yilda sayyoramiz aholisining soni 6 milliard kishi bo’lsa, 2015 yilda 
aholi soni 7 milliarddan oshdi. Ko’payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga 
qaramay, uning o’sish jarayoni davom etmoqda va 2050 yilga borib, 12 milliard kishiga 
etishi mo’ljallanmoqda. 
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida aholi soni ancha kamaygan. 
MDHning Belorussiya, Ukraina va Qozog’iston kabi mamlakatlaridan farqli o’laroq, 
O’zbekistonda aholi soni oshib bormoqda. Bu erda tug’ilish, tabiiy ko’payishning 
nisbatan yuqori koeffitsentlari va o’limning past koeffitsenti saqlanib qolmoqda. 
An’anaviy ko’p farzandli oiladan o’rtacha farzandli oilaga o’ziga xos yo’l bilan 
demografik o’tish ro’y bermoqda.
1897 yilda O’zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashar edi, ya’ni o’tgan 
100 yildan sal ko’proq vaqt mobaynida bu erda aholi 6,3 baravar ko’paydi. XX asrda 
O’zbekiston aholisining soni bir tekis oshgani yo’q. Uning dastlab ikki hissa ko’payishi 
salkam 60 yil davomida, keyingi ikki hissa ko’payishi esa 20 yil ichida ro’y berdi. 
Respublika aholisi 2001 yilning oxiriga kelib, 1980 yildagiga nisbatan 1,6 baravar 
ko’payishi kutilgan edi. Aholining uchinchi marotaba ikki hissa ko’payishi esa yuzaga 
kelgan ko’payish sur’atini saqlangan taqdirda XXI asrning ikkinchi kiradi.Vaholanki, 
ular O’zbekiston hududining atigi choragini, aholi uncha zich bo’lmagan to’rtta viloyat 
esa to’rtdan uch qismini egallagan. Aholi nihoyatda zich bo’lgan mintaqalarga butun 
aholining mehnat resurslari, iqtisodiy faol va ish bilan band aholi, tug’ilgan bolalar va 
aholi tabiiy ko’payishning beshdan to’rt qismi to’g’ri kelmoqda. 
Aholining ko’payishi uni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi, ish 
o’rinlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar, shuningdek, ekologik oqibatlar va kasallik 
ko’payishini keltirib chiqaradi. 
O’zbekistonning aholi nihoyatda zich bo’lgan mintaqalarida ishlab 
chiqaruvchi kuchlar eng yuqori darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-
sharoitlari qulay bo’lgan hududiy bo’linmalar bor. Shu sababli ularda aholining 
ko’payishi ishsizlik darajasiga mayinroq ta’sir etdi.
Aholi zichligi past darajada bo’lgan mintaqalarda kamroq rivojlangan 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, tor yo’naltirilgan tarmoq ixtisoslashuvi va 
ekotizimga putur etishining oqibatlari sezilarliroq. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling