Mavzu: mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
O’zbekistoning asosiy demografik ko’rsatkichlari
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi.
O’zbekistoning asosiy demografik ko’rsatkichlari
Yil Ahol i soni, mln. kishi Aholinin g o’rta yillik ko’payis hi, ming kishi Aholi ko’payishinin g o’rtacha sur’ati Tug’ilish koeffitsent i, % O’lim koeffetsient i, % Tabiiy ko’payish koeffetsient i, % 1897 3,95 - - - - - 1960 8,52 72,6 1025 39,9 6,0 33,9 1980 15,76 362,0 3,15 33,8 7,4 26,4 1999 24,23 445,6 2,30 22,3 5,3 17,0 2000 24,91 332,2 1,4 - - - 2025 33,4 233,7 0,75 - - - Manba: «Aholishunoslik» markazi ma’lumotlari. 4 2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi. Aholining demografik rivojlanishida uning milliy, yosh-jinsiy tarkibi alohida o’rin egallaydi. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat etishadi. Jumladan, respublikaning tub joy aholisiga o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg’izlar va qoraqalpoqlar kiradi. O’zbeklar barcha viloyatlarda, obikor erlarda yashashadi. Qozoqlar asosan Qozog’iston bilan bo’lgan chegara tumanlarida, xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida istiqomat qiladi. Tojiklar esa, Namangan, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida, qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo va Orol dengizi atrofidagi hududlarda yashab kelishadi. Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, XIX asrning o’rtalaridan boshlab jiddiy o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyasining Turkiston hududini istilo qilishi natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko’payish darajasi, joylashuv xususiyatlari o’zgardi. XIX asrning so’nggi 35 yili davomida O’zbekiston hududiga Rossiyadan 70-75 ming kishi, XX asrning dastlabki 18 yilida - 229,2 ming kishi, 1926- 1939 yillarda esa 650 ming kishi ko’chib kelgan. Aholi sonida yuz bergan o’sish fashistlar bosib olgan hududlardan ko’chirib keltirilgan odamlar hisobiga yuz berdi. 1940-1945 yillarda O’zbekiston aholisi 1,4 mln. kishiga kamayib ketdi. Mamlakat aholisi urushdan keyingi yillarda, asosan, tabiiy o’sish tufayli ko’paymoqda. Mamlakat aholisi 1945-1950 yillarda bir million nafarga, 1950-1960 yillarda 2,2 mln., 1960-1970 yillarda 3,4 mln., 1970—1980 yillarda 3,7 mln. kishiga, 1980-1990 yillarda 4,6 mln., 1990-1999 yillarda 3,7 mln. nafarga ko’paydi. Agar aholi soni 2000 yilda 24487,7 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 31330 ming kishiga etdi. Aholining yosh tarkibida hamisha yoshlar, mehnat yoshidagi aholi ko’p sonli ekanligi bilan xarakterlanadi. Aholining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollar miqdori o’zaro mutanosib, ya’ni teng (50-50). Bu tenglik ma’lum bir yosh guruhlarigacha saqlanib qolinadi, so’ngra 50-55 yoshlardan boshlab jinsiy tarkibda ayollarning ustunligi kuzatiladi. Aholining jinsiy tarkibida ko’p yillarda ayollarning erkaklarga nisbatan ulushi ortiq bo’lganligi kuzatiladi, ammo oxirgi yillarda bu nomutanosiblik tenglashib bormoqda. Aholi yosh tarkibini o’rganishda uni ayrim gurularga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi. Demografik va iqtisodiy statistika xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar bilan qamrab olinadigan aholi yosh guruhlarini ajratadi. Masalan, 0-2 yoshdagi yasli yoshidagi bolalar, 3-6 yoshdagilar – maktabgacha yoshdagi bolalar, 6(7)-15(17) yoshdagilar esa maktab yoshidagi bolalar va x.k. Iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat qilish qobiliyati bo’yicha aholini quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin. 5 1. Mehnatga yaroqli yoshgacha; 2. Mehnatga yaroqli yoshdagi; 3. Mehnatga yaroqli yoshdan keyingi. O’zbekiston bugungi kunda aholining qulay yosh tarkibiga ega bo’lib, bu jihat uning samarali ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida muhim mezon bo’lib xizmat qiladi Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling