I. Navoiy uran 4-kon boshqarmasi korxonasining geologik tuzilishi
Download 1.42 Mb.
|
Abdullo hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishda havoni shamollatish
Shovqin va titrash.
Korxona va ishlab chikarishdagi texnologik protsesslarda, jixozlar ishlayotganida shovkin paydo bo’ladi. Ishlayotgan tosh maydalagichlar, tegirmonlar, kompressorlar va ventilyatsiya ustanovkalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshka jixozlar shovkinning asosiy manbalaridir. Shovkin va titrash elastik muxit zarralarining tulkinsimon tarkaladigan tebranma xarakatidir. Ularning insonga ta'siri tebranishlar chastotasiga boglik. 16 Gts dan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish-titrash kabi ta'sir qiladi. 16-20000 Gts chastotali tebranishlar shovkin xosil qiladi. Ishlab chiqarishda havoni shamollatish Shamollatish ishlab chiqarish binolaridagi havoni keragicha almashtirishni ta'minlash bilan bir qatorda, ishlovchi xodimlar hamda texnologik jarayonning borishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tabiiy shamollatish, tashqaridan bino ichiga kirgan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib, binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun tirqishlar hosil qilsak, unda havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu jarayon korxona binolarida, ayniqsa yilning sovuq faslida uzluksiz davom etadi va mazkur hodisa aeratsiya deyiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, ayniqsa, issiqlik ajralishi bilan kechadigan jarayonlarda almashtiriladigan havoning miqdori ko‘p bo‘lmaganligi sababli, issiqlikni tabiiy shamollatish yo‘li bilan chiqarish anchagina iqtisodiy samara beradi. Bunda asosiy e'tiborni havoni kirish yo‘nalishlari va chiqish joylarini ta'minlashga qaratish lozim. Mahalliy shamollatish tizimlari, zararli moddalarni binolarning ajralib chiqayotgan joylarining o‘zidan, butun bino havosiga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va binodan chiqarib yuborishi zarur. Bu shamollatish tizimida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalarni chiqarish, binoga kiritilayotgan havoga ishlov berish hamda tozalash kerak bo‘lmaydi, bu iqtisodiy foyda beradi. Shamollatish qurilmalari o‘rnatilayotganda va ishlatish uchun qabul qilinganda, vaqt - vaqti bilan tekshirib turiladi va ta'mirlashdan keyin sinab ko‘riladi. Shamollatish qurilmalarini sinash paytida va keyingi ta'mirlashda ayrim qismlariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar, qurilmaning texnik pasportiga yozib qo‘yiladi va bu shamollatish tizimining texnik holatini aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling