I nuqtalar o‘rniga kerakli so’zlarni qoʻying


Download 10.6 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi10.6 Kb.
#1080812
Bog'liq
matn til.mashq


I Nuqtalar o‘rniga kerakli so’zlarni qoʻying.
Kalit so‘zlar: assonans, qofiyadosh so‘zlar, tav'zi san'ati, alliteratsiya, "O‘zbek tili tarixiy grammatikasi", Rus, Yevropa, undoshlar,fonosemantik vositalar, ekspressivlik.
1. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarning fonetik qobig‘ini o‘zgartirib yozish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida …….ta’minlanadi.
2. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda “aynan” ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga …… ……. yordamida erishish mumkin.
3. Qahramon ruhiyatidagi oniy, keskin o‘zgarishlar ham …….birdan ortiq yozish orqali beriladi.
4. ….. va …… filologik an’anasida geminatsiya yo‘li bilan yuritiladigan hodisa mavjud.
5. ……..o‘quv qo‘llanmasida esa bu hodisa “Qo‘shoqlanish” yoki “ikkilangan undosh” deb yuritiladi.
6. She’riy nutqda misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo‘llanishiga ……deyiladi.
7. Ko‘hna badiiyatshunoslik (ilmi bade’)da alliteratsiya ……….deb yuritilgan.
8. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonetik usullardan biri ……
9. ……va ….. saj’li nasrda alohida ahamiyat kasb etadi.
10. Assonans ……..so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa ko‘tarinki ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi.
II Berilgan parchalardan alliteratsiyani aniqlang.
Qorako‘z turnalar
Qo‘qonga qaytar.

Qaydasan va qachon qaytasan?


Qumdan qurgan qo‘rg‘onim qani?
***
Qo‘llarim qaqshaydi soching sog‘inib,
Sochlarim sog‘indi barmoqlaringni.
***
Ko‘zlarimdan ko‘zlaringiz ketmadi, yor.
***
Shimoldan shoshqaloq shamollar kelur,
Siynadan sirtilgan savollar kelur.
***
Sochlari soylanib, sanamlar kelsa,
Qayrilma qoshlari qalamlar kelsa.
Azoblar, anduhlar, alamlar kelsa,
Rahmingiz kelmasmu?! (I.Mirzo)
III Berilgan parchalardan assonansni aniqlang.
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov)
***

“Yumshoq til ularning atrofida dumaloq va yumaloq dumaloq qoqib, begona o‘tlar orqali bu yerga yugurib, shovqin-suron kostyumlar orasidan uzun dumlarini tortib olganidek, lablarini qimirlatmaydi”. (Jeyms Joys)


***
“Kamilani Kamilning qiyinchiliklarini xushbo‘ylik deb tan oldi va o‘z kabinetiga qulflab qo‘ydi”. (Uilyam Gaddis)
***
“To‘q rangli uruglardan ko‘ra kattaroq yurak urishdan to‘xtadi”. (Jeyms Salter)
IV Berilgan so’zlarda qaysi hodisa yuz berganini aniqlang.
Mazza qilmoq, yashshamag‘ur, rossa, uchchalasi, oppoq, soppa-sog‘, to‘ppa-to‘g‘ri, issiq.
V. Geminatsiya hodisasi yuz bergan matnlardan namunalar to’plang.
Download 10.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling