I. Pul-kredit vositalari orqali davlat iqtisodiyotni qanday tartibga solmoqda?
Download 134.15 Kb.
|
Pul
Va 2022 yil uchun byudjet taqsimlanishi quyidagicha
Bunda ko’rishimiz mumkin-ki, ijtimoiy harajatlar uchun sarflangan mablag’ 83 272,7 milliard so’mni umumiy harajatlarning 51.3 % foizini tashkil etgan. Iqtisodiy harajatlar o’z ichiga ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ta'lim sohasi uchun ajratilgan mablag’lar, sog'liqni qo’llab quvvatlash, sport va madaniyat sohasi harajatlari, fan va texnikani rivojlanrish uchun ketgan mablag'lar, nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to'lovlari, aholi bandligi darajasini oshirish, moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga subsidiyalar, uy-joy qurilishi dasturida ishtirok etuvchi banklar uchun kredit liniyalari xarajatlarini oladi. Iqtisodiy sektor uchun sarflangan mablag’ esa 21 308,2 so’m bo’lib umumiy harajatlarning 13.1 % foizini tashkil qilgan. Iqtisosodiy sektor harajatlari esa davlat xizmatchilarining ish haqi, davlat qarziga xizmat ko'rsatish, transferlar o’z ichiga oladi. III Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning oshib borishi sabalari. (O’zbekiston va Yaponiya davlatlari misolida) Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Inflyatsiya barcha davlatlarda yuzaga keladi, lekin uning o’sib borishiga turli xil faktorlar ta’sir o’tkazadi. Misol tariqasida bitta rivojlanayotgan hamda rivojlangan mamlakatni olaylik. O’zbekiston Respublikasi rivojlanib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Rivojlangan mamlakatlarga esa Yaponiyaniyani misol qilib olishimiz mumkin. O’zbekistonda inflatsiya o’sib borishining asosiy sabablari. Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari inflyatsiya omillari va ularning dinamikasini o‘rgandi. 2021 yil oxirida CPI inflyatsiya darajasi 9,8% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, inflyatsiyaning 5,2 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, 3 foizi va 1,6 foizi nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar inflyatsiyasiga to'g'ri keladi. Hisob-kitob natijalari shuni ko'rsatdiki, savdo hamkori mamlakatlardagi inflyatsiya O'zbekistondagi inflyatsiyaga ta'sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi, chunki import inflyatsiyasining o'sishi asosiy inflyatsiyaning taxminan 38% ni tushuntirishi mumkin. O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflyatsiyaga qo‘shgan hissasi 29 foizni tashkil etadi. Nihoyat, xarajat omillaridagi o‘zgarishlar O‘zbekistonda iste’mol indeksining 33 foizga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda. Import qilingan inflyatsiya 2022 yildagi 10,9 foizning 3,63 foizini tashkil qiladi. Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya birgalikda O‘zbekistondagi inflyatsiyaning 2,36 foizini tashkil qiladi. Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoy eng katta hissa qoʻshgan, bu davlatlarning Oʻzbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) – 0,78% va 0,7%, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va import inflyatsiyasining taʼsiri esa Turkiya umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,39%, 0,26% va 0,24% ni tashkil etdi. Rossiyadan inflyatsiyaning ta'siri asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, mashinalar va transport uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoydan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta'sir ko'rsatdi. O'tgan yil davomida Qozog'istondan inflyatsiya asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta'sir ko'rsatdi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov inflyatsiyaning yuqori bo‘lishiga uchta sabab – narxlarni liberallashtirish, sarmoya yetishmasligi va erkin konvertatsiyani sanab o‘tdi. U: «Вirinchidan, biz bozor tamoyillarini 30 yil avval boshqa davlatlar amalga oshirgan bo‘lsa, so‘nggi 3 yil ichida haqiqatan ham joriy qila boshladik. Aniqrog‘i, narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar faqat keyingi yillarda amalga oshirildi»- deb aytib o’tdi. Markaziy bank rahbari narxlar oshishining “ikkinchi obyektiv sababini” 27 yildan keyin shakllangan “investitsiya yetishmovchiligi” deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, prezident topshirigʻiga koʻra, hududlarda investitsiya faolligi oshib bormoqda, biroq bu iqtisodiyotga qoʻshimcha mablagʻ va resurslarni kiritishni talab qiladi. Uchinchi sabab – valyuta bozorini erkinlashtirish. Regulyator rahbari ta’kidlaganidek, valyuta bozori hukumat cheklovlaridan ozod qilingan barcha mamlakatlarda inflyatsiya bir necha barobar oshdi. Yaponiyada inlyaysiya o’sib borishining asosiy sabablari: Yaponiyada inflyatsiya darajasi 2021yilda 3 foizga yetdi. 3% darajasi Yaponiya banki (mamlakat markaziy banki) tomonidan belgilangan 2% inflyatsiya darajasidan oshadi. 1991-yil avgustidan beri birinchi marta narxlar 3% ga oshdi. Narxlarning oshishi ketma-ket 13 oy davom etmoqda. Bunga energiya narxining oshishi va Yaponiya milliy valyutasining rekord darajadagi past kursi sabab bo'ldi. Tokiodagi kimoshdi savdosida juma kuni bir dollar narxi 150,14 – 150,17 iyenani tashkil qildi. Sentabr oyining so’ngi Payshanba kuni bir dollar uchun 150 ienning psixologik chegarasi 24 yil ichida birinchi marta kesib o'tildi. Biroq, 1990-yillarning boshlaridan farqli o'laroq, Yaponiya iqtisodiyotining tuzilishi hozirda past valyuta kursini yapon kompaniyalari uchun foydasiz bo’lib qolgan. Shunday qilib, Tokyo Shoko Research kompaniyasining yaqinda o'tkazgan so'roviga ko'ra, dollar uchun 143 yen kursi kompaniyalarning 54,2 foizining biznesiga salbiy ta'sir ko'rsatishini aytdi. Kompaniyalarning atigi 2,5 foizi arzon iyena ularning faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatganini aytdi. 20-30 yil oldingi vaziyatdan farqli o'laroq, past iyena kursi Yaponiyada ishlab chiqarilgan tovarlarning xorijda jozibadorligini oshirgan bo'lsa, hozirda ko'plab kompaniyalar ishlab chiqarishni chet elga o'tkazgan va import qilinadigan xom ashyo narxlari oshib borayotgan bir paytda, past iyena kursi kompaniyalar iqtisodiyoti uchun noqulay. Yaponiya milliy valyutasi kursining tez pasayish davom etishining asosiy sababi Amerika va Yaponiya markaziy banklarining pul-kredit siyosatiga yondoshuvidagi kuchli tafovutdir – AQSH Federal rezerv tizimi diskont stavkasini oshirishda davom etmoqda, Yaponiya banki esa bu ni manfiy qilib saqlab qolmoqda. Download 134.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling