I. Pul-kredit vositalari orqali davlat iqtisodiyotni qanday tartibga solmoqda?
Download 134.15 Kb.
|
Pul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit kanali
- Valyuta kursi kanali
- Aktivlar narxlari
Foiz kanali pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’sir etuvchi an’anaviy kanali hisoblanadi. Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi iqtisodiyotdagi umumiy foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatib, investitsiya/jamg‘arma darajasini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotdagi yalpi talabning o‘zgarishiga olib keladi. Yalpi talabning o‘zgarishi, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasiga ta’sir etadi.
Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi. Valyuta kursi kanali. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va xizmatlarga bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi. Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida inobatga olinishi lozim bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion kutilmalar oshishi va kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib qolishi mumkin. Aktivlar narxlari kanalining inflyatsiya darajasiga ta’siri pul-kredit siyosatining o‘zgarishi natijasida aktivlar narxlarining o‘zgarishi tufayli kuzatiladi. II. Aholining ijtimoiy qatlami, mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida davlat byudjeti resurslarining taqsimlanishi. Davlat byudjeti davlat moliyasini tartibga solishning asosiy usuli va vositasidir. U yalpi ichki mahsulotning davlat hududlari, aholining ijtimoiy qatlamlari, iqtisodiyot tarmoqlari oʻrtasida uning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, moliya siyosati va bozor mexanizmi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini taʼminlashni nazarda tutadi. Inqiroz sharoitida bozor mexanizmi unchalik samarali emas, shuning uchun davlat moliyani qayta taqsimlash jarayoniga aralashuvini kengaytirishi kerak. Aynan shu davlat byudjeti yordamida byudjetga to'lovlar hajmi, byudjetdan moliyalashtirish hajmi aniqlanadi; byudjetlarning alohida turlari o'rtasida qayta taqsimlanadigan moliyaviy resurslarni boshqarish hisoblanadi. 2022 yil uchun daromad ko’rsatgichlari quyidagi jadvalda keltirilgan
Download 134.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling