I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma
Download 0.6 Mb.
|
10metqul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars rejasi
- Uyga vazifa
Uyga vazifa:
Darslikdan mavzuga tegishli materiallarni o‘zlashtirish 2. SIKLOPARAFINLAR (10-dars) 10-DARS. Sikloparafinlar Darsning maqsadi: O‘quvchilarga halqali to‘yingan uglevodorodlar- sikloparafinlar, ya’ni ularni vakillari izomeriyasi, nomlanishi, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqida ilmiy tushunchalar berish. Dars rejasi: Sikloparafinlarning vakillari, izomeriyasi, nomlanishi. Тabiatda uchrashi va olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi. 1-laboratoriya ishini bajarish. Darslikdan 31-bet. Uglevodorodlar molekulasi modellarini tayyorlash Sikloparafinlar haqida ushbu mavzuda organik birikmalarni asosiy sinflarini o‘rganishdagi kabi tartibda bayon etiladi. Sikloparafinlarni xossalarini o‘rganishda to‘yingan uglevodorodlar bilan solishtirib o‘rganish yaxshi natija beradi. Darsni boshlashda quy‘idagi masalani yechish bilan o‘quvchilarni aktivligi oshiriladi. Vodorodga nisbatan zichligi 21 bo‘lgan uglevodorodni formulasi qanday bo‘lishi mumkin? O‘quvchilar masalani yechib, uglevodorodning formulasi C3H6 ekanligini aniqlashadi. O‘qituvchi endi bu moddani tuzilishi haqida dars davomida ma’lumot beradi. Darslikdagi 28-bet III bobda bayon etilgan bilimlar quyidagi tartibda o‘quvchilarga tushuntiriladi. Sikloparafinlar haqida umumiy ma’lumot. Bayerning kuchlanish nazariyasi tushuntiriladi. Izomeriyasi. Тabiatda uchrashi. Olinishi. Fizik xossalari. Kimyoviy xossalari. Ishlatilishi. Uyga vazifa: Тo‘yingan uglevodorodlar mavzularini o‘rganish davomida quyidagi hisoblashga doir, nazariy va test savollarini yechish mumkin. Тarkibida 82,8% uglerod va 17,2% vodorod bo‘lgan moddani zichligi 2,59 gl ga teng. Shu moddani formulasi topilsin? 8,8 g uglevodorodning yonishidan 26,4 g uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lsa va uning zichligi 1,96 gl ekanligi ma’lum bo‘lsa, uning formulasi qanday bo‘ladi? O‘rtacha molekulyar massasi 23 bo‘lgan metan va etan aralashmasidan 11,2 l ni yonishi uchun n.sh.da o‘lchangan qancha xajm havo kerak? Bir hajm gazsimon uglevodorodni yonishi uchun 25 l havo sarflandi. Qaysi uglevodorod yondirilgan? Dixlorbutanni nechta tarmoqlanmagan izomeri mavjud? a) 2 b) 4 c) 6 d) 9 e) 12 Quyidagi reaksiyalar natijasida to‘yingan uglevodorodlar hosil bo‘ladiganlarini ko‘rsating. etilenvodorod etanolvodorod yodid etilenyodidnatriy natriy atsetatnatriy gidroksid a) 1,2,3,4 b) 1,2,3 c)1,2 d) 1 e) 1,3,4 28% bekorchi jins tutgan 20 g alyuminiy karbid mo‘l miqdor suvda eritilsa n.sh.da o‘lchangan necha litr gaz ajralib chiqadi? a ) 22,4 b) 11,2 c) 5,6 d) 6,72 e) 2,24 Uglerod atomining 4 valentli ekanligini va o‘zaro birikib zanjir hosil qila olishini kim, qachon aniqlagan? 1842 yilda Zinin 1857 yilda Kekule 1861 yilda Butlerov 1869 yilda Mendeleev 1824 yilda Vyoler Uglerod va vodoroddan tashkil topgan gazsimon moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng. Uglevodorodning formulasi qanday? a) etan b) propan c) propen d) butan e) buten Pentanning to‘rtlamchi uglerod atomi tutgan izomeri nechta? a) 1 b) 2 c) 3 d) 14 e) to‘rtlamchi uglerod atomi tutgan izomeri yo‘q Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling