I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Download 0.6 Mb.
bet28/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
10metqul

Uyga vazifa:
Amaliy ishga tayyorgarlik ko‘rish. Darslikdan 71,72-betdagi 1-4 mashq va masalalarni yechish, 7-15 savollarga javob berish. 68-betdagi 6-jadvaldagi nazariy bilimlarni o‘rganish.


21-DARS. Amaliy ish №2. Nitrobenzolni sintez qilish. Reaksiya mahsulotini tozalash. Amaliy unumini hisoblash.


Dars rejasi:

  1. O‘quvchilarni darsga tayyorgarligini munozara asosida aniqlab olish.

  2. Nitrobenzol sintezi.

  3. Olingan nitrobenzolni tozalash.

  4. Olingan mahsulotni nazariy hisoblanganda chiqishi kerak bo‘lgan miqdorga nisbatan unumini hisoblash.

  5. Ish o‘rinlarini yig‘ishtirish.

  6. Qilingan amaliy va nazariy ishlar yuzasidan hisobot tayyorlash.

Dars nihoyasida o‘quvchilarga uglevodorodlar sinflari orasidagi genetik bog‘lanishga doir savol-topshiriqlar beriladi.



  1. Ohaktoshdan va zarur reaktivlardan foydalanib brom benzol oling. Тegishli reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Quyidagi sxema bo‘yicha boradigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

a) CH4  C2H2  C2H3Cl  polivinilxlorid
b) CH4  C2H6  C2H5Cl  C2H4  polietilen.

  1. 6,72 l atsetilendan 6,2 g benzol olindi. Bu miqdor nazariyga nisbatan necha foizni tashkil etadi?



Uyga vazifa:
Darslikdan 65-betdagi nazariy bilimlarni o‘rganish.


7. UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI (22,23,24,25-darslar)

Uglevodorodlarning tabiiy manbalari haqida ma’lumotlarni 22,23-darslarda va 24-dars «Uglevodorodlar mavzulari bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish» amaliy ishda, 25-dars «Uglevodorodlar sinflari orasida genetik bog‘lanish. Hisoblashga doir, nazariy masalalar va test topshiriqlari yechish» larda o‘rganiladi.


22,23-darslarda o‘quvchilar neft, tabiiy gaz va toshko‘mir haqida, ularning tabiiy zahiralari, qayta ishlash korxonalari, texnologik jarayonlar, ulardan olinadigan mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumotlar oladilar.
Ushbu darslarda I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asaridan, 7,8,9-sinf geografiya darsliklaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek o‘quvchilarni mustaqil faoliyatidan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘quvchilar metan, etan, propan, sikloparafinlar, benzol, toluol kabi moddalarni qanday maqsadlarda ishlatilishini va ular asosida sintez jarayonlarini o‘rgangan.
O‘zbekiston hududida joylashgan tabiiy gaz, neft, ko‘mir konlari haqida, ularning tabiiy zahiralari, qayta ishlash korxonalari, olinayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar o‘quvchilarga beriladi. Sanoatning bu sohalaridagi muammolar va rivojlanishning istiqbollari haqida to‘xtaladi.



Тabiiy gaz

tarkibi



ishlatilishi

metan
etan
propan
butan

arzon va sifatli yoqilg‘i

atsetilen olinadi

etilen olinadi

plastmassalar olinadi

bo‘yoqlar, dori-darmonlar

vodorod, qurum va b.sh. lar olinadi




Neft

tarkibi



ishlatilishi

to‘yingan uglevodorodlar
sikloparafinlar
aromatik uglevodorodlar

yo‘ldosh gazlar

benzin, ligroin, kerosin, gazoil, mazut

kimyo sanoati uchun eng muhim xom ashyo

turli xildagi surkov moylari

parafin, vazelin, gudron




Тoshko‘mir

tarkibi



ishlatilishi

koks
toshko‘mir
ammiakli eritma
koks gazi



metallurgiya korxonalarida yoqilg‘i

benzol va uning gomologlari, fenol va uning gomologlari

ammiak, mineral o‘g‘itlar

H2,CH4,NH3,C2H4

kimyo sanoati uchun xom ashyo

3-Laboratoriya ishini bajarish (darslikdan 83-bet)





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling