I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma
Download 0.6 Mb.
|
10metqul
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-DARS . Aromatik uglevodorodlar. Benzol molekulasining tuzilishi. Izomeriyasi. Nomenklaturasi. Тoluol benzolning gomologik qatori a’zosi. Benzol yadrosidagi oriyentatsiya.
Uyga vazifa.
C5H8 tarkibli barcha uglevodorodlarni tuzilish formulasini yozing va nomlang. Atsetilen molekulasidagi vodorod atomlarini metall atomlariga almashtiradi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? Butin-1 va butin-2 lar ham shunday xossaga egami? Atsetilen qatori uglevodorodlari ham Kucherov reaksiyasini beradi. Bu reaksiyalarda ham aldegidlar olinadimi? Nima uchun? Butin-1 va butin-2 misolida o‘z fikrlaringizni izohlang. Propinni trimerlanish reaksiya tenglamasini yozing. Bunda qanday mahsulot hosil bo‘ladi? 6. AROMATIK UGLEVODORODLAR (19,20,21-darslar)19-DARS. Aromatik uglevodorodlar. Benzol molekulasining tuzilishi. Izomeriyasi. Nomenklaturasi. Тoluol benzolning gomologik qatori a’zosi. Benzol yadrosidagi oriyentatsiya. Aromatik uglevodorodlar haqida o‘quvchilarga bilim berishda, o‘quvchilardagi mavjud bilimlarni munozara asosida aniqlab olish yaxshi natija beradi. Sikloparafinlar halqali uglevodorodlardir. Halqali uglevodorodlarni qaysi vakili nisbatan barqaror? Nima uchun? Uglerod atomlari orasidagi masofa va burchak qanday bo‘ladi? –C-C-, -CC-, -CC- bog‘lanishlarning har biriga to‘xtaling. Darsni boshlashda benzol formulasini hisoblashga doir masala bilan keltirib chiqariladi. Masala. Benzol bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 39 ga teng bo‘lib, tarkibida 92,3% uglerod va 7,7% vodorod bo‘ladi. Benzolning formulasi qanday bo‘ladi. Yechish: 1) Moddaning sifat va miqdor tarkibi C:H92,3: 7,71:1 Moddaning empirik formulasi CH, bu benzol tarkibini ifoda etmaydi. 2) Molekulyar massasini topish M39278 (CH)x78; 13x78; x6 (CH)6 demak: C6H6 benzolning formulasi C6H6 formulani nazariy jihatdan qanoatlantiradigan tuzilish formulalarini yozish talab qilinadi. Benzol uchun C6H6 formulani qanday tuzilishda ekanligini tushuntiramiz. (Darslikdan 59-61 betlar va 16,17,18-rasmlar) Benzolning gomologik qatori va izomeriyasini tushuntirishda ko‘proq mashqlarni bajarish talab qilinishi maqsadga muvofiqdir. (Darslikdan 71-72 betlar). Benzolning tuzilish formulasi isbot qilingandan so‘ng, uni elektron tuzilishi tushuntiriladi. 20-DARS. “Olinishi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Elektrofil o‘rin olish reksiyasi mexanizmi. Stirol benzolning eng muhim hosilasi. Naftalin va antrotsen haqida umumiy tushuncha” ni tashkil etishda quyidagicha reja tuzib olinadi. Benzolning olinishi. Fizikaviy xossalari Kimyoviy xossalari a) o‘rin almashinish reaksiyasi. Brom, nitrat kislota bilan (benzol va toluol misolida) b) oksidlanish reaksiyasi c) birikish reaksiyasi Stirol va uning polimerlanishi. Naftalin va antrotsen. Ishlatilishi. Darsda o‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun quyidagi savollar beriladi. Etilbenzolni ozonlanishi va oksidlanish reaksiya tenglamasini yozing. 1,3-dimetil benzolning oksidlanishidan va ozonlanishidan qanday modda hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing. Agar o‘quvchilar savollarga javob berishga qiynalsa, 1-savolni tushuntirib berish kerak. Etilbenzolni oksidlanishini cxema tarzida quyidagicha tasvirlash mumkin (Darslikdan 66-betdagi toluolni oksidlanishiga o‘xshash). 5C6H5CH2CH3 12KMnO4 18H2SO4 5C6H5COOH 5CO2 6K2SO4 12MnSO4 28H2O natijada benzoy kislota va karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Etilbenzolni ozonlash. Organik birikmalar tarkibidagi -bog‘ning joylashgan o‘rnini va aromatik birikmalarning yon zanjiridagi radikallarining joylashgan o‘rnini bilish uchun ozonlash reaksiyasidan foydalaniladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling