Darsning maqsadi: O’quvchilarga etilen qatori uglevodorodlarning kimyoviy xossalari, birikish reaksiyasi mexanizmi, Markovnikov qoidasi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Kimyoviy xossalari.
Birikish reaksiyasining mexanizmi
Markovnikov qoidasi
Ishlatilishi
Etilen qatori uglevodorodlarining kimyoviy xossalarini tushuntirishda alkanlarning kimyoviy xossalari bilan solishtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi kimyoviy xossalarni batafsil tushuntirish kerak:
CH2CH2 H2
CH2CH2 Br2
CH2CH2 HOH
CH2CH2 HCl
CH2CH-CH3 HCl
Oxirgi yozilgan reaksiyani tushuntirishda qutbli kovalent bog‘lanishli birikmalarni propen kabi nosimmetrik uglevodorodlarga birikishini Markovnikov qoidasi bilan sodir bo‘lishini tushuntirish kerak.
CH2CH2 O2
C H2CH2 H2O KMnO4
nCH2CH2 polimerlanish
Ishlatilishini darslikdagi 43-bet 10-rasmdan foydalanib tushuntirish maqsadga muvofiq.
Uyga vazifa. Darslikdan 44-bet. 9-14 savollar, 2,3,4-masalalar.
4. ALKADIYENLAR (14,15,16-darslar)
Alkadiyenlar uchun uch soat vaqt ajratilgan bo‘lib, ikkita darsda alkadiyenlarning tuzilishi, xossalari va kauchuklar haqida tushunchalar beriladi.
14-DARS. Diyen uglevodorodlar. Gomologik qatori. Izomeriyasi. Nomlanishi. Olinishi va fizik hamda kimyoviy xossalari.
Alkadiyenlar mavzusini o‘rganishda -bog‘larni hosil bo‘lish mexanizmi, sp2-gibridlanish kabi bir qator tushunchalarni o‘quvchilar biladi. -bog‘ bilan sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni ham o‘quvchilar o‘zlashtirib olgan. Demak, alkadiyenlar xossalarini o‘rganishlari uchun nazariy asos yetarli.
Ushbu darslarda divinil va izopren haqida ko‘proq to‘xtaladi va kauchuklar haqida dastlabki ilmiy tushunchalar beriladi.
Diyen uglevodorodlarining gomologik qatorini bayon etishda molekula tarkibidagi 2 ta qo‘shbog‘ni joylanishi hisobiga izomerlarni hosil bo‘lishi tushuntiriladi.
CH2CCH2 propadiyen
CH2CCH-CH3 butadiyen-1,2
CH2CH-CHCH2 butadiyen-1,3
CH2CH-CH2-CHCH2 pentadiyen-1,4
CH2CH-CHCH-CH3 pentadiyen-1,3
Umumiy formulasi CnH2n-2
Diyen uglevodorodlarining vakillari butadiyen-1,3 (divinil) va izoprenni kimyoviy xossalari, olinishi haqida to‘xtalinadi.
Olinishi. Butadiyen-1,3 ni sanoatda etil spirtdan olish usulini S.V.Lebedev taklif etgan.
Butanni 560-610S temperaturada katalizatorlar Al2O3 va Cr2O3 ustidan o‘tkazilsa ham divinil olinadi.
Izoprenni olish uchun sanoatda izopentanni (2-metilbutan) degidrogenlanadi (izopentan pentanni izomerlab olinadi):
CH3CH2CH2CH2CH3CH3CH(CH3)CH2CH3
CH3CH(CH3)CH2CH3CH2C(CH3)CHCH2 2H2
Kimyoviy xossalari. Diyen uglevodorodlarning kimyoviy xossalari etilen qatori uglevodorodlarining xossalariga o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |