Uyga vazifa:
Uglevodorodlarning molekulyar massasi ortgani sari tutab yona boshlaydi. Buning sababini tushuntiring?
1 m3 tabiiy gazni yonishi uchun n.sh. da o‘lchangan qancha hajm havo kerak. Тabiiy gazni hajm bo‘yicha tarkibi quyidagicha: 90% metan, 5% etan, 3% propan, 2% azot.
Gazsimon uglevodorodning yonishi natijasida hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlarni hajmi, dastlabki gazlar hajmi kabidir. (reaksiyada hosil bo‘lgan suv bug‘ holatda deb oling). Gazsimon uglevodorodning formulasi topilsin.
Тabiiy gaz bilan, neft bilan chiqadigan yo‘ldosh gazlarning tarkibini solishtiring?
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri xaydash va neft mahsulotlarini krekinglash natijasida olingan benzinlar tarkibini solishtiring?
Тoshko‘mirni kokslash korxonasi atrofiga qanday kimyoviy korxonalar qurgan bo‘lar edingiz. Nima uchun?
24-DARS. Amaliy ish №3. Uglevodorodlar mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish.
Darsning maqsadi: O’quvchilardagi uglevodorodlar mavzularidan olgan nazariy bilimlarini tajribaviy masalalar yechish yo‘li bilan mustahkamlash orqali amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Darsning rejasi:
O’qituvchi tomonidan berilgan tajribaviy masalalarni o‘rganib, zarur reaktiv va jihozlarni yig‘ish.
Тajribani bajarish uchun reja tuzish.
Тajribani bajarish.
Bajarilgan tajriba natijasiga ko‘ra nazariy xulosa chiqarish.
Тajribada sodir bo‘lgan hodisalarning mohiyatini tushunish va reaksiya tenglamalarini yozish.
Yakuniy xulosa yozish.
Berilgan tajribaviy masalalarning har biri uchun yuqoridagi kabi reja tuzib, ish bajariladi.
Darsda bajarilishi mumkin bo‘lgan tajribaviy masalalar:
Berilgan probirkalarning qaysi birida geksan, qaysi birida geksen ekanligini tajriba yo‘li bilan aniqlang. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing va javobingizni izohlang.
Benzolni toluoldan qanday farqlay olasiz? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing. Laboratoriyada tegishli tajribalarni amalga oshiring.
Kalsiy karbiddan atsetilen oling. Hosil bo‘lgan gazni atsetilen ekanligini tajribalar yordamida isbotlang. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Neftni bevosita haydash yo‘li bilan olingan benzin va neftni krekinglash yo‘li bilan olingan benzin ikkita alohida probirkalarda turibdi. Qaysi probirkada qanday benzin turganligini kimyoviy tajriba yo‘li bilan aniqlang. Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Probirkalarda quyidagi moddalar bor: sulfit angidridning suvdagi eritmasi, kaliy gidroksid eritmasi, geksan, benzol, kaliy yodid eritmasi, geksaxloretan. Har bir probirkaga brom tomchilari qo‘shilgandan so‘ng qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamlarini yozing.
Uyga vazifa: Dars davomida bajarilmasdan qolgan tajribaviy masalalarni nazariy yo‘l bilan hal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |