2. KO‘P ATOMLI SPIRTLAR (29-dars)
29-DARS. Ko‘p atomli spirtlar. Etilenglikol va glitserin. Тuzilishi va xossalari.
Darsni maqsadi: O‘quvchilarga kislorodli organik birikmalarni vakillaridan to‘yingan ikki va uch atomli spirtlar haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:
Ikki atomli spirtlar.
Uch atomli spirtlar.
Etilenglikol va glitserinni tuzilishi.
Fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Ishlatilishi.
Laboratoriya ishi №4,5. (Darslikdan 105-bet)
Ko‘p atomli spirtlar haqidagi ushbu darsni o‘quvchilardagi mavjud tushunchalar asosida munozara shaklida tashkil etish yaxshi natija beradi.
O‘quvchilarga uglerod zanjiriga 2 ta yoki 3 ta gidroksil guruhning bog‘lanishi natijasida kimyoviy xossalarida yuz beradigan o‘zgarishlarni alohida tushuntiriladi. Molekula tarkibidagi gidroksil guruhlar bir-biriga ta’sir etib, kuchsiz kislotali xossasini namoyon etadi.
Bir atomli spirtlar asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydi, ammo ko‘p atomli spirtlar esa reaksiyaga kirishadi.
Masalan, glitserin (propantriol) mis(II)-gidroksid bilan ta’sirlashganda mis(II)-gidroksid erib, och havo rangli eritma hosil qiladi.
C3H5(OH)3 Cu(OH)2 C3H5(OH)O2Cu 2H2O
Nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib murakkab efir hosil qiladi.
C3H5(OH)3 3HNO3 C3H5(ONO2)3 3H2O
Dars yakunida o‘quvchilarga quyidagi savol va masalalarga javob topishni taklif etish mumkin:
Metandan foydalanib etadiol sintez qilish uchun zarur reaksiyalarni tenglamalarini yozing.
Etandioldan qanday qilib atsetilen olish mumkin? Zarur reaksiya tenglamalarni yozing.
Etandiolning suvdagi 52,6% li eritmasi -40S da muzlaydi (antifriz). Bunday eritmadan 5 kg tayyorlash uchun qancha suv va etandiol kerak?
Ko‘p atomli spirtlar bilan uglevodorodlar orasida genetik bog‘lanishni ko‘rsatuvchi sxema tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |