Penoplast (g'ovak plastmassa) oldin kerakli qalinlikda fanera kabi
qirqib olinadi (107-shakl, a). Keyin harflar penoplast ustiga yozib chi
qiladi yoki awaldan tayyorlangan qolip orqali yoziladi (107-shakl, b).
Pichoqning o'tkir, ya’ni keskir tig‘i bilan har bir harf qirqib olinadi.
Barcha harflar kerakli joyga yelimlab yopishtiriladi (107-shakl, d).
107-shakl
54
Bo‘rtma harflarni qog‘ozdan yasash uchun bir harfning yoyiimasi
chizib olinadi va buklash yo‘li bilan harf tayyorlanadi. Bu ish qu-
yidagicha amajga oshiriladi: kerakli harflar yozib chiqilgandan keyin
ularning chegaralaridan harf qalinligi qo‘shib chizib chiqiladi. Harfni
yopishtirish uchun yana qo‘shimcha qalinlik chizib chiqiladi. Harf
chegaralari qirrali chiqishi uchun harflarning yoyilmasidagi chegara
chiziqlari yupqaroq narsa bilan ezib chiqiladi. Shunda harf qalin
ligi bukianganda bir tekislikdagi qirralar hosil bo'ladi. Yopishtirishda
yelimning ahamiyati katta. Eng yaxshi yelim PVA hisoblanadi. Silikatli
yelimda yopishtirilgan joylar notekis chiqadi. T harfming yoyiimasi
asosida uni qog‘ozdan bo‘rtma qilib yasash 108-shaklda ko‘rsatilgan.
a
h
d
108-shakl
Jum lada h arflar kom pozitsiyasi (tuzilishi)
Harflarning kompozitsiyasida asosiy o'rinni matn va uning ma’naviy
mazmuni hamda grammatik qatorlari egallaydi. Harflarning yozilish
shakli matnning mazmuniga qarab tanlansa, jumlaning ma’nosini to‘la
ochib beradi va uni tushunish osonlashadi. Jumla bitta yoki bir nechta
so‘zlardan tuzilgan bo‘lishiga qarab, qatorlar soni tanlanadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |