I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Superfosfat.
Superfosfatni nisbatan yuqori konsentratsiyali qo‘shaloq superfosfatdan farqlash maqsadida oddiy superfosfat deb ham ataladi. Tabiiy fosfatlar (apatit konsentrati yoki fosforit uni) ni sulfat kislota bilan parchalash orqali superfosfat olinadi. Sulfat kislota miqdori tabiiy fosfatdagi kalsiyni to‘la bog‘lashga ketadigan miqdorga nisbatan shunday hisobda kam olinadiki, buning natijasida quyidagi tenglama bo‘yicha monokalsiyfosfat va kalsiy sulfatning aralashmasi hosil bo‘ladi: 2Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 7H 2 SO 4 + 3H 2 O = 3Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O + 7CaSO 4 + 2HF. Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xomashyo va sulfat kislotaning aralashtirilishidan dastlab suspenziya hosil bo‘ladi, unda kimyoviy reaksiyalar va kristallanish jarayonining sodir bo‘lishi tufayli u asta-sekin quyiladi va yaxlit massa holatida qotadi. Uning maydalanishidan hosil qilingan superfosfat – kulrang kukun yoki donador mahsulotdir. U bir necha qattiq faza va ularga shimilgan suyuq fazadan iboratdir. Qattiq fazada kalsiy (asosan monokalsiyfosfat), magniy, temir, aluminiy fosfatlari, CaSO 4 ∙0,5H 2 O qo‘shimchasi bilan CaSO 4 (apatit konsentratini qayta ishlashda esa shuningdek CdSO 4 ), boshlang‘ich fosfat tarkibiga kiruvchi parchalanmagan mineral qoldiqlari, kremnegel SiO 2 ∙nH 2 O va boshqalar bo‘ladi. Qattiq fazaning miqdori 65-72% ni, shu jumladan 50-55% CaSO 4 (va CdSO 4 ) ni tashkil etadi. Suyuq faza esa monokalsiyfosfatga to‘yingan va tarkibida Mg 2+ , Fe 3+ , Al 3+ , F - , SiF 6 2- va boshqa ionlar bo‘lgan fosfat kislotaning suvli eritmasidan iboratdir. Superfosfat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifalar: apatit konsentrati yoki fosforit unini sulfat kislotasi bilan qorishtirish va hosil qilingan suspenziyani kameralarda pishitish (etiltirish) dan iboratdir. Uning batamom pishitilishi kimyoviy sexlarda mahsulotni saqlashda to‘la amalga oshadi. Xomashyolar aralashtirgichlaridan va superfosfat 206 kamerasidan chiqadigan ftorli gazlar – ftor tutgan boshqa mahsulotlarga aylantiriladi. Kukunsimon superfosfat gigroskopikdir va suyuq fazadan monokalsiyfosfatning kristallanishi natijasida kuchli yopishqoq bo‘lib qoladi. Sovutilgan va yetarli darajada pishitilgan superfosfatda kristallanish tugallanganligi uchun yopishqoqligi kam bo‘ladi. Neytrallangan va donadorlangan superfosfat deyarli yopishib qolmaydi. Hozirgi paytda konsentrlangan fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarish juda tez suratlarda rivojlanayotganligi sababli mineral o‘g‘itlarning dunyodagi assortimentida oddiy superfosfatning nisbiy ulushi kamayib bormoqda. Superfosfat olishning fizik-kimyoviy asoslari. Fosfatning parchalanishi. Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki bosqichda sodir bo‘ladi. Avval erkin fosfat kislota hosil bo‘ladi: Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 5H 2 SO 4 + 2,5H 2 O = 3H 3 PO 4 + 5CaSO 4 ∙0,5H 2 O + HF. Bu reaksiya 20-40 minut davomida kamerada superfosfat massasining pishitilishi davrida tugaydi. Kalsiy sulfat yarimgidrat shaklida cho‘kmaga tushadi, ammo juda tez, bir necha minutda angidritga aylanadi, uning shakli tayyor superfosfatda saqlanib qoladi. Buni superfosfat kamerasidagi reaksion massa haroratining yuqoriligi (110-120 O C) va suyuq fazada (birinchi bosqich jarayonining ohirida 42- 46%) P 2 O 5 miqdorining ko‘pligi bilan izohlanadi. Bunday sharoitda kalsiy sulfatning stabil shakli angidrit hisoblanadi. Sulfat kislot to‘la sarflangandan so‘ng ikkinchi bosqich jarayoni - qolgan apatitning to‘plangan fosfat kislota bilan reaksiyasi boshlanadi: Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 7H 3 PO 4 + 5H 2 O = 5Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O + HF. Hosil bo‘lgan monokalsiyfosfat dastlab eritmada bo‘ladi, uning to‘yinishidan kristallanishi boshlanadi. Eritmadagi P 2 O 5 miqdori 42- 46% va harorat 100 O C dan yuqori (bu ikkinchi bosqich jarayonining boshlanish sharoitiga muvofiq keladi) bo‘lganda monokalsiyfosfat Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O kristallanadi. Stexiometrik nisbatdagi komponentlarning ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘ladigan quyidagi: 2Ca 5 (PO 4 ) 3 F + 7H 2 SO 4 + 3H 2 O = 3Ca(H 2 PO 4 ) 2 ∙H 2 O + 7CaSO 4 + 2HF. tenglama bo‘yicha boradigan reaksiyaning birinchi bosqich jarayonida 70%, ikkinchi boskichida esa 30% apatit ta’sirlashadi. Birinchi bosqichda ko‘p miqdordagi suyuq fazaga to‘lgan to‘r tuzilishli mikrokristallardan iborat kalsiy sulfat hosil bo‘ladi. Reaksion massaning 207 qotishi sulfat kislota to‘la sarflanguncha sodir bo‘ladi, uning ishtirokida monokalsiyfosfatning hosil bo‘lishi mumkin emas; shu boisdan massa qotishining sabibini faqatgina kalsiy sulfatning kristallanishiga bog‘lash mumkin. Ikkinchi bosqich kamerali yetiltirish davrida boshlanadi va omborda mahsulotni uzoq vaqt (xomashyo naviga, ishlab chiqarish tartibiga va pishitish sharoitiga bog‘liq holda 6-25 sutka) pishitishda yakunlanadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling