I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
UO‘K: 66.01(075) 
KBK: 24.74 
ISBN 978-9943-13-524-6 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2014 
© Shamshidinov I.T., 2014
 



SO‘ZBOSHI 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishda ta’lim 
muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish, ularning fao-
liyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, ta’lim muas-
sasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-
tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar bilan ta’minlash ishlariga alohida urg‘u berilgan. Shu 
maqsadda barcha ta’lim muassasalarida zamonaviy usul, texnika va 
texnologiya yangiliklarini e’tiborga olgan holda darsliklar va o‘quv qo‘l-
lanmalari tayyorlashga kirishildi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqi-
ning buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy 
istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-
tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona 
foydalanishni taqazo etadi. Bundagi vazifalardan biri o‘quv dasturlari, 
darsliklar va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran 
aks ettirish hisoblanadi. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda za-
monaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish hamda yosh avlodga mil-
liy istiqlol g‘oyasini yetkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan 
va texnika hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalarning eng so‘nggi 
yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, raqobatbardosh, o‘z sohasining mukam-
mal kadrlarini tayyorlashda 3522400 – Kimyoviy texnologiya tayyorlov 
yo‘nalishi «Ixtisoslik fanlari» blokining asosiy fanlaridan biri bo‘lgan 
«Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi» fanini chuqur 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqqan holda 
mazkur darslik kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Noorganik 
moddalar va mineral o‘g‘itlar texnologiyasi» fanining amaldagi dasturi 
asosida yozildi. 
Darslik 5 bobdan iborat bo‘lib, tegishli yo‘nalishning o‘quv rejasi 
va amaldagi dasturlari asosida yozilgan. Unda sulfat kislota, azot birik-
malari, mineral o‘g‘itlar, soda mahsulotlari va xlorid kislota ishlab chi-
qarish texnologiyalari bayon etilgan. Darslikdagi materiallar Respubli-
kamizning noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish 



sanoati korxonalarining istiqbolli yo‘nalishlarini hisobga olgan holda 
yoritilgan bo‘lib, unda noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab 
chiqarish usullarining Respublikamizda, Mustaqil Davlatlar Ham-
do‘stligi mamlakatlarida va chet ellarda qo‘llanilayotgan texnologiyalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Har bir bob oxirida mav-
zularga tegishli bo‘lgan nazorat uchun savollar keltirilgan. 



KIRISH 
Insonlar qadim zamonlardanoq ayrim tabiatda keng tarqalgan 
tuzlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishni bilishgan. Keyinchalik 
tabiatdagi tabiiy tuz va minerallarni qayta ishlash natijasida olinadigan 
tuzlarni ishlatish muntazam yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bunday qayta 
ishlash usullari dastlab juda ham sodda bo‘lgan bo‘lsa, sekin-asta 
texnika madaniyatining o‘sishi bilan rivojlana bordi. Turli maqsadlar 
uchun ishlatiladigan tuzlar assortimenti muntazam kengayib bordi va 
ayniqsa sanoat rivojlangan davrda yanada ortdi. Hozirgi paytda bu 
assortimentga yuzdan ortiq nomdagi mahsulotlar kiradi va ko‘payishi 
davom etmoqda. 
Barcha noorganik moddalar ham xalq xo‘jaligida bir xil ahamiyatga 
ega emas. Ulardan ayrimlari anchagina cheklangan miqdorda ishlatilsa, 
qolganlarining dunyo bo‘yicha qazib olinishi va ishlab chiqarilishi yiliga 
millionlab va xattoki o‘n millionlab tonnani tashkil etadi. 
Mamlakatimiz xalq xo‘jaligini mineral xomashyoga bo‘lgan talabini 
amalda to‘la ta’minlanishga imkoniyati bo‘lgan qudratli xomashyo 
bazasiga egadir. O‘zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko‘mir, 
oltingugurt, rangli metallar rudali va boshqa xomashyolar bo‘lganligi 
uchun mamlakatimizda yirik kimyo sanoatlari mavjud. Prezidentimiz 
I.A.Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida ko‘rsatib 
o‘tilganidek: «O‘zbekiston o‘z yerosti boyliklari bilan haqli suratda 
faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli 
barcha elementlari topilgan … Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, 
oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar 
bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar 
jihatdan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni 
egallaydi … Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar
tog‘-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv 
yurtlari tizimi mavjud. Ushbu kitobda respublikadagi barcha mineral-
xomashyo zaxiralarini baholashga imkon yo‘q …». 



Hozirgi paytda Respublikamizdagi «Maksam-Chirchiq» OAJda 
ammiakli selitra, karbamid, KAS, ammiak, nitrat kislota, kaliy sulfat va 
boshqalar, «Farg‘onaazot» OAJda ammiakli selitra, karbamid, KAS, 
NPK, ammiak, nitrat kislota, va boshqalar, «Ammofos-Maksam » 
OAJda ammofos, superfos va boshqalar, «Samarqandkimyo» OAJda 
nitrofos 
va 
boshqalar, 
«Qo‘qon superfosfat zavodi» OAJda 
ammoniylashgan oddiy superfosfat, Navoiy «Elektrokimyosanoat» 
YOAJda oddiy superfosfat, «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» 
korxonasida kaliy xlorid mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling