I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Sulfit angidrid olish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131
2-§. Sulfit angidrid olish 
Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy 
asoslari. Oltingugurtli xomashyolarning yonish reaksiyalari. Tarkibida 
sulfit angidrid tutgan gazli aralashmalar texnikada sulfitli gazlar 
deyiladi. Sulfitli gazlar komponentlari (SO
2
, O
2
, N
2
va x.o) ning 
konsentratsiyasi boshlang‘ich xomashyolar turi va ularning kuydirilish 
usuliga qarab turlicha bo‘ladi.
Kolchedanning kuydirilish jarayoni bir necha bosqichli reaksiyalar 
bilan amalga oshadi. Dastlab temir disulfid FeS
2
ning termik 
parchalanishi natijasida temir sulfid va oltingugurt bug‘lari hosil bo‘ladi: 
2FeS
2
2FeS + S
2
– 103,9 kj 
Oltingugurtning ajralishi 500
O
C haroratdan boshlanadi va 
haroratning oshirilishi natijasida tezlashadi. Oltingugurt bug‘lari 
oltingugurt dioksid hosil qilish bilan yonadi, xuddi shunday jarayon 
elementar oltingugurt yonganda ham kuzatiladi: 


28 
S(bug‘) + O
2
(gaz) = SO
2
(gaz) + 362,4 kj 
Temir sulfid FeS ham yonadi, ammo bu jarayonning aniq 
mexanizmi belgilab berilmagan va hozirda bir necha oraliq reaksiyalar 
yo‘nalishlari aytib o‘tilgan. Ulardan birida FeS oksidlanishining birinchi 
bosqichida temir sulfatlari hosil bo‘lishi va so‘ngra ular temir 
oksidlarigacha parchalanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqasida esa FeS 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir oksidlariga aylanishi aytilgan. 
Umumiy holda kolchedanning yonish jarayoni temir(III)-oksidi 
Fe
2
O
3
yoki temir kuyundisi Fe
3
O
4
hosil bo‘lishi bilan kechadi: 
4FeS
2
+ 11O
2
= 2Fe
2
O
3
+ 8SO
2
+ 3415,7 kj 
yoki 
3FeS
2
+ 8O
2
= Fe
3
O
4
+ 6SO
2
+ 2438,2 kj 
Yuqori harorat, gaz tarkibidagi sulfit angidrid miqdorining ko‘p 
bo‘lishi va yonmagan kolchedan miqdorining nisbatan katta bo‘lishi 
Fe
3
O
4
hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yonish jarayonida 
kolchedan tarkibidagi qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, bariy sulfatlari 
parchalanmaydi. 
Kuydirish 
jarayonida 
metallar 
karbonatlari 
parchalanishi natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va tegishli 
metallarning oksidlari hosil bo‘ladi, so‘ngra ular sulfatlarga aylanadi. 
Ko‘mirli kolchedan kuydirilganda oltingugurt bilan birgalikda 
uglerod ham yonadi: 
C + O
2
= CO
2
+ 409,8 kj 
Bunda kuyundi gazi tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, bu esa 
sulfit angidridning keyingi bosqichdagi katalitik oksidlanish tezligini 
pasaytiradi. 
Kolchedanning kuyundi bilan oksidlanishi natijasida (jarayon 
800
O
C haroratda amalga oshiriladi) yuqori konsentratsiyali sulfit 
angidrid gazi olinadi: 
FeS
2
+ 16Fe
2
O
3
= 11Fe
3
O
4
+ 2SO
2
– 450,8 kj 
Hosil bo‘lgan temir kuyundisi havo kislorodi bilan 900
O
C haroratda 
oksidlanadi va yana jarayonga qaytariladi: 
11Fe
3
O
4
+ 2,75O
2
= 16,5Fe
2
O
3
+ 1279,2 kj 
Bu reaksiyalarning issiqlik effektlari yig‘indisi musbat bo‘lib, 828,4 
kj ga teng, bu esa bunday usulda sulfit angidrid olishning avtotermik 
jarayon bo‘lishligini ta’minlaydi. 
Rux aldamasi kuydirilganda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: 
2ZnS + 3O
2
= 2ZnO + 2SO
2
+ 943,6 kj 


29 
Vodorod sulfid yoqilganda esa sulfit angidrid bilan birgalikda suv 
bug‘i ham hosil bo‘ladi: 
2H
2
S + 3O
2
= 2SO
2
+ 2H
2
O + 1038,7 kj 
Gips CaSO
4
∙2H
2
O qizdirilganda dastlab kristallizatsiya suvi 
ajraladi, so‘ngra kalsiy sulfat (angidrit) parchalanadi: 
CaSO
4
= CaO + SO
2
+ ½O
2
– 489,6 kj 
Uning to‘la parchalanishi 1400-1500
O
C haroratda amalga oshadi. 
Parchalanish haroratini pasaytirish uchun ko‘mir qo‘shish kerak. Bunda 
quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi: 
2CaSO
4
+ C = 2CaO + 2SO
2
+ CO
2
– 566,2 kj 
CaSO
4
ning parchalanish haroratini pasaytirish uchun shixtaga 
kremnezem, aluminiy va temir oksidlari qo‘shish orqali ham amalga 
oshirilishi mumkin.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling