I shamshidinov noorganik moddalar va
Pechlarga kolchedanni tashlash va kuyundini yo‘qotish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Pechlarga kolchedanni tashlash va kuyundini yo‘qotish. Pech- ning tuzilishi va quvvatiga bog‘liq holda pech bo‘linmasida kolchedanni pechga berilishi turlicha amalga oshiriladi. Odatda yetarlicha hajmga ega bo‘lgan bir necha bunker o‘rnatiladi, ularga kolchedan ombordan yoki maydalash bo‘linmasidan zanjirli yoki lentali elementli lentali transportyorlar yordamida keladi. Kolchedan bunkerdan o‘lchovli vagonchalarda o‘lchangan holda pechga to‘kiladi. Vagonchalar monorelsli izlar bo‘yicha qo‘lda yoki elektrik yuk tortiuvchi moslama (tyaga) lar yordamida 60-75 m/min tezlikda harakatlantiriladi. Yirik zavodlarda vagonchalar hajmi 3,5 m 3 ga yetadi. Kolchedan vagoncha- 37 lardan birin-ketin har bir pechning bunkerlariga ag‘dariladi. Vagonchalardan kolchedanni tushirish avtomatlashgan holda amalga oshiriladi. Kolchedan bunkerdan taxmonli mexanik pechlarning yuqoridagi quritish tokchasiga beriladi, bu jarayon quritish tokchasi eshkakchalariga mahkamlangan metall pichoq yordamida boshqariladi. Sulfat kislota zavodlarida pechdan kuyundini yo‘qotish mehnattalab va og‘ir ish hisoblanadi hamda kuyundi yuqori haroratga ega bo‘ladi va pechdan chiqayotgan kuyundidagi oltingugurt qoldiqlarining yonishi davom etayotganligi uchun muntazam ravishda sulfit angidrid ajralib chiqib turadi. Mexanik usulda yo‘qotish va yetarlicha germetiklikka ega bo‘lgan kuyundini sovutishning turli xildagi tizimlari ishlatilmoqda. 1.9-rasmda sovituvchi shneklar yordamida VKZ pechlaridan kuyundini yo‘qotish sxemasi tasvirlangan. Pech tirqishlari 1 dan kuyundi shnek-so‘ndirgich 2 ga sepiladi, u yerga sovituvchi suv purkaladi. Suvning berilishi shunday boshqariladiki, bunda kuyundi 70- 80 O C haroratgacha soviydi. Sovitilgan kuyundi bir necha shneklardan uzunasiga ishlaydigan shneklar 3 ga tushadi va undan kuyundi aralashtirgich bunker 6 ning transportyor lentasi 5 to‘g‘rilagichi 4 ga to‘kiladi. U yerdan kuyundini qayta ishlashga jo‘natish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l vagonlariga yoki tashuvchi avtomashinalarga uzatiladi yoxud chiqindixonaga yuboriladi. 1.9-rasm. Shneklar yordamida kuyundini yo‘qotish sxemasi: 1-pechlar; 2-shnek-so‘ndirgich; 3-uzunasiga ishlaydigan shneklar; 4-to‘g‘rilagich; 5-lentali transportyor; 6-bunker. 38 Sovutgichli shneklarning muhim ustunligi ularning soddaligida, ixchamligida, ishlashdagi mustahkamligi, jihozning to‘la germetikligida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularning kamchiligi shundaki, shnek- so‘ndirgichda ko‘p miqdordagi suv bug‘lanadi va hosil bo‘ladigan suv bug‘i pechning kuyundi chiqarish tirqishidan kiradi va so‘ngra kuyundi gazi tarkibiga o‘tadi. Nitrozali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda kuyundi gazi tarkibidagi suv bug‘ining ko‘p bo‘lishi texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatmaydi. Kontaktli jarayonda esa bu maqbul emas, chunki birinchi yuvish minorasidagi kislota konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi. 1.10-rasmda kuyundini yo‘qotish uchun sovutgich-quvurli tashuvchi qurilma sxemasi tasvirlangan. Kuyundi pech tirqishi 1 dan bo‘shatish qutilari 2 ga sepiladi, undan davriy ravishda botirib oladigan maxsus cho‘michlar yordamida maxsus roliklarda aylanadigan va kichik qiyalikda o‘rnatilgan 250-500 mm diametrli quvur 3 ga beriladi. Shu hisobiga kuyundi quvurda bunker 5 ga uzatadigan elevator 4 tomonga harakatlanadi. Tashuvchi quvurning ustki sirti suv bilan sovutiladi, shuning uchun kuyundi quvurda 120-140 O C haroratgacha soviydi. 1.10-rasm. Sovutgich-quvurli tashuvchi qurilma bilan kuyundini yo‘qotish sxemasi: 1-pechlar; 2-bo‘shatish qutilari; 3-sovutgich-quvurli tashuvchi moslama; 4-elevator; 5-bunker Sovutgich-quvurli tashuvchi moslama ishlatishga mustahkam bo‘lib, uni pech yaqiniga past taglik betonga o‘rnatish mumkin. Bunday quvurlarning kamchiligi shundan iboratki, quvur alohida qismlarining aylanish o‘qi aniq bir-biriga mos kelishi lozim, aks holda tashuvchi quvur tezda ishdan chiqadi. 39 Kuyundini mexanik yo‘qotish uni 70-100 O C haroratgacha sovutish orqali shuningdek sovutgich-barabanli tashish moslamasida ham amalga oshiriladi. Baraban po‘latdan yasalgan (diametri 1 m, uzunligi 12 m bo‘lgan) aylanuvchi silindrdan iborat bo‘lib, ichki qismidagi vintli to‘ldirgich orqali kuyundini harakatlantiradi. Barabanning tashqi qism suv bmlan sovutiladi. Oxirgi yillarda gidravlik va pnevmatik usullarda kuyindini yo‘qotishga katta qiziqish uyg‘onmoqda. Bu usullar arzonligi va to‘la mexanizatsiyalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Gidravlik usul bo‘yicha kuyundi ko‘p miqdordagi suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra hosil bo‘lgan bo‘tqa nasoslar yordamida tindirgich havzaga quvurlar orqali yuboriladi. Tindirilgan suv suv havzasiga oqib tushadi. 60 ming t/yil quvvatda ishlaydigan sulfat kislotasi zavodining 1 t kuyundisini yo‘qotish uchun suv sarfi 8-10 m 3 ni, elektroenergiya sarfi 10 kvt∙soatni tashkil qiladi. Bu usulda kuyundini yo‘qotish keng tarqalmagan, chunki tindirilgan suv tarkibida oz bo‘lsada kislota, temir va mis kuporoslari bo‘ladi, ular suv havzalarini ifloslantiradi; suvni neytrallash esa katta sarf-harajatlar talab etadi. Lekin gidravlik usulda kuyundini yo‘qotishni takomillashtirilishi orqali undan kelajakda keng miqyosda foydalanilishi mumkin. Pnevmatik usulda kuyundini yo‘qotish usuli shundan iboratki, bunda soplodan chiqadigan qisilgan havo oqimi orqali bosimlar farqi yuzaga keltiriladi va buning natijasida bunkerdan kuyundi purkab chiqariladi. Bunda hosil bo‘ladigan havodagi muallaq kuyundi zarrachalari pnevmotransportlar bilan quvurlar bo‘yicha chiqindixonaga yoki iste’molchiga yuborish uchun bunkerga uzatiladi. Pnevmatik tashishda aerozoldagi 1 kg havoga 10-25 kg chiqindi to‘g‘ri kelishi kerak; aerozolning harakatlanish tezligi 30 m/sek ni tashkil etishi kerak. Havoning dastlabki bosimi tizimning qarshiligiga bog‘liqdir; 200-250 m uzunlikdagi quvur uchun u o‘rtacha 2-3 atm ni tashkil etadi. 1 t kuyundini yo‘qotish uchun elektroenergiya sarfi 12-18 kvt∙soatga yetadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling