I shamshidinov noorganik moddalar va
Vodorod sulfidni yoqish pechlari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Vodorod sulfidni yoqish pechlari. Bunday pech po‘latdan
tayyorlangan silindrik qozon ko‘rinishida bo‘ladi, uning ichki qismi o‘tga chidamli g‘ishtlar bilan niqoblangan (futerovka qilingan) bo‘ladi. Pech ichidan bug‘ qozonlarining issiqlik almashtirgich quvurlari o‘tkazilgan bo‘ladi. Bu esa vodorod sulfidni yondirish jarayonining haroratini pasaytirib turishni, kuyundi gazida ko‘p miqdorda SO 2 tutgan gaz olinishiga erishish uni oz miqdorda ortiqcha bo‘lgan kislorod bilan o‘tkazishni va ajraladigan reaksiya issiqligidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Vodorod sulfidli gaz pechning yuqori qismidan yondirgich orqali kiritiladi, u yerda havo bilan aralashadi va so‘ngra pech ichida mash’ala yoy hosil qilib yonadi. Pechning pastki qismida kuyundi gazini chiqarish uchun qisqa quvur (patrubok) va yupqa po‘lat list bilan berkitib qo‘yuvchi saqlash klapani bo‘ladi. Pechda gaz-havoli aralashma yondirilganda portlash havfi paydo bo‘lsa, to‘siq quvurdan (flaneslardan) bosim ostida ochiladi; shu yo‘l bilan pechning buzilib ketishidan saqlanadi. Havoning berilishi birdaniga to‘xtaganda (bunday holat ishlab chiqarishda tez-tez uchrab turadi) pechga vodorod sulfidning kelishi avtomatik ravishda membranali klapan yordamida to‘xtaydi. Agar vodorod sulfidli gazga vodorod sianid aralashgan bo‘lsa, H 2 S ning yonish jarayoni kislorod yotishmagan sharoitda amalga oshiriladi. Bu holatda HCN oksidlanishi natijasida azot oksidlari emas, balki elementar azot hosil bo‘ladi va shunday qilib, sulfat kislota mahsulotini azot oksidlari bilan ifloslanishining oldi olinadi. Kislorod yetishmagan 43 sharoitda yoqish pechdan chiqadigan kuyundi gazi tarkibida ma’lum miqdordagi yonmagan vodorod sulfid va oltingugurt bug‘ining bo‘lishiga olib keladi. Oltingugurtning to‘la oksidlanishi uchun bunday gaz qo‘shimcha yondirish kamerasiga beriladi, u yerga kerakli miqdordagi havo kiritiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling