I shamshidinov noorganik moddalar va
Issiqlik almashtirgich jihozlari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik almashtirgich jihozlari. Sulfat kislotali tizimlarning
kontakt bo‘linmasida turli xil konstruksiyadagi issiqlik almashtirgichlar, angidridli sovutgich, qizdirgichlar ishlatiladi. Ular orqali jarayonning optimal harorati ushlab turiladi. 1.25-rasmda quyidagi texnik tavsifga ega bo‘lgan elektrik qizdirgich tasvirlangan: Qizdiriladigan gaz hajmi, m 3 /s ………………......... 3000 Gazning harorati, O С qizdirgichgacha …………………………………... 50 qizdirgichdan keyin …………………………......... 520 Ishga tayyorlash vaqti, min ……………………….. 10-15 Qizdirish yuzasi, m 3 …………………………......... 13,1 O‘lchamlari, m …………………………………….. 3,88x1,79x1,05 66 1.25-rasm. Elektrik qizdirgich: 1-korpus; 2-qopqoq; 3-qizdirgich elementlarining yakuni; 4-qizdirgich elementlari; 5-issiqlik izolyatsiyasi. Qizdirgich issiqlik izolyatsiyali po‘lat jihoz bo‘lib, u to‘siqlar bilan ikki bo‘limga ajratilgandir. Har bir bo‘limda alohida nixromli simdan iborat (simning umumiy massasi 50 kg) qizdirgich elementlari (har birida 51 tadan) joylashtirilgan. Kontaktlanishning texnologik tartibi. Yuqori kontaktlanish foyzi hamda qizdirgichni ishga tushirmagan holda sistemani xattoki oz fursat to‘xtalilganda va gazdagi SO 2 konsentratsiyasi pasayganda ham uning barqaroraligini ta’minlaydigan sistemadagi ortiqcha issiqlik – kontakt bo‘linmasi yaxshi ishlashining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Kontaktlanish darajasi, asosan, harorat rejimiga bog‘liqdir. Kontakt bo‘linmasidagi barcha uskunalar harorati aniq tartibga solinsa, doimiy yuqori kontaktlanish darajasida ishlash mumkin bo‘ladi. Quyida oraliq issiqlik almashtirgich bilan ishlaydigan to‘rt qatlamli kontakt jihozi bilan ta’minlangan kontakt bo‘linmasining texnologik tartib me’yorlari keltirilgan: O‘txona gazlarining harorati, O C …………………...... 700 dan yuqori emas O‘txona gazlari haroratining mumkin bo‘lgan o‘zgarish chegarasi, grad/soat ………………………... 100 dan ko‘p emas Gazning harorati, O C kontakt massa birinchi qatlamiga kirishda ……........... 440-450 birinchi qatlamdan chiqishda ……………………....... 600 dan yuqori emas ikkinchi qatlamga kirishda ………………………....... 460-470 uchinchi qatlamga kirishda ………………………...... 440-445 to‘rtinchi qatlamga kirishda ……………………......... 415-420 Gazdagi SO 2 konsentratsiyasi, % …………………….. 7,5 0,2 Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling