I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Zamonaviy
kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasining absorbsiyalash bo‘linmasi. Sulfat kislota bilan sug‘oriladigan to‘ldirgichli skrubber – minoralarda ham, barbotaj turidagi jihozlarda ham kislota qatlamidan gaz o‘tadigan joylarda sulfat kislota gazli aralashmadan faqat sulfat angidridni yutadi, gazning qolgan qismi absorberlar orqali o‘tib atmosferaga chiqib ketadi. Odatda sulfat angidrid ikkita parallel biriktirilgan: birinchisi – oleumli va ikkinchisi monogidratli absorberlarda yutiladi. 71 1.28-rasmda absorbsiya bo‘linmasining sxemasi tasvirlangan. Kontakt bo‘linmasidan chiqadigan gaz oleumli absorber 2 ga tushadi. Sulfat angidridni yutishi natijasida H 2 SO 4 hosil bo‘lish reaksiyasining issiqligi hisobiga oleum qiziydi. Qaynoq konsentrlangan oleum absorber 2 dan yig‘gich 7 ga oqib tushadi, u yerda suyultirish uchun oz miqdordagi monogidrat qo‘shiladi. Yig‘gich 7 dan oleum sovutgich 1 orqali absorber 2 ni sug‘orishga so‘rib olinadi. Oleumning bir qismi muntazam ravishda omborga yoki kuporos moyi tayyorlashga yuboriladi. 1.28-rasm. Absorbsiya bo‘linmasining sxemasi: 1-oleumli sovutgich; 2-oleumli absorber; 3-monogidratli absorber; 4-monogidratli sovutgich; 5-botirma nasoslar; 6-monogidrat yig‘gichi; 7-oleum yig‘gichi. Oleumli absorber 2 dan chiqadigan gaz 98,3% li sulfat kislota (monogidrat) bilan sug‘oriladigan monogidratli absorber 3 ga keladi. Kislota sulfat angidridni yutishi natijasida qiziydi va uning kondensatsiyalanishi ortadi. Absorber 3 dan monogidrat yig‘gich 6 ga oqib tushadi, u yerda suyultirish uchun quritish minorasidan keladigan kislota yoki suv qo‘shiladi. Qaynoq kislota yig‘gich 6 dan sovutish uchun monogidratli sovutgichga uzatiladi va yana monogidratli absorber 3 ni sug‘orish uchun kelib tushadi. Monogidratning bir qismi muntazam ravishda yig‘gich 7 va quritish minorasiga uzatiladi. Monogidratli absorberdan chiqadigan gazlar ammiakli suv bilan sug‘oriladigan absorberlarga (bisulfitli minoraga) uzatiladi va zararsizlantiruvchi filtrlar orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosferaga chiqarib yuboriladi. 72 Oleumli absorberda SO 3 barcha miqdorining 70% qismi yutiladi va buning hisobiga monogidratli absorberlarning quvvatini pasaytirishga erishiladi. Oleumli (birinchi) absorber. Kontakt jihozidan chiqadigan gazlar oleumli absorberga keladi (1.29-rasm). U vertikal po‘lat silindr 1 shaklida tayyorlangan to‘ldirgichli skrubber ko‘rinishida bo‘ladi. Uning ostki qismida halqali panjara 2 bo‘ladi, unga to‘ldirgichlar (po‘lat yoki sopol halqachalar) joylashtirilgan. 1.29-rasm. Oleumli absorber: 1-po‘lat silindr; 2-halqali to‘r; 3-to‘ldirgich; 4-oleum taqsimlagich; 5-to‘ldirgichni yuklash va tushirish uchun tirqish; 6-kuzatish oynasi. Oleumli absorberning o‘lchami va uni sug‘orish uchun uzatiladigan oleumning miqdori sulfat kislotali tizimlar unumdorligiga bog‘liqdir. Odatda 1 t/s mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘ldirgichdagi gazning tezligi 1 m/sek va absorber tirqishlarining 1 m 2 ga sug‘orish zichligi 10- 12 m 2 bo‘lganda absorberdagi to‘ldirgich yuzasi 600 dan 1000 m 2 bo‘lishi talab etiladi. Monogidratli (ikkinchi) absorber. Bu absorber ham xuddi quritish minorasi kabi o‘rnatilgan va 98,3% li sulfat kislota bilan sug‘oriladi. Kislotaning absorberdan o‘tishi paytida sulfat angidridni yutadi, uning konsentratsiyasi 98,7-99% H 2 SO 4 gacha ortadi. Monogidrat yig‘gichida kislot suv yoki quritgich kislota bilan boshlang‘ich konsentratsiyagacha suyultiriladi va sovutgich orqali yana monogidratli absorber sug‘oriladi. 73 Monogidratli absorberning o‘lchami va sug‘orish uchun beriladigan monogidrat miqdori odatda oleumli absorberdagi kabidir yoki undan bir oz kattadir (to‘ldirgich yuzasi 1200 m 2 /t∙s va sug‘orish zichligi 20 m 3 /m 2 ∙s). Oleum va monogidrat yig‘gichlari tegishlicha absorberlarga biriktirilgan bo‘ladi. Ular turli hajmdagi (kichik quvvatdagi zavodlarda 10 m 3 , katta korxonalarda 50 m 3 ) idishlardan iboratdir. Oleumli va monogidratli yig‘gichlar po‘latdan tayyorlangan va ularning ichki qismi kislotaga chidamli plitkalar bilan himoyalangan bo‘ladi. Kislota sovutgichlari. Absorberlarda sulfat angidridni yutilishida ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va sug‘oriladigan kislotani qizib ketishiga olib keladi, uni esa sovutish lozimdir. Bu maqsadda sugorish va quvurniqobli sovutgichlar ishlatiladi. Kontaktli sulfat kislota ishlab chiqarishda ta’mirlash qiyinligi uchun spiral sovutgichlar keng ko‘lamda ishlatilmaydi. Oleumli va monogidratli absorberlarning sug‘orish sovutgichlari tuzilishi jihatdan bir-biriga o‘xshaydi, faqatgina bo‘lmalari soni va ular tayyorlanadigan materiali bilan farqlanadi. Oleumli sovutgich po‘latdan, monogidratli sovutgich cho‘yandan yoki kislotaga chidamli po‘latdan tayyorlanadi. 1.30-rasmda to‘rtta bo‘lma 1 dan iborat va po‘lat taglikka o‘rnatilgan monogidratli sovutgich tasvirlangan. Har bir bo‘lmada ikki vertikal qatorda parallel quvurlar bo‘ladi. Quvurning yuqori qismi kollektor 2 ga, pastki qismi kollektor 3 ga mahkamlangan. Quvurlarning har bir qatorida tarnovlar bo‘lib, quvur ustidan sovituvchi suv oqadi va suv yog‘och yoki beton ariqcha 4 larga va undan kanalizatsiyaga oqib tushadi. 1.30-rasm. Monogidratli sovutgich: 1-sovutgich bo‘lmalari; 2,3-yuqori va ostki kollektorlar; 4-ariqcha; 5-kislota chiqish shtutseri; 6-kislota kirish shtutseri. 74 Qaynoq kislota pastki kollektor 3 ga shtutser 5 orqali kelib tushadi, parallel oqimdagi quvurlar bo‘yicha taqsimlanadi va yuqori kollektor 2 da shtutser 6 orqali chiqqan kislota yig‘ib olinadi. 1.31-rasmda oleumni quvurniqobli sovutgichi tasvirlangan. U ajratilgan po‘lat quvurlar 1, quvurlar to‘rli panjarasi 2 va 3 hamda po‘lat niqob 4 dan iboratdir. Oleum quvurlararo bo‘shliq orqali, suv esa quvurlar orqali harakatlanadi. Oleumning suv bilan to‘qnashishini oldini olish maqsadida qo‘shimcha to‘rli panjara 5 o‘rnatiladi, ular qisqa po‘lat quvurlar 6 orqali maqkamlanadi. 1.31-rasm. Oleumning quvurli sovutgichi: 1-po‘lat quvurlar; 2,3-to‘rli panjaralar; 4-po‘lat niqob; 5-qo‘shimcha to‘rli panjara; 6-qisqa po‘lat quvurlar; 7-plastmassali quvurlar. Kislota aralashtirgichlari. Konsentrlangan kislota (oleum yoki monogidrat) ga suv qo‘shib har qanday konsentratsiyadagi kislota olinadi. Konsentrlangan sulfat kislota suv bilan aralashtirilganda ko‘p miqdordagi issiqlik ajraladi, buning natijasida kislota qaynash darajasigacha qiziydi va ko‘p miqdordagi bug‘ ajralishi hamda idishdagi kislotaning toshib ketishi kuzatiladi. Shuning uchun kislota aralashtirgichlar deb ataluvchi mahsus jihozlarda ehtiyotkorlik choralariga amal qilgan holda suv bilan suyultiriladi. Past konsentratsiyali kislota tayyorlash uchun aralashtirgichlar kislotaga chidamli materiallardan, yuqori konsentratsiyali kislota tayyorlash uchun esa cho‘yandan tayyorlanadi. Turli ishlab chiqarish 75 korxonalarida har xil turdagi qurilmalar ishlatiladi. Ulardagi sovutish tizimi asosan aralashtirgich qozon yoki quvurning uning niqobi orasidagi bo‘shliqda harakatlanadigan suv oqimi orqali amalga oshiriladi. Absorbsiyaning texnologik tartibi. Ishlab chiqarish korxonalaridagi absorbsiya bo‘linmasining sxemasi bir-biridan kam farq qiladi, shuningdek ularda ishlatiladigan texnologik tartiblar ham o‘xshashdir. Quyida kontakt zavodlaridan birining absorbsiya bo‘linmasining texnologik tartib o‘lchovlari keltirilgan: Harorat, O С oleumli absorberdan chiqishda ……………………........ 60 dan katta emas monogidratli absorberdan chiqishda ………………........ 60 dan katta emas Kislota konsentratsiyasi sug‘oriladigan oleumli absorber, % SO 3 (erkin) ….......... 19 1 sug‘oriladigan ktntaktli absorber, % H 2 SO 4 ……............ 98,3 0,4 Absorbsiya darajasi, % ………………………………..... 99,9 dan kam emas Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling