I shamshidinov noorganik moddalar va


Chiqindi gazlarini zararsizlantirish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131
Chiqindi gazlarini zararsizlantirish. Kontaktlanish darajasi 0,97 
va absorbsiya to‘laligi 99,9% bo‘lganda sulfat kislotali tizimlar chiqindi 
gazlarining tarkibida 0,2% atrofida SO
2
(5 g/m
3
) va 0,007% atrofida SO
3
(0,3 g/m
3
), shuningdek ma’lum miqdordagi absorberdan chiqib 
ketadigan sulfat kislota tomchilari bo‘ladi. Yuqoridagi tarkibga ega 
bo‘lgan gazlardan sulfat kislota tomchilari tutib qolingandan so‘ng, 
gazlarni atmosferaga chiqaruvchi mo‘rili quvurning balandligi quyidagi 
empirik formula bilan ifodalanadi: 
max
234
vc
q
H
bu yerda: Hquvur balandligi, m; q – chiqindi gazdagi SO
2
miqdori, 
g/sek; v – SO
2
konsentratsiyasi aniqlanadigan balandlikdagi shamol 
tezligi, m/sek; c
max
– yer sirtidagi atmosfera havosidagi SO
2
ning 
cheklangan konsentratsiyasi, mg/m
3

Agar bu formula bo‘yicha hisoblangan quvurning balandligi juda 
ham uzun bo‘lsa, u holda chiqindi gazlari qayta tozalanadi va shundan 
so‘ng quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. 
Absorberlardan keyin gazdan kislota tomchilarini ajratib olish 
uchun turli tomchi ushlagich qurilmalar o‘rnatiladi. To‘ldirgichli, ammo 
kislota bilan sug‘orilmaydigan monogidratli absorber o‘lchamidagi 
minora shaklidagi tomchi ushlagichlar keng tarqalgandir. Kislota 
tomchilari to‘ldirgichlarda ushlanib qoladi va minoraning pastki qismiga 
oqib tushadi, kislota u yerdan monogidratli absorberdagi yig‘gichga 


78 
chiqarib olinadi. Ayrim korxonalarda monogidratli absorberlarning 
yuqori qismidagi sug‘orilmaydigan to‘ldirgichli qatlami tomchi 
ushlagich vazifasini bajaradi. 
Chiqindi gazlarini SO
2
dan tozalash to‘ldirgichli minoralarda 
amalga oshiriladi, u yerda sulfit angidrid soda eritmasiga yuttiriladi. 
Bunda hosil bo‘ladigan natriy bisulfit ishlab chiqarish korhonasining 
mahsuloti hisoblanishi mumkin. 
Chiqindi gazlaridagi sulfit angidrid bisulfitli minoralarda tutib 
qolinishi qiyin bo‘lgan tuman hosil qiladi. Shuning uchun gazlar ho‘l 
elektrofiltrlarga yuboriladi. Bisulfitli minoradan va elektrofiltrdan o‘tgan 
gazlardan ham sulfat kislota tomchilari ajratiladi. 
1.33-rasm. Changlatuvchi turdagi jihoz (CHTJ): 
1-taqsimlash qutisi; 2-changlatuvchi konus; 3-silindr o‘zagi; 4-silindra o‘zagidagi tirqishlar; 5-
absorbsiya kamerasi; 6-separator qurilmasi. 
SO
2
ning absorbenti sifatida ammiakli suv ham ishlatiladi, lekin 
bunda gazdan sulfit angidridni yuttirish changlatuvchi turdagi jihoz 
(CHTJ) larda amalga oshiriladi (1.33-rasm). Unda konusdan 20-25 
m/sek tezlikda chiqadigan suyuqlik tozalanadigan gaz oqimi bo‘yicha 
changlatiladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling