I shamshidinov noorganik moddalar va
Oltingugurtdan kontakt sulfat kislota olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Oltingugurtdan kontakt sulfat kislota olish. Tarkibida mishyak
va selen tutgan oltingugurtdan (masalan, oltingugurt bug‘idan) kontakt sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kolchedannni qayta ishlash sxemasidan deyarli farq qilmaydi. Boshqacha aytganda, faqat pech bo‘linmasi qayta jihozlangan, unga oltingugurtni yoqish uchun tegishli pech o‘rnatilgan bo‘ladi va quruq elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Ammo mishyak va selen tutmagan tabiiy oltingugurt ishlatilganda bu sxema deyarli to‘la o‘zgaradi. Bu holatda kuyundi gazlarini maxsus tozalash talab etilmaydi va shu sababli uning sovutilishi va yuvilishi shart emasdir. 1.36-rasmda tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi tasvirlangan. Oltingugurt osti suv bug‘i o‘tadigan po‘lat quvurlardan panjara hosil qilingan bunker-suqlantirgichga kelib tushadi. Panjaralarda oltingugurt suyuqlanadi va tindirgich 4 ga oqib tushadi, u yerda suyuq oltingugurtdagi muallaq qo‘shimchalar tozalanadi. So‘ngra oltingugurt nasoslar bilan filtr 5 orqali yig‘gich 6 ga uzatiladi, u yerdagi nasos uni pech 7 ning forsunkasiga yo‘naltiradi. Ortiqcha toza oltingugurt yig‘gich 6 dan tindirgich 4 ga oqib tushadi. Yondirish jarayoni uchun kerakli havo quritish minorasi 1 tomchi ushlagich 2 lardan o‘tib pech 7 va kontakt jihozi 10 ga purkaladi. Oltingugurtni yondirish uchun pech silindrik ko‘rinishdagi 81 himoyalangan jihoz bo‘lib, undagi yuttirish qozoni (bug‘latgich) 8 va bug‘li qizdirgich 9 uning oxiri hisoblanadi. 1.36-rasm. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: 1-quritish minorasi; 2-tomchi ushlagich; 3-havo purkagich; 4-tindirgich; 5-filtr; 6-toza oltingugurt yig‘gichi; 7-pech; 8-bug‘latgich; 9-bug‘li isitgich; 10-kontakt jihozi (kontakt massaning I-V qatlamlari); 11-issiqlik almashtirgich; 12-angidridli sovutgich; 13-oleumli absorber; 14-monogidratli absorber; 15-tomchi ushlagich; 16-aylanma yig‘gichlar. Pechda hosil bo‘ladigan 1100-1200 O C haroratdagi sulfit angidrid yuttirish qozonida 440-450 O C gacha sovutiladi va besh qatlamli kontakt jihozining birinchi qatlam kontakt massasiga tushadi. Kontakt massasining birinchi qatlamida haroratni to‘g‘rilab turish uchun gazning bir qismi pechdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt jihoziga uzatiladi. Kontakt massa birinchi qatlamidan chiqadigan gaz bug‘li qizdirgich 9 ga, so‘ngra kontakt massaning ikkinchi qatlamiga keladi. Kontakt massaning birinchi va ikkinchi qatlami kontakt jihozining pastki qismida joylashgan. Kontakt massaning ikkinchi qatlamidan chiqadigan gaz birin-ketin issiqlik almashtirgich 11, kontakt massaning uchinchi va to‘rtinchi qatlamlaridan o‘tadi, undan so‘ng quritilgan atmosfera havosi kiritish orqali sovutiladi va so‘ngra kontakt massaning beshinchi qatlamiga kiradi. Kontakt jihozidan chiqadigan gaz angidridli sovutgich 12 da sovutiladi va oleumli 13 va monogidratli 14 absorberlardan iborat hamda tegishli qo‘shimcha jihozlari bo‘lgan absorbsiya bo‘linmasiga yuboriladi. Tabiiy oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar aralashmasi (flotareagent qoldiqlari) bo‘ladi, ular pechda yonganda suv bug‘i hosil qiladi. Oltingugurt tarkibida kerosin va bitumlar miqdori ko‘p bo‘lganda hosil bo‘ladigan suv bug‘ining miqdori belgilangan me’yordan ortib ketishi natijasida absorbsiya bo‘linmasida sulfat kislotali tuman hosil bo‘lishiga va kislotaning bir qismini chiqindi gazlari bilan yo‘qotilishiga olib keladi. 82 Sulfat angidrid absorbsiyasida tuman hosil bo‘lishini oldini olish uchun harorat sulfat kislota (98,3% li H 2 SO 4 ) bilan sug‘oriladigan monogidratli absorberda jihozga kirishda 80-90 O C va chiqishda 110- 120 O C da ushlab turiladi. Haroratning ortishi bilan bug‘lanadigan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi kamayadi va tuman hosil bo‘lmaydi yoki uning miqdori anchagina kamayadi. Tabiiy oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Monsanto» (AQSH) va «Lurgi» (Germaniya) firmalari tomonidan yaratilgan sxemalari yuqoridagi bayon etilgan sxemadan ayrim texnologik tarmoqlar va jihozlarning joylashishi jihatdan farqlanadi (1.37-rasm). 1.38-rasmda tasvirlangan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi unchalik ko‘p ishlatilmasada, o‘zining soddaligi bilan ajralib turadi. Qattiq qo‘shimchalardan filtrlangan suyuqlantirilgan oltingugurt pech 4 ning forsunkasi bilan sachratiladi va ventilyator 3 bilan uzatiladigan havo bilan aralashtirilib yondiriladi. Sulfit angidrid yuttirish qozoni 5 da sovutiladi va kontakt jihozi 6 ga keladi. Gaz haroratini pasaytirish uchun kontakt massaning birinchidan keyingi qatlamlariga sovuq atmosfera havosi qo‘shiladi. 1.37-rasm. Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarish sxemasi: a – «Monsanto» firmasi sxemasi: 1-havo purkagich; 2-quritish minorasi; 3-oltingugurtni yondirish pechi; 4-yuttirish qozonlari; 5-gaz filtri; 6-bug‘li qizdirgich; 7-kontakt jihozi; 8- yuttirish qozonlaridan ta’minlanadigan suvli qizdirgich; 9-angidridli sovutgich; 10-oleumli absorber; 11-monogidratli absorber; b – «Lurgi» firmasi sxemasi: 1-5, 7, 8-a sxema bo‘yicha; 6-issiqlik almashtirgich; 9-havo qizdirgich; 10-monogidratli absorber. 83 Tarkibida sulfat angidrid tutgan kontakt jihozidan chiqadigan gazlar aralashmasi ikki kameradan iborat barbotajli absorber 7 ga yuboriladi. Birinchi kamerada gazlar aralashmasi sulfat kislota qatlami orqali o‘tadi va soviydi; bunda gazdagi sulfat angidrid va suv bug‘ining asosiy qismi kondensatsiyalanib sulfat kislotaga aylanadi. Ikkinchi kamerada gaz sulfat kislota ustidan o‘tish orqali qo‘shimcha sovutiladi; bunda qolgan sulfat kislota bug‘lari kondensatsiyalanadi va birinchi kameradan gaz bilan chiqadigan sulfat kislota tomchilarining bir qismi tutib qolinadi. 1.38-rasm. Oltingugurtdan sulfat kislota ishlab chiqarishning «Xemiko» sxemasi: 1-oltingugurtni suyuqlantirgich; 2-filtr; 3-ventilyator; 4-oltingugurtni yondirish pechi; 5-yuttirish qozoni; 6-kontakt jihozi; 7-absorber; 8-Venturi quvuri; 9-siklon; 10-mo‘rili quvur; 11-kislota sovutgich; 12-mahsulot kislotasini yig‘gich; 13-nasoslar; 14-kuchsiz kislotani yig‘gich; 15-suv yig‘gich. Absorberdan chiqadigan gaz Venturi quvuri 8 orqali siklon 9 ga yuboriladi. Venturi quvurida gaz yuqori tezlikda harakatlanadi va unga forsunkalar orqali sultirilgan sulfat kislota purkab turiladi. Gaz bilan suyuqlikning intensiv aralashishi natijasida sulfat kislota tomchilari yiriklashadi va siklon 9 da cho‘ktirilib kuchsiz kislota eritmasi olinadi. Siklondan chiqadigan gaz mo‘rili quvur 10 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Absorber 7 ning birinchi kamerasidan chiqadigan mahsulot sifatidagi 93-97% li kislota sovutgich 11 ga, so‘ngra yig‘gich 12 ga tushadi, u yerdan tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. Absorber 7 ning ikkinchi kamerasida yig‘iladigan kislota birinchi kameraga oqib tushadi. 84 Agar kerak bo‘lsa uni yig‘gich 14 ga uzatiladi, u yerda suv bilan suyultiriladi va Venturi quvuri 8 va absorberning ikkinchi kamerasiga beriladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling