I shamshidinov noorganik moddalar va


Minorali tizimning texnologik tartibi (rejimi)


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131
Minorali tizimning texnologik tartibi (rejimi). Minoralar 
miqdori. Sulfit angidridni minorali usul bilan qayta ishlash jarayoni 
xususan ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) sulfit angidridni oksidlash va sulfat kislota olish; 


99 
2) chiqindi gazlaridan azot oksidlarini absorbsiyalash 
Bu bosqichlardan har bir amalda bir necha jarayonlarni qamrab 
oladi va bir necha minoralarda amalga oshiriladi. Minoralar bo‘yicha 
jarayonlarni alohida-alohida to‘la ajratish mumkin emas, chunki har bir 
minorada asosiy jarayonlar bilan bir vaqtda qo‘shimcha jarayonlar ham 
sodir bo‘ladi. Masalan, birinchi minorada sulfat kislotali eritmaning 
denitratsiyasi bilan birgalikda bir qism sulfit angidridning oksidlanishi 
sodir bo‘ladi. Ikkinchi minorada, ayniqsa, minoraning yuqori qismida 
sulfit angidrid va azot oksidlarining bir vaqtda oksidlanishi ularning 
sug‘oriladigan kislotaga absorbsiyasi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. 
Absorbsiya minorasida azot oksidlarining yutilishi ularning oksidlanishi 
bilan birgalikda amalga oshadi. 
Minorali jarayon nafaqat beshta, balki undan ko‘p yoki oz sondagi 
minoralarda ham o‘tkazilishi mumkin. Masalan, oltitadan, yettitadan va 
xattoki sakkiztadan minoralari bo‘lgan minorali tizimlar mavjuddir. 
Nazariy jihatdan olganda sulfit angidridni qayta ishlashning nitrozali 
jarayoni bitta minorada yakunlanadigan minorali tizimlarni barpo qilish 
mumkin. Minoralar soni ortib borishi bilan tizimning texnologik tartibi 
(rejimi) ancha barqaror holatga keladi, chunki bitta minorada uning 
buzilishini osonlik bilan oldi olinadi. Tizimda minora qanchalik kam 
bo‘lsa, unda shunchalik doimiy texnologik rejimni o‘rnatish qiyin 
kechadi. 
Nitrozali jarayonni o‘rganish hamda avtomatik nazorat va 
boshqarishni kiritish orqali tizimdagi minoralar soni birin-ketin 
kamaytirila boshlandi. Lekin nitrozali jarayon jadalligining oshishida 
minoralar miqdorini kamaytirish hamma vaqt ham o‘zini oqlamaydi. 
Minorali tizim jadalligi (kg/m
3
da) barcha minoralar hajm yig‘indisining 
birligida sutkasiga olinadigan sulfat kislotasi (100% H
2
SO
4
hisobidagi) 
miqdori bilan tavsiflanadi. Shuning uchun qayta jihozlanayotgan 
minorali tizimlarda yuqori jadallikka va nitrat kislotasini kam 
sarflanishiga erishish uchun yettita minora, tizim oxirida esa – chiqindi 
gazlaridan sulfat kislotasini ushlab qolish uchun elektrofiltr o‘rnatish 
ko‘zda tutilgan (1.48-rasm). 
Qaynoq kuyundi gazi parallel holatda birinchi mahsulot minorasi 
hisoblangan ikkita bir xil minora – denitrator 1 va konsentrator 2 ga 
keladi. Bu minoralardan chiqadigan gazlar bitta umumiy oqimga 
qo‘shiladi va ikkinchi mahsulot minorasi 3 ga yuboriladi. Shundan keyin 


100 
gaz oksidlovchi hajm – minora 4 va uchta absorbsiya minoralari 5-7 dan 
o‘tadi. 
Gaz oxirgi absorbsiya minorasi 7 dan sulfat kislotasi tomchilari va 
bug‘larini tutib qolish uchun siklon – tochi ushlagichga yoki elektrofiltr 
8 ga yuboriladi, so‘ngra esa quvur orqali atmosferaga chiqarib 
yuboriladi. Minorali tizim orqali gazlarni aralashtirish uchun birinchi 
absorbsiya minorasi 5 va ikkinchi absorber 6 orasiga o‘rnatilgan 
ventilyator 9 xizmat qiladi. Shunday qilib, minora 1-5 lar vakuum 
ostida, minora 6,7 lar va elektrofiltr 8 bosim ostida ishlaydi. 
1.48-rasm. Zamonaviy yetti minorali tizim sxemasi: 
1-denitratsiya minorasi (denitrator); 2-birinchi mahsulot minorasi (konsentrator); 3-ikkinchi 
mahsulot minorasi; 4-ichki qismi bo‘sh oksidlash minorasi (oksidlash hajmi); 5–7-absorbsiya 
minoralari (absorberlar); 8-elektrofiltr; 9-chiqindi gaz ventilyatori. 
Tizimning boshida qo‘shimcha minora o‘rnatish, ulardan biri 
(minora 1) da azot oksidlari miqdori minimal (0,03%) bo‘lgan mahsulot 
sulfat kislotasi, ikkinchisi mahsulot minorasi 2 da esa – oxirgi 
absorbsiya minorasi 7 ni sug‘orish uchun beriladigan nisbatan kam 
denirolangan (0,5% gacha azot oksidlari bo‘lgan) sulfat kislotasi olish 
imkoniyatini yaratadi. Absorbsiya minorasi 7 ni sug‘orishga beriladigan 
kislotada 0,5% gacha azot oksidlarining bo‘lishi, unda azot oksidlarining 
absorbsiyalanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi, kislota 
miqdori esa talab etiladigan minorani sug‘orish zichligini hosil qilish 
uchun yetarlidir. Bundan tashqari, ikkinchi mahsulot minorasi 
kislotasining konsentratsiyasi birinchi minoranikiga nisbatan yuqori 


101 
bo‘ladi. Ma’lumki, H
2
SO
4
konsentratsiyasining ortishi bilan minorali 
tizim oxiridagi azot oksidlarining absorbsiyasi yaxshilanadi. 
Keltirilgan sxema bo‘yicha ikkinchi mahsulot minorasi 3 da SO
2
ning oksidlanishi yuqori tezlikda sodir bo‘ladi, chunki bu minora 
konsentrlangan nitroza bilan sug‘oriladi. Tizim oxirida qo‘shimcha 
absorbsiya minorasi 7 ning o‘rnatilishi, asosan sanitar va ekologik 
talablar bo‘yicha chiqindi gazlarini azot oksidlaridan yetarlicha tozalash 
imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun bu minorani sanitar minora deb 
ham ataladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling