I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   131
Minorali tizim jihozlari. Minoralar. Minorali tizimning asosiy 
jihozlari – to‘ldirgich bilan to‘ldirilgan (skrubberli) minoralar 
hisoblanib, ularning o‘lchami minorali tizimning unumdorligiga bog‘liq 
holda turlichadir: diametri 4-14 m, balandligi 14-18 m bo‘ladi. Hozirgi 
paytda ko‘pincha diametri 5,5 m va balandligi 16 m bo‘lgan minoralar 
ham ishlatilmoqda. 


95 
1.42-rasm. Niqoblangan po‘lat minora: 
1-po‘lat korpus; 2-niqob; 3-lyuk; 4-armaturali kislotabardosh betondan tayyorlangan tom qismi; 
5-changlatuvchi quvur; 6-gidravlik zatvor; 7-kolosnik panjara kolonnalari; 8-to‘ldirgich; 
9-kolosniklar. 
Barcha minoralar – po‘latdan tayyorlangan, ichki qismi andezit, 
beshtaunit yoki sopol bilan himoyalangan bo‘ladi. 1.42-rasmda halqa 
shaklidagi to‘ldirgichli niqoblangan po‘lat minora tasvirlangan. Pastki 
kolosnik (to‘ldirgichni tutib turuvchi panjara) osti qismidagi niqob 
qalinligi 300 dan 450 mm gacha, kolosnikli panjara ustki qismida esa – 
120 mm dan 250 mm gacha bo‘ladi. Denitratsiya va mahsulot 
minoralaridagi niqob boshqa minorali tizimlardagiga nisbatan katta 
qalinlikda bo‘ladi, chunki ularga nisbatan yuqori haroratli gaz keladi. 
Minora tomi armaturali kislotabardosh betondan tayyorlanadi. 
Minora to‘ldirgichlari. Gazning suyuqlik bilan iloji boricha to‘la 
to‘qnashishini ta’minlash uchun minoralar to‘ldirgichlar bilan 
to‘ldiriladi. To‘ldirgichli minoralarda gaz suyuqlik bilan namlangan 
to‘ldirgichlarning sirtida to‘qnashadi, ochiq minoralarda esa – 
changlanadigan suyuqlikning mayda tomchilari sirtida to‘qnashadi. 
Minoralar ishining samaradorligi birmuncha to‘ldirgich turiga va 
uning joylanish usuliga hamda to‘ldirgichsiz minoralarda esa 
suyuqlikning changlanish va taqsimlanish darajasiga bog‘liqdir. Turli xil 


96 
shakldagi to‘ldirgichlar ishlatiladi. To‘ldirgich shakllarini tanlash har bir 
o‘tkaziladigan jarayon xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. 
To‘ldirgich 
sifatini 
tavsiflaydigan 
asosiy 
ko‘rsatkichlar 
quyidagilardan iboratdir: 
1) solishtirma sirt yuzasi to‘ldirgich 1 m
3
hajmdagi to‘ldirgichning 
sirt yuzasi (m
2
/m
3
da); 
2) erkin hajmi to‘ldirgich 1 m
3
hajmdagi to‘ldirgichning gaz 
o‘tadigan bo‘shliq hajmi (m
3
/m
3
da); bu ko‘rsatkich to‘ldirgichning 
gidravlik qarshiligini aniqlaydi; 
3) hajmiy massa (kg/m
3
da); 
4) kislotabardoshligi; 
5) arzonligi. 
1.43- va 1.44-rasmlarda sulfat kislota sanoatlarida qo‘llanilayotgan 
to‘ldirgichlar turlari tasvirlangan. 
1.43-rasm. Minoralarning halqali to‘ldirgichi: 
a – to‘kib qo‘yilgan; b – taxlangan. 
Minoraning to‘ldirgich to‘ldirilgan balandligi H ning uning ichki 
diametri D ga nisbati (H/D) 2-3 dan kam bo‘lmasligi va 6-8 dan katta 
bo‘lmasligi lozimdir. H/D nisbat kichik yoki katta bo‘lganda 
sug‘oriladigan suyuqlik to‘ldirgichni bir xilda namlamaganligi sababli 
ko‘pincha absorbsiyani kerakli darajada to‘la amalga oshirilishiga 
erishib bo‘lmaydi. 
1.44-rasm. Har xil shakldagi keramik to‘ldirgichlar: 
a – egarsimon to‘ldirgich; b – to‘r teshikli halqa; v – spiralli halqa; g – propellerli to‘ldirgich. 


97 
Suyuqliklarni uzatish uchun taqsimlash qurilmalari. Minoralarning, 
shuningdek, barcha minorali tizimning normal ishlashi nafaqat 
sug‘oriladigan kislota miqdoriga, balki minora ko‘ndalang kesimi 
bo‘yicha kislotaning bir xilda taqsimlanishiga ham bog‘liqdir. 
Minoraning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha sug‘oriladigan kislotani 
taqsimlash uchun juda ko‘p turdagi qurilmalar ishlatiladi. 
Zamonaviy korxonalarda minora tomining markaziga o‘rnatiladigan 
markazdan qochma sachratqichlar keng ko‘lamda ishlatilmoqda (1.45-
rasm). 
1.45-rasm. Markazdan qochma sachratqich: 
1-aylanma harakatlantirgich; 2-val; 3-kislota uchun kamera; 4-parrakli taqsimlagich. 
1.46-rasm. Mexanik forsunkalar: 
a: 1-stakan; 2-korpus; 3-vint 
b: 1-vkladish; 2-vkladishning markaziy teshigi; 3-forsunka korpusi; 4-aralashish
kamerasi; 5-vkladish chambaragining kesimi. 


98 
Keyingi yillarda nitrozali usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishda 
minoralarni sug‘orish uchun mexanik forsunkalar juda keng miqyosda 
ishlatilmoqda. Ularning asosiy afzalligi shundaki, qurilmalar sodda 
ishlangan va kislota bir xilda taqsimlanadi. 1.46-rasmda ichki qismi 
bo‘sh minoralarda suyuqlikni sachratuvchi mexanik forsunkalarning ikki 
turi tasvirlangan. 
1.47-rasm. Kislota sovutgichlari: 
a – sug‘oruvchi; b – spiralli; v – havoli 
1-minora; 2-yig‘gich; 3-nasos; 4-sovutgich; 5-havo ventilyatori. 
 
Kislota sovutgichlari. Sulfat kislota ishlab chiqarishda ko‘p 
miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi, uni samarali ajratib olish sanoat 
sharoitida muhim ahamiyatga egadir. Kontakt va nitroza jarayonlari 
asosiy bo‘limlarining harorat rejimi kislota sovutgichlarining ishi bilan 
belgilanadi. 
Sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatlarida turli xildagi: ko‘tarma, 
sug‘orish, quvurli va boshqa kislota sovutgichlari ishlatiladi. 1.47-
rasmda bunday sovutgichlarning sxemalari ko‘rsatilgan. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling