I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131
Sug‘orish harorati va nitrozaliligi. Kislota harorati va nitrozaliligi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, sulfit angidridning nitrozaga absorbsiya tezligi 
shunchalik katta bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot minoralarida 
sug‘oriladigan kislotaning harorati va nitrozaliligini nisbatan yuqori 
darajada ushlab turish maqsadga muvofiqdir. Ammo mahsulot 
minoralari absorbsiya minoralaridan keladigan kislota bilan sug‘oriladi, 
ular harorati va nitrozaliligining ortishi bilan azot oksidlarining yutilishi 
yomonlashadi. Shunga bog‘liq holda minorali jarayonda sug‘oriladigan 
kislotaning optimal harorati va nitrozaliligi tanlanishiga to‘g‘ri keladi. 
Oxirgi absorbsiya minorasini sug‘oradigan kislota harorati iloji 
boricha past bo‘lishi kerak; u muzlatgichni sug‘orishga beriladigan 
sovituvchi suv harorati bilan aniqlanadi. Texnologik rejim me’yorlari 
bo‘yicha tizim oxirgi minorasini sug‘orgadigan kislotaning harorati 
40
O
C dan ortmasligi kerak. Bunda azot oksidlari absorbsiyasi uchun 
yaxshi sharoit yaratiladi, mahsulot minoralari harorat rejimiga oxirgi 


104 
absorbsion minoradan keladigan kislotaning past harorati sezilarsiz 
darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchi absorbsiya minorasini sug‘oradigan kislota 45-55
O

haroratga ega bo‘ladi. Azot oksidlarining absorbsiyasi va suv bug‘ining 
kondensatsiyasi natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga kislota 15-20
O

ga qiziydi va birinchi absorberdan chiqishda 60-75
O
C haroratga ega 
bo‘ladi. Kislota shu haroratda denitratorni va mahsulot minoralarini 
sug‘orishga keladi. Denitratsiya minorasidan chiqadigan kislota harorati, 
asosan, undagi H
2
SO
4
konsentratsiyasi va denitratorga beriladigan 
kuyundi gazining haroratiga bog‘liqdir. Bu harorat qanchalik yuqori 
bo‘lsa, sulfat kislota shunchalik ko‘p denitratsiyalanadi va shunchalik 
ko‘p denitratsiyalangan kislota olinadi, bu oxirgi absorbsiya minorasi 
ishi uchun muhim ahamiyatga egadir. 
Mahsulot minorasini sug‘oradigan kislotaning nitrozaliligi sulfit 
angidridni sulfat kislotaga to‘la qayta ishlanishini amalda ta’minlashi 
kerak: oxirgi mahsulot minorasidan chiqadigan gazdagi SO
2
miqdori 
0,2% dan oshmasligi lozim. Sug‘orish nitrozaliligi ortishi bilan 
minoralardagi SO
2
ni qayta ishlash jadalligi ortadi. Shuning uchun 
zamonaviy minorali tizimlarda mahsulot minorasini sug‘oradigan 
kislotaning nitrozaliligi 15-16% ga yetadi. Lekin kislota nitrozaliligining 
ortishi bilan SO
2
ni qayta ishlash jadalligi ma’lum chegaragacha ortadi, 
unga yetgach, jadallik o‘zgarmay qoladi. Shunday qilib, sanoat 
sharoitida kislota nitrozaliligini haddan tashqari oshirib yuborish ham 
maqsadga muvofiq emas, chunki ortiqcha nitrozalilik chiqindi gazlari 
bilan azot oksidlari yo‘qotilishining ortishiga olib keladi. 
Kislota aylanishi (sug‘oriladigan kislota miqdori), harorat va 
sug‘oriladigan kislota nitrozaliliga azot aylanishi, ya’ni mahsulot 
zonasida gaz fazasiga ajraladigan azot oksidlari miqdori (1 t mahsulotga 
to‘g‘ri keladigan HNO
3
kg hisobida) bog‘liqdir. Minorali tizimlarda 
ularning jadalligi sutkasiga 200-250 kg/m
3
ga yetadi, azot aylanishi esa 
700-900 kg/t ni tashkil etadi. 
Azot aylanishi kislotaning sug‘orish miqdori va nitrozaligi bilan 
bog‘liq quyidagi nisbat bilan aniqlanadi: 
Q
В
N
G
N
G
G
ch
ch
k
k
HNO
3
bu yerada: G
k
va G
ch
– mahsulot minorasiga kiradigan va undan 
chiqadigan nitroza miqdori, kg/soat; N
k
va N
ch
– kiradigan va chiqadigan 
nitrozalardagi HNO
3
miqdori, birlik ulushda; B – yo‘qotishni to‘ldirish 


105 
uchun tizimga beriladigan HNO
3
miqdori, kg/soat; Q – 100% li H
2
SO
4
hisobida tizim unumdorligi, t/soat. 
Azot aylanishini oshirish, ya’ni sug‘oriladigan kislota harorati va 
nitrozaliligini haddan ziyod oshirish gaz fazasiga qo‘shimcha azot 
oksidlarining ajralishiga olib keladi, bu esa absorbsiya minoralari ish 
sharoitini yomonlashtiradi. 
Azot oksidlarini absorbsiyaga tayyorlash. Hisoblashlar va amaliy 
tajribalarning ko‘rsatishicha, bir vaqtda NO ning oksidlanishi va N
2
O
3
ning sulfat kislotaga absorbsiyalanishining borishi ikkala jarayon 
tezligini ham pasaytiradi. Agar dastlab NO ni N
2
O
3
ga oksidlansa, 
so‘ngra azot oksidlarini yutdirish jarayoni amalga oshirilsa, azot 
oksidlarining oksidlanish tezligi anchagina ortadi. 
Minorali tizimda azot oksidlari ichki qismi bo‘sh bo‘lgan 
minoralarda 
oksidlanadi. 
Absorbsiya 
minoralarida 
ham 
azot 
oksidlarining oksidlanishi davom etadi. Absorbsiya minoralarida azot 
oksidlari yutilish tezligini kamayishiga olib keladigan keragidan ko‘p 
miqdordagi NO oksidlanishini oldini olish uchun oksidlash hajmida 
(minorasida) NO va NO
2
ekvimolekulyar nisbatiga nisbatan oz 
miqdordagi NO ni NO
2
ga oksidlanadi. Absorbsiya minoralarida NO 
ning qo‘shimcha oksidlanishi natijasida ekvimolekulyar nisbatdagi NO 
va NO
2
ning yutilish jarayoni uchun qulash sharoitga erishiladi. 
Minorali jarayonda azot oksidlarining talab etiladigan oksidlanish 
darajasiga bu jarayonni amalga oshirish uchun belgilanadigan maxus 
oksilash minorasiz ham erishish mumkin. Buning uchun mahsulot 
minorasida shunday rejim o‘rnatish lozimki, bunda oxirgi mahsulot 
minorasida nafaqat SO
2
ni oksidlash yakunlanishi, balki NO ni kerakli 
darajagacha oksidlash ta’minlanishi lozimdir. 
Minorali tizimning issiqlik balansi. Minorali tizimning sovutgichlar 
bilan birgalikdagi issiqlik balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
Q
k
+ Q
r
+ Q
suyult.
+ Q
kond.
= Q
ch
+ Q
s
+ Q
y
bu yerda: Q
k
va Q
ch
– kiradigan va chiqadigan gazning entalpiyasi; Q
r
– 
H
2
SO
4
olish reaksiyasining issiqligi; Q
suyult.
– mahsulot kislotasining 
belgilangan konsentratsiyasigacha H
2
SO
4
ni suyultirish issiqligi; Q
kond.
– 
gaz bilan kiradigan kondensatsiya issiqligi; Q
s
sovitgich suv bilan 
chiqib ketadigan issiqlik; Q
y
– tashqi muhit bo‘yicha tizimda 
yo‘qotiladigan issiqlik. 
1.4-jadvalda tarkibida 7 va 9,5% SO
2
tutgan kuyundi gazini 1 t 
H
2
SO
4
ga qayta ishlashdagi issiqlik balansi keltirilgan. Kiradigan 


106 
gazning harorati 350
O
C, namligi esa 5% ga teng. Tizimdan chiqadigan 
gaz harorati 35
O
C da, mahsulot kislotasining konsentratsiyasi 76% 
H
2
SO
4
deb olingan. 
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, 1 t H
2
SO
4
olishda sovitgichdarda suv 
bilan qariyib 4000 mj (1 mln kkal) issiqlik chiqarib olinishi kerak. 
Issiqlik uzatish tenglamasiga muvofiq, sovitishga beriladigan kislota 
harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, sovitgichlardagi kerakli darajadagi 
issiqlik almashinish yuzasi shunchalik bo‘ladi. Bu shuni bildiradiki
mahsulot minorasidan chiqadigan kislotadan barcha issiqlikni ajratib 
olinsa va uni to‘la sovutish agentiga uzatilsa sovitish sxemasi samarador 
bo‘ladi. Agar absorbsiya minorasi «o‘zini-o‘ziga» sug‘orsa va unga 
sovitgichlar o‘rnatilgan bo‘lsa, talab etiladigan sovitish yuzasi 
birmuncha kattalashadi. 
1.4-jadval 
1 t H
2
SO
4
olish tizimining issiqlik balansi 
(kuyundi gazi tarkibida 7 va 9,5% SO
2
bo‘ladi) 
Issiqlik kirimi 
Miqdori, mj 
Issiqlik chiqimi 
Miqdori, mj 
7,0% 
SO
2
9,5% 
SO
2
7,0% 
SO
2
9,5% 
SO
2
Kuyundi gazi 
bilan ……………..... 
1550 
1150 
Gaz bilan chiqib 
ketadigan …………… 
120 
90 
H
2
SO
4
olish 
issiqligi …………... 
2300 
2300 
Sovitgich suv bilan 
chiqib ketadigan ……. 
3880 
3510 
Suv bug‘ining 
kondensatsiya 
issiqligi ………….... 
150 
150 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling