I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131
Sug‘orish sxemasi. Sug‘orishning umumiy sxemasi, ya’ni minoralar 
bo‘yicha kislotaning uzatilishi tizimning texnologik rejimiga va 
minoralar miqdoriga bog‘liqdir. 
Etti minorali (ichki qismi bo‘sh bo‘lgan oksidlash minorasi bilan) 
sug‘orish sxemasi 1.49-rasmda ko‘rsatilgan. 
1.49-rasm. Yetti minorali tizimdagi sug‘orish sxemasi 
(minoralarni belgilash 1.48-rasmdagi kabidir). 
Ikkala (1.48- va 1.49-rasmlar) sxemada ham konsentrlangan va 
denitrolangan sulfat kislota minora-konsentrator 2 dan oxirgi absorbsiya 
minorasi 7 ni sug‘orishga uzatiladi, buning natijasida azot oksidlarining 
yuqori darajada yutilishi ta’minlanadi. Maksimal miqdordagi azot 
oksidlari tutgan kislota (minora 5 dan) mahsulot minoralari 2 va 3 ni 
sug‘oradi, bu sulfit angidrid oksidlanishini yuqori tezlikda borishini 
ta’minlaydi. 
Agar mahsulot minorasi 2 dan keladigan kislota miqdori oxirgi 
absorbsiya minorasi to‘ldirgichlarini to‘la namlash uchun yetarli 
bo‘lmasa, absorber 7 dan chiqadigan kislotaning bir qismi uni o‘zini 


102 
sug‘orishga qaytariladi, ya’ni oxirgi absorbsiya minorasi qisman «o‘z-
o‘zini» sug‘oradi. 
Sug‘orish zichligi. Elektroenergiyani iqtisod qilish uchun sug‘orish 
zichligi minimal bo‘lishi, lekin to‘ldirgichlarni to‘la namlash uchun 
yetarli bo‘lishi kerak. Kerakli darajadagi minimal sug‘orish zichligini 
to‘ldirgich sirt yuzasidan va bu yuzani namlaydigan kislota plenkasi 
qalinligidan 
kelib 
chiqib 
hisoblash 
mumkin. 
Laboratoriya 
ma’lumotlariga ko‘ra, minimal sug‘orish zichligi 3-4 m
3
/(m
2
∙soat) ni 
tashkil etadi. Sanoat sharoitida sug‘orish zichligi birmuncha kattadir – 
10-15 m
3
/(m
2
∙soat) ni tashkil qiladi, chunki hozirda qo‘llanilayotgan 
kislota sachratqichlari minoraning barcha ko‘ndalang kesimi bo‘yicha 
kislotani bir xilda tekis taqsimlanishini ta’minlay olmaydi, sug‘orish 
zichligi ortishi bilan esa kislotaning bir xilda taqsimlanmasligi 
kamayadi. Bundan tashqari, ortiqcha sug‘orish zichligi mahsulot 
zonasida unga yetarlicha miqdordagi azot oksidlari berilishiga olib 
keladi. 
Sug‘orish zichligi juda katta bo‘lganda minoralarning «tiqilib 
qolishi» kuzatiladi – to‘ldirgichda gazning o‘tishi uchun erkin bo‘shliq 
shunchalik kamayadi, bu esa suyuqlik qatlami orasidan gazning 
ko‘pchip chiqishiga olib keladi. 
Sug‘orish zichligidan tashqari, sug‘orish takroriyligi termini ham 
ishlatiladi. 
Sug‘orish 
takroriyligi 
deganda 
barcha 
minoralar 
sug‘oriladigan kislotaning umumiy miqdorini tayyor mahsulot 
miqdoriga nisbati tushuniladi. Sug‘orish qaytaligi moddiy balans 
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi va u odatda 30-50 ni tashkil etadi. Bir 
xil sug‘orish zichligida tizim qanchalik jadallik bilan ishlasa, sug‘orish 
takroriyligi shunchalik kam bo‘ladi. Jadalligi kam tizimlarda sug‘orish 
zichligini yetarlicha hosil qilish uchun uning takroriyligi, minorani 
qisman «o‘z-o‘zini» sug‘orishi orqali oshiriladi. 
Sug‘oriladigan kislota konsentratsiyasi. 1.49-rasmdan ko‘rinadiki, 
minoralarni sug‘oradigan kislota bitta umumiy siklda aylanadi: 
absorbsiya minorasidan kislota mahsulot minorasini sug‘orishga 
yuboriladi, so‘ngra kislotaning bir qismi oxirgi absorbsiya minorasini 
sug‘orishga, qolgan qismi esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. 
Shuning uchun minorali kislotaning konsentratsiyasini tanlash nafaqat 
texnologik omillar orqali, balki kislota iste’molchilari talabiga, uni 
tashish sharoitlariga va boshqalarga qarab aniqlanadi. 


103 
Davlat 
standartlari 
talablariga 
muvofiq, 
minorali 
kislota 
konsentratsiyasi 75% H
2
SO
4
dan kam bo‘lmasligi lozimdir. Bunday 
kislotaning kristallanish harorati –51
O
C ga teng, shuning uchun qish 
faslida tashish va saqlashda uni amalda muzlab qolishi kuzatilmaydi. 
Minorali sulfat kislota zavodlarida sifati bo‘yicha ko‘pchilik 
iste’molchilar talabini qanoatlantiruvchi va tashish uchun anchagina 
qulay nisbatan yuqori konsentratsiyali kislota ham ishlab chiqarilishi 
mumkin. Lekin H
2
SO
4
konsentratsiyasi ortishi bilan birinchi minora 
(denitrator) da kislotaning denitratsiya darajasi yomonlashadi, mahsulot 
minoralarida esa SO
2
ning oksidlanish tezligi pasayadi va x.o. 
Minoralarni pasaytirilgan konsentratsiyali (75% H
2
SO
4
dan kam) 
kislota 
bilan 
sug‘orish 
azot 
oksidlarining 
absorbsiyalanishini 
yomonlashishiga va ularning yo‘qotilishining ortishiga olib kelganligi 
sababli maqsadga muvofiq emasdir. Bundan tashqari, konsentratsiya 
75% H
2
SO
4
dan kam bo‘lganda, kislota po‘lat va cho‘yan jihozlar 
korroziyalanishini kuchaytiradi. 
Ayrim zavodlarda denitratsiya minorasida nisbatan yuqori 
konsentratsiyali kislota olish uchun denitrator oz miqdordagi kislota 
bilan sug‘oriladi; kislota qaynoq kuyundi gazi bilan qizdiriladi va 90-
91% H
2
SO
4
konsentratsiyagacha bug‘latiladi. Ammo bu texnologik 
jarayonni murakkablashtiradi va shuning uchun ayrim hollardagina 
amalda qo‘llaniladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling