I shamshidinov noorganik moddalar va
Deflegmatsiya prinsipi bo‘yicha ishlaydigan qurilma
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Deflegmatsiya prinsipi bo‘yicha ishlaydigan qurilma. Bunday
qurilmalarda kislotani konsentrlash yopiq qozonda (retortada) H 2 SO 4 eritmalarini qaynatish, hosil bo‘ladigan bug‘ni bir necha tarelkalardan iborat deflegmatorli kolonnalar orqali ajratib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Deflegmatsiya prinsipi bo‘yicha ishlaydigan qurilma sxemasi 1.56- rasmda tasvirlangan. Konsentrlangan (98% H 2 SO 4 ) sulfat kislota o‘txona gazlari bilan qizdiriladigan kislotaga chidamli cho‘yandan yasalgan retorta 1 ga quyiladi. Sulfat kislota bug‘lari 9-10 tarelkalardan iborat yoki to‘ldirgichli minora ko‘rinishidagi kislota bilan sug‘oriladigan deflegmatror 3 ga ko‘tariladi. Har bir tarelkada pastda joylashgan tarelkalardan chiqadigan H 2 SO 4 bug‘larining bir qismi kondensatlanadi. Oxirgi (yuqoridagi) tarelkadan faqat amalda suv bug‘i chiqadi, bu 117 tarelkaga esa 67-70% li kislota beriladi. Suv bug‘i kondensator 4 ga keladi. U yerda bug‘ sovuq suv bilan aralashib kondensatlanadi va suyuqlik kanalizatsiyaga oqiziladi. 1.56-rasm. Deflegmatsiya turidagi konsentrlash qurilmasi: 1-retorta; 2-o‘txona; 3-deflegmator; 4-kondensator; 5-o‘txona gazlari issiqligidan foydalanish minorasi; 6-kislota sovutgichi. Kondensatorda ozgina vakuum hosil bo‘ladi, bu esa tizimning vakuum ostida ishlashini ta’minlaydi va kislota birmuncha past haroratda qaynaydi, shuning uchun uning parchalanishi bartaraf etiladi. Konsentrlangan kislota qozondan to‘xtovsiz ravishda sovutgich 6 ga tomib turadi, deflegmator 3 ga ta’minlash idishidan suyultirilgan kislota kelib turadi. Retorta 1 (qozon) dagi aralashtirgichning aylanib turishi uning devorlarida cho‘kma hosil bo‘lishini oldini oladi, shu sababli bunday konsentratorlarda ifloslangan kislotalarni ham konsentrlash mumkindir. Deflegmatorli qurilmalarda kislotaning qaynoq gaz bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri to‘qnashuvidagiga nisbatan yuqori konsentratsiyali (98% H 2 SO 4 gacha) kislota olinadi. Kislotaning yo‘qotilishi (barcha mahsulot kislotasining 1-2% qismi) kamdir, ammo kislotaning qaynoq gaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvidagi qurilmalarga nisbatan yoqilg‘i sarfi ko‘pdir. Kam unumdorlikka (10-20 t/sutka) ega bo‘lganligi sababli keltirilgan qurilma kam ishlatiladi. Issiqlikdan foydalanishni yaxshilash uchun chiqindi gazlari retortadan to‘ldirgichli minora 5 ga yuboriladi. Bu minora konsentrlashga yuboriladigan sulfat kislota bilan sug‘oriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling