I shamshidinov noorganik moddalar va
Qattiq sovutish va konvertirlangan gazni suyuq azot bilan
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Qattiq sovutish va konvertirlangan gazni suyuq azot bilan
yuvish usuli orqali koks gazini ajratish. Qattiq sovutish orqali qo‘shimchalarni kondensatsiyalash orqali vodorodni tozalash usuli, xuddi havoni fraksiyalarga ajratish kabi, gazlarning turli haroratda kondensatsiyalanishiga asoslangan. Bu usul koks gazidan vodorod olishda va CO 2 yuvilgandan so‘ng konvertirlangan gazni CO va inert qo‘shimchalardan tozalashda foydalaniladi. Ammiak sintezi uchun azot va vodorod aralashmasi ishlatiladi, shuning uchun tozalashga keladigan gazdan azotni yo‘qotish maqsadga muvofiq emas. Ammo azot va is gazining qaynash haroratlari juda kam farq qiladi, fraksiyali kondensatsiyalashning ularni ajratish juda qiyindir. Shuning uchun CO gazni suyuq azot bilan yuvish orqali yo‘qotiladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, azot-vodorod aralashmasi yuvish minorasida suyuq azot bilan yuviladi. Bunda gaz to‘la CO, shuningdek inert qo‘shimchalar: metan va argondan amalda to‘la tozalanadi. Yuvishda gazning azot bilan to‘yinishi H 2 :N 2 = 4:1 gacha yetadi. Azot qo‘shish bilan ammiak sintezi uchun kerak bo‘ladigan H 2 :N 2 = 3:1 nisbatdagi gazlar aralashmasi olinishi mumkin bo‘ladi. Koks gazini ajratish va konvertirlangan gazni tozalash 10-28 atm bosimda o‘tkaziladi. Koks gazi ajratish blokiga kelishdan oldin H 2 S, CO 2 va namdan yaxshilab tozalanadi, chunki ular muz hosil qilishi va 135 jihozlarni korroziyalashi mumkin. Koks gazi ajratish blokida ham, konvertirlangan gaz tozalash blokida ham azot oksidlari miqdori qat’iy nazorat qilinadi, uning agregatlarda to‘planishi portlashga olib kelishi mumkin. Konvertirlangan gaz CO 2 tozalangandan so‘ng ammiakli sovutgichlarda –40 O C gacha sovutiladi, alyumogel bilan quritiladi va quyi haroratli blokka yuboriladi. Quyi haroratli blokda gaz uchta issiqlik almashtirgichda –188 O C gacha qarshi oqimli azot-vodorod aralashmasi bilan birin-ketin sovutiladi. So‘ngra gaz bug‘latgichga keladi, u yerda – 189 o C÷–194 o Cgacha sovutiladi va qisman kondensatsiyalanadi. Xladogent sifatida yuvish minorasidan keladigan is gazi ishlatiladi. Gaz bug‘latgichdan tarelka turidagi yuvish minorasiga yuboriladi. Yuvish minorasining yuqori qismidan azot-vodorod aralashmasi chiqadi, quyi qismidan esa is gazi fraksiyasi chiqarib olinadi. Xladagent sifatida yuqori bosimli (200 atm) azot ishlatiladi, u bug‘latgichda sovutilgandan so‘ng qisiladi. Suyuq azot yuvish minorasining yuqori qismidan beriladi. Azot-vodorod aralashmasi bilan chiqib ketadigan sovuqlikdan yuvishga keladigan gazni sovutishda foydalaniladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling