I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Azot-vodorod aralashmasini tozalash
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazni karbonat angidriddan tozalash.
2-§. Azot-vodorod aralashmasini tozalash
Ammiak sintezi uchun kislorod va oltingugurt birikmalaridan anchagina to‘la tozalangan azot-vodorod aralashmasi kerak bo‘ladi. Chunki bunday qo‘shimchalar katalitik zaharlar hisoblanadi. Zamonaviy sanoat qurilmalarida ammiak sinteziga keladigan gazda gazdagi CO 2 va CO miqdori 40 sm 3 /m 3 dan ortmasligi kerak, H 2 S miqdori 0,2 sm 3 /m 3 dan, inert qo‘shimchalar (CH 4 va Ar) esa 1% dan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Shu bilan bir qatorda metan konversiyasidan so‘ng gaz tarkibida, % hisobida: CO 2 = ~30, CO = 0,3-0,4, CH 4 = 0,5 va Ar = 0,5, H 2 S esa sezilarsiz darajada bo‘ladi. Koks gazi tarkibiga 7% CO, 25% CH 4 , 0,3-1,4% H 2 S va boshqa qo‘shimchalar kiradi. Ma’lumki, oltingugurtli birikmalar metan konversiyasi katalizatori uchun zahar hisoblanadi, tabiiy va yo‘ldosh gazlarni ulardan muntazam tozalab turish kerak bo‘ladi. Gazlarni sanoatda tozalash usullari xilma-xildir. Odatda ular uchta asosiy guruhlarga bo‘linadi: 1) suyuq yuttiruvchilar (absorbentlar) yordamida tozalash; 2) qattiq yuttiruvchilar (sorbentlar) yoki katalizatorlar yordamida tozalash (quruq usul); 3) sovutish, ya’ni qo‘shimchalarni suyuq yoki qattiq holatga o‘tkazio‘ yo‘li bilan tozalash. Gazni karbonat angidriddan tozalash. Sanoatda gazni karbonat angidriddan tozalash, odatda, birinchi usul bilan amalga oshiriladi. Suyuq absorbent sifatida suv, monometanolamin, potashning qaynoq eritmasi, ammiakli suv ishlatiladi. Suvli tozalash konversiya gazidagi boshqa gazlarga nisbatan karbonat angidridning suvda yaxshi erishiga asoslangandir. Suv bilan CO 2 ni absorbsiyalash yuqori bosim ostida o‘tkaziladi, bosim pasaytirilganda suvdan karbonat angidrid ajralib chiqadi. Suvli tozalashda 25-30 atm bosim ostidagi konversiya gazi (2.4-rasm) skrubber 1 ning pastki qismidan, yuqoridan esa skrubber to‘ldirgichini 131 sug‘oradigan suv beriladi. Minoradan bosim ostida oqib chiqadigan suv turbina 4 ga, undan elektromotor 2 bilan val orqali harakatlanuvchi suvni haydash nasosi 3 ga beriladi. Shunday qilib suvni skrubberga uzatishda sarflanadigan 60% atrofidagi energiya regeneratsiyalanadi. Trubinada suvning bosimi atmosfera bosimigacha pasayadi, gazlarning eruvchanligi kamayadi va ular suvdan desorbsiyalanadi. Suvni sovutilgandan so‘ng yana skrubber to‘ldirgichlarini sug‘orishga qaytariladi. Suv degazatsiyasida olingan ekspanzer gaz deb ataluvchi gaz tarkibida 98% gacha CO 2 bo‘ladi. Undan karbamid, ammoniy karbonat, quruq muz kabilar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 2.4-rasm. Konversiya gazini CO 2 dan suvli tozalash qurilmasining sxemasi. Etanolaminli tozalash mono- va dietanolaminlar: (CH 2 CH 2 OH)NH 2 va (CH 2 CH 2 OH) 2 NH aralashmasining suvli eritmasida amalga oshiriladi. Gazni karbonat angidriddan tozalash quyidagi sodir bo‘ladigan qaytar reaksiyalarga asoslangan: 2RNH 2 + H 2 O + CO 2 ⇄ (RNH 3 ) 2 CO 3 + Q 2R 2 NH + H 2 O + CO 2 ⇄ (R 2 NH 2 ) 2 CO 3 + Q (RNH 3 ) 2 CO 3 + H 2 O + CO 2 ⇄ 2RNH 3 HCO 3 + Q (R 2 NH 2 ) 2 CO 3 + H 2 O + CO 2 ⇄ 2R 2 NH 2 HCO 3 + Q bu yerda: R – CH 2 CH 2 OH. 132 Yuttirish jarayoni 40-45 O C haroratda amalga oshiriladi. Absorbsiya natijasida hosil bo‘ladigan karbonat va bikarbonat aminlari 120 O C haroratgacha qizdirish orqali CO 2 ajralib chiqishi bilan parchalanadi. Potashning qaynoq eritmasi bilan tozalash 10-20 atm bosim ostida 110-120 O C haroratda o‘tkaziladi. Odatda tarkibida 25% K 2 CO 3 tutgan mishyak (As 2 O 3 ) bilan faollangan eritma ishlatiladi. CO 2 yutilishida kaliy karbonat bikarbonatga aylanadi: K 2 CO 3 + CO 2 + H 2 O → KHCO 3 Eritma regeneratsiyasi bosimni kamaytirish orqali o‘tkaziladi. Bu usulning afzalligi – issiqlik almashtirgich jihozlarining bo‘lmasligi va regeneratsiyaga bug‘ sarfining qisqarishidir. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling