I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Sintetik ammiak ishlab chiqarish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
3-§. Sintetik ammiak ishlab chiqarish
Ammiak sontezi quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: N 2 + 3H 2 ⇄ 2NH 3 + Q Ammiak sintezi hajm kamayishi va issiqlik ajralishi bilan boradigan qaytar jarayondir. Demak, bosimni oshirish va haroratni pasaytirish orqali reaksiya muvozanatini ammiak sintezi tomonga siljitish mumkin. Masalan, 200 O C harorat va 10 atm bosimda azot va vodorod stexiometrik nisbatidagi aralashmasida NH 3 ning muvozanat konsentratsiyasi 50,7% ni tashkil etadi. Xuddi shu bosimda haroratni 300 O C gacha oshirilishi ammiak konsentratsiyasining 14,7% gacha pasayishiga olib keladi. 300 O C haroratda, ammo bosim 10 atm emas, balki 300 atm bo‘lganda NH 3 konsentratsiyasi 71,0% ni tashkil etadi. Azot molekulasida bog‘ning xattoki yuqori haroratda (800 O C) ham yuqori mustahkamlikka ega bo‘lganligi sababli ammiak sintezi juda ham sekin sodir bo‘ladi. Sintez jarayonini tezlashtirish uchun 400-550 O C haroratda sintezni o‘tkazishni ta’minlaydigan katalizatorlar qo‘llaniladi. Ammiak sintezining nisbatan faol katalizatorlaridan biri temir oksidlaridan (Fe 3 O 4 ) qaytarib olingan temir metalli hisoblanadi. Yuqori 136 harorat (450-550 O C) ta’sirida va katalitik zaharlar (oltingugurtli va kislorodli birikmalar) bilan ta’sirlashishi natijasida temir katalizatori tezda o‘zining faollligini yo‘qotadi. Katalizatorning yuqori va turg‘un faolligini ta’minlash uchun uni tayyorlash jarayonida promotorlar (Al 2 O 3 , K 2 O, CaO) qo‘shish orqali faollanadi. Ishlab chiqarish sharoitida katalizatorning xizmat qilish muddati ikki yilni tashkil etadi. Katalizatorni kislorodli birikmalar (H 2 O, CO 2 , CO) qaytar (qayta tiklanadigan), oltingugurtli birikmalar qaytmas (qayta tiklanmaydigan) zaharlaydi. Ammiak sintezi bir necha bosqich bo‘yicha sodir bo‘ladigan geterogen-katalitik jarayondir: 1) gaz hajmidan katalizator bo‘laklari sirtiga va uning ichki qismiga azot va vodorodningdiffuziyasi; 2) katalizator sirtiga gazlarning faollangan (kimyoviy) absorbsiyasi: 3) katalizator sirtida azot va vodorodning ta’sirlashishi; 4) ammiak desorbsiyasi va uning ichki hajmidan gaz fazasi hajmiga diffuziyasi. Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, temir katalizatorida barcha jarayon tezligini belgilab beradigan bosqich azotning faollangan absorbsiyasi hisoblanadi. Ammiak sintezi jarayonining tezligi haroratga, bosimga, hajmiy tezlikka, gaz fazasidagi azot, vodorod va ammiak konsentratsiyasiga, inert qo‘shimchalar (Ar va CH 4 )ga hamda katalitik zaharlarga bog‘liqdir. Ishlab chiqarishdagi temir promotor katalizatorlari uchun sintez jarayoni tezligini Temkin M.I tenglamasi bo‘yicha taxminan hisoblash mumkin: bu yerda: k 1 – ammiak sintezi tezlik konstantasi; k 2 – ammiak parchalanishi tezlik konstantasi; , va – azot, vodorod va ammiakning parsial bosimlari; α – doimiy kattalik, temir katalizatori uchun 0,5 ga teng. k 1 va k 2 konstantalar quyidagi tenglamaga bog‘liq: bu yerda: K muv. – ammiak sintezi reaksiyasining muvozanat konstantasi. Shuning uchun bitta tezlik konstantasini bilgan holda ikkinchisini topish mumkin bo‘ladi. 137 2.5-rasmda stexiometrik tarkibdagi gazlar aralashmasida ammiak miqdorining haroratga va 300 atm bosimdagi hajmiy tezlikka bog‘liqlikni tavsiflovchi ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarishning AS-1 turidagi katalizatorlarida olingan. Uning ko‘rsatishicha, hajmiy tezlik ortishi bilan, ya’ni gazning katalizator bilan to‘qnashuv vaqti kamayishi bilan gazdagi ammiak miqdori kamayadi va bu har bir hajmiy tezlik uchun optimal harorat bo‘lishini, u mazkur sharoitda katalizatorning maksimal unumdorligiga muvofiq kelishini ko‘rsatadi. 2.5-rasm. Azot-vodorod aralashmasidagi ammiak miqdorining turli xil hajmiy tezlikdagi haroratga bog‘liqligi (300 atm, N 2 :H 2 =1:3): 1 – 15000 soat –1 ; 2 – 30000 soat –1 ; 3 – 60000 soat –1 ; 4 – 120000 soat –1 . Ammiak sintezi agregatining unumdorligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling