I shamshidinov noorganik moddalar va


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
Is gazi konversiyasi. Metan konversiyasidan olingan konversiya 
gazi, shuningdek generator gazi tarkibida 20 dan 40% gacha CO bo‘ladi. 
Is gazining suv bug‘i bilan ta’sirlashishidan ham vodorod olinishi 
mumkin. Binobarin, is gazi konversiyasida gazlarning umumiy hajmi 
o‘zgarmay qoladi, bosimning ortishi reaksiya tezligini bir necha marta 
oshirsa ham is gazi konversiyasi muvozanatini o‘zgartirmaydi. Suv 
bug‘i miqdorining ortishi konversiya jarayonining deyarli to‘la sodir 
bo‘lishiga olib keladi. Konversiya jarayoni ekzotermik bo‘lishiga 
qaramay konvertor gazidagi qoldiq CO miqdorini oshiradi. Ammo past 
haroratda mazkur reaksiya xatto katalizator ishtirokida ham sekin 


128 
boradi. Ilgarilari CO konversiyasida katalizator sifatida xrom, aluminiy, 
kaliy va kalsiy oksidlari kabi promotor qo‘shimchalar qo‘shilgan 
temir(III)-oksid ishlatilgan. Bu katalizatorlar faqat 450-500
O
C haroratda 
konversiya jarayonini yetarli tezlikda o‘tkazish imkonini beradi, ya’ni 
gazlar aralashmasidagi qoldiq CO miqdorini 2-4% bo‘lishini 
ta’minlaydi. Qoldiq CO miqdorining yuqori bo‘lishi ammiak sintezidagi 
katalizatorni zaharlaydi, gazni tozalash uchun esa yirik va murakkab 
tozalash tizimini talab etadi. 
Keyingi paytlarda CO konversiyasi uchun past haroratli katalizator 
(rux-xrom-misli) ishlatilmoqda, bunda CO konversiyasini 250-300
o

haroratda amalga oshirilishi mumkin. Haroratning pasayishi is gazi 
konversiya reaksiyasi muvozanatini vodorod hosil bo‘lish tomonga 
siljitadi va shu tufayli gazdagi qoldiq CO miqdorini 0,2-0,4% gacha 
yetkazishga erishiladi. Gazda qoldiq CO miqdori kam bo‘lishi, gazning 
CO
2
dan tozalangandan so‘ng, metan olish yo‘li bilan CO ni katalitik 
gidrogenlash (metanlash) amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 
Past haroratli katalizator oltingugurt tutgan birikmalarga ta’sirchan 
bo‘ladi, bu esa gazni sulfidli birikmalardan tozalashga alohida ahamiyat 
berilishini talab qiladi. Sanoat sharoitida is gazi konversiyasini metan 
konversiya usuliga bog‘liq holda atmosfera bosimida yoki yuqori 
bosimda o‘tkaziladi. CO konversiya jarayoni gazning radial harakati va 
taxmonlar bo‘yicha kondensatning bug‘lanishi hisobiga haroratning 
pasaytirilishi orqali taxmonli konvertorlarda o‘tkaziladi. 
2.3-rasmda 
atmosfera 
bosimida 
metanning 
ikki 
bosqichli 
konversiyasi va is gazini ikki bosqichli konversiyasi usullari bilan azot-
vodorod aralashmasi olish uchun qurilma sxemasi tasvirlangan. 
Tarkibida metan bo‘lgan tabiiy gaz atmosfera bosimiga yaqin 
bosimda issiqlik almashtirgich 1 ga beriladi, u yerda is gazi konvertori 9 
dan chiqadigan konvertor gazi bilan 380
o
C haroratgacha qiziydi. 
So‘ngra u oltingugurtli gazdan tozalash uchun rux asosidagi yutdirgich 
to‘ldirilgan jihoz 2 ga yuboriladi. 380
o
C haroratda gazning oltingugurt 
birikmalaridan yetarlicha to‘la tozalanishiga erishiladi. Tozalangan gaz 
oldindan bug‘qizdirgich 10 da 380
o
C haroratgacha qizdirilgan suv bug‘i 
bilan bug‘-gaz aralashtirgich 3 da aralashadi. Bug‘:gaz = 2,5:1 hajmiy 
nisbatda olingan bug‘-gaz aralashmasi metan konversiyasining birinchi 
bosqichini o‘tkazish uchun quvurli kontakt jihozi 4 yuboriladi. Nikel 
katalizator xrom-nikelli issiqlikbardosh po‘latdan tayyorlangan vertikal 
quvurlarga joylashtirilgan, u tashqi tomonidan o‘txona gazlari bilan 


129 
qizdiriladi. Bug‘-gazli aralashma quvurlar bo‘yicha yuqoridan pastga 
harakatlanadi, bunda harorat kirishda 380
o
C dan quvurdan chiqishda 
700
o
C gacha oshadi. Quvurli pechda metan taxminan 70%ga 
konversiyalanadi. 
2.3-rasm. Metanni ikki bosqichli konversiyalash qurilmasining sxemasi. 
Metanning keyingi konversiyasi nikel katalizator to‘ldirilgan 
ikkinchi bosqich konvertori 5 da o‘tkaziladi. Bu konvertorga havo 
beriladi, metanning qolgan qismining oksidlanishi hisobiga unda harorat 
1000
o
C gacha yetadi. Ikkinchi bosqich konvertoriga beriladigan havo 
to‘g‘rilagich yordamida shunday ushlab turiladiki, konversiyalangan 
oxirgi gazda azot:vodorod = 1:3 hajmiy nisbat ta’minlanadi. Konvertor 5 
da qoldiq metan suv bug‘i bilan ta’sirlashadi va konversiyalangan gaz 
850
o
C haroratda yuttirgich qozon 7 ga beriladi, u yerda uning harorati 
400
o
C gacha pasayadi. So‘ngra gaz is gazi konversiyasiga uzatiladi. 
Haroratni boshqarib turish uchun CO konvertoridan oldin 
namlagich 6 o‘rnatiladi, u orqali kerak bo‘lganda ikkinchi bosqich 
kondensatordan keladigan gazning bir qismi o‘tkaziladi. Namlagichda 
suvli kondensat qaynaydi va uning bug‘lanishi hisobiga gazning bug‘ 
bilan qo‘shimcha to‘yinishi sodir bo‘ladi, bunda gaz harorati pasayadi. 
Yuttirgich qozon va namlagichdan chiqadigan bug‘-gazli aralashma 
bug‘-gazli aralashtirgich 8 ga yuboriladi, u yerga shuningdek kerak 
bo‘lsa aralashmadagi bug‘:gaz nisbatini ta’minlash uchun suv bug‘i ham 
berilishi mumkin. 400
o
C haroratdagi bug‘-gazli aralashma temir-xromli 
katalizator to‘ldirilgan is gazining ikki bosqichli konvertori 9 ga keladi. 
Konvertor 9 dan chiqishda doimiy harorat 410
o
C atrofida ushlab turiladi, 
bunda haroratni boshqarish ikkala bosqich konversiya orasiga kondensat 


130 
berish bilan amalga oshiriladi. So‘ngra gaz bug‘qizdirgich 10, issiqlik 
almashtirgich 1, namlagich 11 orqali o‘tadi va past haroratli katalizator 
joylangan ikkinchi bosqich konvertori 12 ga keladi. U yerda 250
o

harorat va bug‘:gaz=1,0:1,1 nisbatda konvertor gazida ~0,3% CO 
qolguncha is gazi konversiyasi sodir bo‘ladi. Ikkinchi bosqich 
konvertoridan chiqadigan konversiya gazining issiqligi suvni qizdirish 
uchun ishlatiladi. Sovutilgan gaz CO
2
dan tozalash va metanlashtirishga 
yuboriladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling