I shamshidinov noorganik moddalar va


-§. Nitrat kislota ishlab chiqarish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131
5-§. Nitrat kislota ishlab chiqarish 
Nitrat kislota – muhim mineral kislotalardan biri hisoblanadi. 
Suvsiz nitrat kislota HNO
3
zichligi 1,52 g/sm
3
(15
O
C da) bo‘lgan og‘ir 
suyuqlik bo‘lib, havoda tutaydi. U –47
O
C haroratda muzlaydi va 86
O

da qaynaydi. Kislotaning qaynaganda qisman u azot(IV)-oksid hosil 
qilish bilan parchalanadi. Ajralib chiqadigan azot(IV)-oksid kaslotada 


147 
eriydi va kislotani sarg‘ish yoki qizg‘ish rangga (NO
2
miqdoriga 
muvofiq) bo‘yaydi. 
Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi va gidratlar 
(HNO
3
∙H
2
O, HNO
3
∙2H
2
O va x.k.) hosil qiladi. Sultirilgan nitrat kislota 
bug‘latilganda uning miqdori eritmada 121,9
O
C haroratda qaynaydigan 
azeotrop aralashmaga muvofiq keladigan konsentratsiyagacha (68,4%) 
ortadi (2.14-rasm). 
2.14-rasm. H
2
O–HNO
3
sistema uchun muvozanat diagrammasi. 
Nitrat kislota – kuchli oksidlovchi. Konsentrlangan nitrat kislota 
metallarning ko‘p qismini ularga muvofiq keladigan oksidlar va 
nitratlarga aylantiradi. Ayrim metallar, masalan Al, Fe, Cr nitrat kislota 
bilan ta’sirlashganda metall sirtida kislotaning ta’siriga chidamli oksid 
qatlamlari hosil qiladi. 
Ko‘pgina organik birikmalar nitrat kislota ta’sirida parchalanadi
ulardan ayrimlari konsentrlangan nitrat kislotada yonishi ham mumkin. 
Konsentrlangan nitrat kislota siklik organik birikmalar bilan 
ta’sirlashganda ulardagi vodorod atomlari o‘rnini nitroguruh oladi va 
nitroorganik birikmalar hosil qiladi. Gidroksil guruhli organik birikmalar 
bilan HNO
3
efirlar hosil qiladi. 
Nitrat kislota sanoatda ham, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida 
ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha u sulfat 
kislotadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqariladigan nitrat 
kislotaning ko‘p qismi o‘g‘itlar, portlovchi moddalar, raketa yoqilg‘ilari 
ishlab chiqarishga sarflanadi. Bundan tashqari u sulfat kislota (nitroza 
usuli), sintetik bo‘yoqlar, turli xil plastmassalar, nitrosellyuloza, sintetik 
tolalar va x.k. ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Sanoatda uch xil navdagi suyultirilgan (kuchsiz – 45-55% HNO
3

va ikki navdagi konsentrlangan (97-98% HNO
3
) nitrat kislota ishlab 
chiqariladi. 


148 
Ammiakdan suyultirilgan nitrat kislota olish jarayoni quyidagi 
reaksiyalarga asoslangan: 
1) 
Ammiakning azot(II)-oksidgacha kontaktli oksidlanishi: 
4NH
3
+ 5O
2
→ 4NO + 6H
2

2) 
Azot(II)-oksidning azot(IV)-oksidgacha oksidlanishi: 
2NO + O
2
⇄ 2NO
2
3) 
Azot(IV)-oksidning suvga absorbsiyasi: 
3NO
2
+ H
2
O → 2HNO
3
+ NO 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling