I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Venturi
quvurli qurilma. Mavjud konsentratsiyalash qurilmalarining ko‘pchiligida bir necha (10 va undan ortiq) barbotajli konsentratorlar o‘rnatilgan, chunki bitta jihozning unumdorligi nisbatan yuqori emas, bunday jihozlarning unomdorligini oshirish ancha mushkuldir – ular anchagina katta va murakkab hisoblanadi. Shu munosabat bilan quvurdagi qaynoq gaz oqimida kislotaning changlanishi bilan ishlaydigan konsentratorlarga katta qiziqish ortadi. Gazning yuqori tezligida va katta sirt yuzada sulfat kislotaning mayda tomchilari hosil bo‘lganligi sababli konsentrlash jarayoni juda jadal suratda sodir bo‘ladi. 1.55-rasmda Venturi quvurlari shakliga ega bo‘lgan ikki changlatuvchi jihozdan iborat qurilma sxemasi tasvirlangan. Venturi quvurlarida xuddi ikki kamerali konsentrator kameralaridagi kabi jarayonlar sodir bo‘ladi. Konsentrlash jarayoni quyidagilardan iborat: konsentrlanadigan sulfat kislota ikkinchi (gaz harakti yo‘nalishi bo‘yicha) Venturi quvuri 6 ga beriladi, u yerda changlanadi va mayda tomchilar tarzida gaz oqimi bilan siklon 7 da ushlab qolinadi, u yerda tomchilar cho‘ktiriladi; gaz oqimining tezligi ortishi bilan hosil bo‘ladigan tomchi o‘lchami kamayadi; gaz tezligi 100 m/sek bo‘lganda suyuqlik qariyib 10 mkm o‘lchamli tomchilarga bo‘linadi; quvurning kengaygan qismida gaz oqimining tezligi kamayadi, tomchilar bir-biriga urishib, ularning o‘lchami 10-20 mkm gacha yiriklashadi; bunday o‘lchamdagi tomchilar siklonda ushlab qolinishi uchun yetarlidir; siklonda yig‘iladigan sulfat kislota birinchi Venturi quvuri 4 ga tushadi, u yerda barcha kislota changlanadi va gaz oqimi bilan siklon 5 da ushlab qolinadi, u yerda ajratilgan konsentrlangan sulfat kislota sovutgich 3 ga o‘tadi. Kislota tomchilari hosil qiladigan va uni bug‘latadigan qaynoq o‘txona gazi o‘txona 1 dan 950-1000 O C haroratda birinchi Venturi quvuri 4 ga keladi. Bu yerda gaz 220-230 O C haroratgacha, ikkinchi quvur 6 da esa – 150 O C gacha soviydi. Venturi quvurlarida harakatlanadigan gaz tezligi qariyib 150 m/sek ni, qurilmaning gidravlik tezligi esa 1700-1750 mm suv ust. ni tashkil qiladi. Gazdagi sulfat kislota tumanining miqdori ikkinchi siklon 7 dan keyin (chiqishda) 4-5 116 g/m 3 ni tashkil etadi, bu uch kamerali kondensatordagiga nisbatan taxminan ikki marta kamdir. 1.55-rasm. Venturi quvurlarida sulfat kislotani konsentrlash jarayonining sxemasi: 1-o‘txona; 2-nasos; 3-kislota sovutgichi; 4-Venturi quvuri (konsentrator); 5,7-siklon- separatorlar; 6-Venturi quvuri (tuman tutgich); 8-me’yorlashtirgich (dozator); 9-ta’minlash idishi. Keltirilgan konsentrlash qurilmasining muhim yutug‘i shundaki, jarayon yuqori jadallikda borganligi sababli barbotajli konsentratorga nisbatan konsentrlanadigan kislotaning quvurdagi harorati past, kislotaning qaynoq gaz bilan to‘qnashish vaqti kam bo‘ladi. Bu esa sulfat kislotaning parchalanish darajasini pasaytiradi, hosil bo‘ladigan tuman miqdorini, shuningdek yoqilg‘i va suv sarfini kamaytiradi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling