I shamshidinov noorganik moddalar va
Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi orqali
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barbotajli konsentrator qurilmasi.
Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi orqali
konsentrlash. Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi orqali konsentrlash jihozlarida issiqlik almashinishning yaxshi sharoiti yaratiladi; bunday jihozlarda harorat konsentrlanadigan kislotaning qaynashigacha yetkazilmaydi, jihozlar sodda va keraklicha tejamkordir. Ushbu turdagi eng sodda qurilmada yoqilg‘ini yondirish natijasida olingan qaynoq gaz ikkita ichki qismi bo‘sh minoradan birin-ketin o‘tadi, so‘ngra, tomchi va bug‘ni tutib qolish uchun filtrdan o‘tib, atmosferaga chiqarib yuboriladi. Suyultirilgan (kuchsiz) sulfat kislota dastlab ikkinchi (gaz harakati bo‘yicha) minoraga beriladi, u yerada dastlabki konsentrlash jarayoni amalga oshadi, so‘ngra esa to‘la konsentrlash uchun birinchi minoraga o‘tadi. Ayrim shunday turdagi qurilmalarda to‘ldirgichli minoralar ishlatiladi, bu esa issiqlik almashinish sharoitini yaxshilaydi. Lekin bayon etilgan minorali qurilmalar unumdorligi kamdir va keyingi yillarda yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan tejamkor barbotajli konsentratorlar ishlatish yo‘lga qo‘yilgan. Barbotajli konsentrator qurilmasi. Bunday qurilma o‘txona 2 va gorizontal silindr (baraban) shaklidagi uchta kameraga vertikal to‘siqlar bilan ajratilgan konsentrator 3 dan iboratdir (1.52-rasm). Kuchsiz sulfat kislota uchinchi kameraga (gaz harakati bo‘yicha) tushadi va ichki kameralar bo‘yicha uchinchidan ikkinchiga va so‘ngra birinchiga to‘siqlar osha oqib tushadi. O‘txonadan keladigan qaynoq gaz birin- ketin quvur va tirsaklar bo‘yicha harakatlanadi va konsentratorning har bir kamerasidagi kislota qatlamlari orqali barbotajlanadi. Bunda gaz va kislotaning yaqin tutashuvi hosil qilinadi, shu sababli ular orasida jadal issiqlik almashinuvi sodir bo‘ladi. Kislota kameradan kameraga oqib o‘tishda doimo qizib boradi, uning ustidagi bug‘ bosimi ortadi, suv bug‘lanadi va kislotadagi H 2 SO 4 konsentratsiyasi ortadi. 111 1.52-rasm. Barbotajli konsentrator qurilmasining sxemasi: 1-havo purkagich; 2-o‘txona; 3-barbotajli konsentrator; 4-elektrofiltr; 5-kislota sovutgich; 6-kislota yig‘gichi; 7-nasos. Birinchi kamerada kislota harorati 230-250 O C ga, uning konsentratsiyasi esa 93-95% H 2 SO 4 ga yetadi. Shuning uchun bu kamerada suv bilan bir paytda sulfat kislota ham bug‘lanadi. Issiqlik almashinish jadal borganligi sababli birinchi kameradan chiqadigan gaz H 2 SO 4 bug‘lari bilan (50 g/m 3 gacha) to‘yingan bo‘ladi. Ikkinchi kamerada suyultirilgan sulfat kislota ustidagi to‘yingan suv bug‘ining bosimi bu kameraga kiradigan gazdagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun bu yerda suv bug‘lanadi va buning oqibatida kislota birmuncha konsentrlanadi. H 2 SO 4 ning to‘yingan bug‘ bosimi kiradigan gaznikiga nisbatan bir necha yuz marta kichik bo‘ladi, shu tufayli ikkinchi kamerada sulfat kislota kondensatlanadi. Madomiki shunday ekan, bu kamerada kislota harorati va konsentratsiyasi nisbatan past, bu yerda vujudga keladigan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi S qariyib 80 ni tashkil etadi, ya’ni kritik to‘yinishdan anchagina yuqori bo‘ladi (150 O C haroratda kritik to‘yinishi S kr. = 3,8 ga teng). Shuning uchun ikkinchi kamerada sulfat kislota bug‘larining asosiy qismi bo‘shliqda tuman hosil qilib kondensatlanadi. Bu kameradan chiqadigan gazdagi tumanning miqdori (gaz oqimi bilan birga chiqib ketadigan kislota tomchilarini hisobga olmaganda) 40 g/m 3 ni tashkil etadi. Sulfat kislotali tuman va tomchilariniajratib olish uchun gaz konsentratordan elektrofiltr 4 ga yuboriladi. Unda tutib qolingan kislotali kondensat konsentratorga qaytariladi. Birinchi kameradan chiqarib olinadigan konsentrlangan sulfat kislota sovutgich 5 orqali yig‘gich 6 ga tushadi, u yerdan omborga jo‘natiladi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling