I shamshidinov noorganik moddalar va


Gipsdan kontakt sulfat kislota olish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
Gipsdan kontakt sulfat kislota olish. Gipsdan sulfat kislota ishlab 
chiqarishning texnologik sxemasida gipsning parchalanishi natijasida 
hosil bo‘ladigan sulfit angidridning miqdori kolchedanni kuydirilishi 
natijasida hosil bo‘ladigan sulfit angidrid miqdoridan anchagina oz 
bo‘lganligi sababli namlash minorasi va ikkinchi bosqichdagi nam 
elektrofiltrlar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, gipsda mishyak, selen va 
boshqa zararli qo‘shimchalar bo‘lmaydi, bu esa kontakt jarayonidan 
gazlarni tegishli qo‘shimchalardan tozalashni talab etilmaydi. Bu esa 
texnologik jarayonni soddalashtiradi. 
Ishlatilgan kislotalardan sulfat kislota olish. Ishlatilgan kislota 
tarkibida 
ko‘p 
miqdordagi 
qo‘shimchalar 
tutganligi 
uchun 
yaroqsizlanadi. Bunday kislotalarni parchalanadi. Ifloslangan kislota 
pechda 1200
O
C haroratda organik birikmalar va ularning kuyundi 
mahsulotlari bilan parchalanadi: 
2H
2
SO
4
+ C = 2SO
2
+ 2H
2
O + CO
2
Hosil qilingan gazlar aralashmasi maxsus usullardan tozalashdan 
o‘tgandan so‘ng odatdagi usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishga 
yuboriladi. 


87 
4-§. Nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarish 
Nitrozali 
usulning 
mohiyati. 
Kuyundi 
gazi 
changdan 
tozalangandan so‘ng, nitroza deb ataladigan azot oksidlarining sulfat 
kislotali eritmasi bilan qayta ishlanadi. Kuyundi gazining sulfit angidridi 
nitrozaga yutiladi va so‘ngra azot oksidlari bilan: 
SO
2
+ N
2
O
3
+ H
2
O = H
2
SO
4
+ 2NO 
reaksiyasi bo‘yicha oksidlanadi. 
Hosil bo‘ladigan azot oksidi nitrozada yomon eriydi va shuning 
uchun undan ajralib chiqadi, so‘ngra gaz fazasidagi kislorod bilan NO
2
gacha qisman oksidlanadi. NO va NO
2
aralashmasi yana sulfat kislotaga 
yuttiriladi va x.o. Nitrozali jarayonda azot oksidlari amalda sarflanmaydi 
va ishlab chiqarish sikliga qaytariladi. Lekin sulfat kislotaga azot 
oksidlarining to‘la yutilmasligi sababli uning bir qismi chiqindi gazlari 
bilan yo‘qotiladi; bu qaytmasdan yo‘qotiladigan oksidlarni tashkil etadi. 
Nitrozali usulda sulfat kislota ishlab chiqarish jarayoni quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
1. Sulfit angidrid olish. 
2. Sulfit angidridning nitrozaga yutilishi. 
3. Sulfit angidridni nitroza bilan oksidlash. 
4. Nitrozaning azot oksidlaridan ajratish (denitratsiya). 
5. Nitrozadan ajraladigan azot oksidlarini gaz fazasida oksidlash. 
6. Azot oksidlarini sulfat kislotaga yuttirish. 
Ilgarilari nitrozali jarayon qo‘rg‘oshinli kameralarda amalga 
oshirilgan va shuning uchun kamerali usul deb atalgan. Hozirda bu usul 
kam unumdorli bo‘lganligi uchun ishlatilmaydi; lekin ayrim chet el 
korxonalarida bunday kamerali usul hozirda ham qo‘llanilmoqda. 
Hozirda nitrozali usul bo‘yicha ishlaydigan korxonalarda kameralar 
o‘rnida minoralar o‘rnatilgan (minorali usul). 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling