I shamshidinov noorganik moddalar va
Konsentrlangan sulfit angidriddan kontakt sulfat kislota olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Konsentrlangan sulfit angidriddan kontakt sulfat kislota olish.
O‘txona gazlari yoki rangli metallurgiya gazlaridan ajratib olingan konsentrlangan sulfit angidridni qayta ishlashning texnologik sxemasi ancha soddadir, chunki bunda sulfat kislotali tizimda pech bo‘linmasi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, sulfit angidridni tozalash shart emas, chunki xomashyodan SO 2 ni ajratib olish jarayonidayoq gaz aktiv vanadiyli kontakt massaga zararli ta’sir etuvchi qo‘shimchalardan tozalanadi. Oltingugurtli xomashyoni yondirish uchun texnologik kislorod (95% O 2 ) ishlatilganda kuyundi gazidagi SO 2 ning miqdori yuqori (80- 90%) konsentratsiyaga yetadi. Ammo bunday gaz tarkibida chang va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi, shuning uchun bu gaz odatdagi sxema bo‘yicha tozalanadi va shundan so‘nggina kontakt bo‘linmasiga yuboriladi. Konsentrlangan SO 2 ni oksidlash uchun yetarli miqdordagi kislorod havo bilan yoki texnik kislorod tarzida kiritiladi. 100% li SO 2 ni havo bilan aralashtirilganda sulfit angidridning optimal konsentratsiyasi 20% ni tashkil etadi. Lekin bunday aralashmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakt massaning birinchi qatlamiga berib bo‘lmaydi, chunki bunda katalizatorning birdaniga qizib ketishi va uning ishdan chiqishi kuzatiladi. Kontakt massaning qizib ketishini oldini olish uchun amalda quyidagi usul ishlatiladi: 100% li sulfit angidrid ikkita bir xil oqimga ajratiladi, ulardan biriga barcha sulfit angidridni oksidlash uchun kerak bo‘ladigan havo aralashtiriladi; bunda gaz aralashmasidagi SO 2 konsentratsiyasi 7,5% gacha pasayadi. Bunday gazli aralashma issiqlik almashtirgichda 440 O C gacha qizdiriladi va kontakt massasining birinchi qatlamiga uzatiladi. Bu qatlamdan chiqadigan gaz 100% li sulfit angidrid oqimi (yoki oqimning bir qismi) bilan qo‘shiladi, gazlar aralashmasi 460-470 O C haroratgacha sovitiladi va kontakt massasining ikkinchi va keyingi qatlamlariga uzatiladi (1.40-rasm). 86 1.40-rasm. Konsentrlangan sulfit angidrid bilan ishlaydigan kontakt bo‘linmasining sxemasi: 1-issiqlik almashtirgich; 2-kontakt jihozi; 3-kontakt massa; 4-ichki issiqlik almashtirgich. Bu sxemaning absorbsiya sxemasi odatdagicha bo‘ladi. Kontakt gazidagi SO 3 ning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi uchun tarkibida 35% SO 3 (erkin) bo‘lgan oleum olinishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling