I shamshidinov noorganik moddalar va
% li sulfat angidrid va konsentrlangan oleum olish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
100% li sulfat angidrid va konsentrlangan oleum olish. Yuqori
konsentratsiyali 100% li sulfat angidrid yuqori kimyoviy aktivlikka ega va turli xil texnologik jarayonlarda sulfat kislota va oleum o‘rnida ishlatiladi. Shuningdek sulfat angidriddan reaktiv sulfat kislota olinadi. 100% li sulfat angidrid ishlab chiqarishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 1. O‘txona gazlari bilan qizdiriladigan jihozlarda odatdagi 20% li yoki yuqori konsentratsiyali oleumdan SO 3 ni haydash. 2. 100% li sulfit angidridni katalizator yordamida kislorod bilan oksidlash. 3. Kontakt bo‘linmasiga keladigan gazlar issiqligidan foydalangan holda kontakt zavodlarining absorbsiya bo‘linmasida aylanuvchi oleumdan SO 3 ni haydash. 1.32-rasmda kontakt zavodlarida 100% li sulfat angidrid olish uchun qurilmaning sxemasi tasvirlangan. Tarkibida SO 3 bo‘lgan qaynoq gaz kontakt bo‘linmasidan issiqlik almashtirgich-bug‘latgich 1 ning quvurlararo bo‘shlig‘i orqali uzatiladi, undagi quvurlar orqali esa isssiqlik almashtirgich 2 da oldindan qizdirilgan oleum uzatiladi. So‘ngra sovutilgan gaz kontakt tizimining odatdagi sxemasi bo‘yicha absorbsiyaga yuboriladi. 76 1.32-rasm. 100% li sulfat angidrid olish uchun qurilma sxemasi: 1-issiqlik almashtirgich-bug‘latgich; 2-oleumli issiqlik almashtirgich; 3-sulfat angidrid kondensatori; 4-suyuq sulfat angidrid yig‘gichi; 5-issiq suv olish uchun rezervuar. Bug‘latgichdan chiqadigan sulfat angidrid miqdori kamaytirilgan qaynoq oleum issiqlik almashtirgich 2 ga tushadi, u yerda absorbsion bo‘linmadan uzatilgan oleumga issiqligini uzatadi, so‘ngra esa birinchi (oleumli) absorberning yig‘gichiga uzatiladi, u yerda yana dastlabki konsentratsiyasigacha sulfat angidrid bilan to‘yinadi. Oleumni qizdirilishidan hosil bo‘ladigan gaz holatdagi sulfat angidrid kondensator 3 ga so‘rib olinadi, u yerga yig‘gich 4 dan suyuq SO 3 tushadi. Yig‘gich suvli niqob bilan jihozlangan, unga rezervuar 5 dan qaynoq bug‘ bilan 30-40 O C gacha isitilgan suv keladi. Bu esa sulfat angidridning muzlashi va kristallanishidan saqlaydi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, texnik kristall sulfat angidrid qizdirilganda u suyuqlanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga aylanadi (sublimatlanadi). Yuz foyzli sulfat angidrid xona haroratidayoq (16,8 O C) kristallanadi, shuning uchun uning olinishi va tashilishi ko‘pgina qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir va ko‘pgina hollarda uning o‘rniga 65% SO 3 (erkin) bo‘lgan yuqori konsentratsiyali oleum qo‘llaniladi. Bunday oleumning kristallanish harorati birmuncha past (0 O C) dir. Yuqori konsentratsiyali oleum texnik oleumni yuqoridagi ko‘rsatilgan usullardan biri bo‘yicha olingan gaz holatdagi 100% li SO 3 bilan to‘yintirish orqali tayyorlanadi. Odatdagi sharoida texnik sulfat angidrid qotish jarayonida o‘z- o‘zidan polimerlanadi. Shundan so‘ng uni atmosfera bosimida qizdirish orqali suyuq holatga o‘tkazib bo‘lmaydi, vaholangki u to‘g‘ridan-to‘g‘ri 77 bug‘lanadi. Shuning uchun sulfat angidrid polimerlanishini oldini olish maqsadida suyuq sulfat angidridga stabilizatorlar (B 2 O 3 , Na 2 SO 4 , KCrO 2 va boshqalar) qo‘shiladi. Ammo stabilizatorlar polimerlanishni sekinlashtiradi xolos va ayniqsa manfiy haroratda SO 3 kristallanishini oldini olishga qodir emasdir. Stabilizator sifatida borat angidrid B 2 O 3 keng ko‘lamda ishlatiladi. Tarkibida 99,6% SO 3 (qolgani namlik) bo‘lgan suyuq sulfat angidridga berk idishda SO 3 hisobidan quruq 0,7-1,0% borat angidrid qo‘shiladi (B 2 O 3 ning namligi 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak). Qo‘shimcha qo‘shilgandan so‘ng aralashma 60-70 O C gacha qizdiriladi va shu haroratda 3 soat ushlab turiladi. Borat angidrid stabilizatori bo‘lgan suyuq sulfat angidrid uglerodli po‘latdan tayyorlangan idishda saqlanadi va xattoki qishda –30 O C da ham bir necha oygacha polimerlanmaydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling